10-MAVZU. O‘SIMLIKLARDA MODDALAR TASHILUVI
РЕЖА:
1. O‘simliklarda moddalar transportining asosiy yo‘nalishlari.
2. Ionlarning membranalar orqali transport mexanizmi.
3. Ildizlarda ionlarning yaqin masofaga va uzoqqa tashiluvi.
4. Ksilemalardagi tashiluv.
5. Floemalardagi tashiluv.
6. Floema elementlari anatomik tuzilishining xususiyatlari.
7. Floema transportining boshqarilishi va uning mexanizmi.
Tayanch iboralar: moddalar transporti, floema, ksilema, oqimlar,
yo‘nalishlar, yaqin masofali, uzoq masofali, simplast, apoplast, vakuolalar,
plazmodesma, sitoplazma, FGA, FGK, FDA, glyukoza, saxaroza, xloroplast,
membrana, asosiy osqichlar, meristematik to‘qimalar, poya, ildiz, generativ
organlar, zaxira.
O‘simliklarda moddalar transportining asosiy yo‘nalishlari
O‘simliklar tanasida sodir bo‘layotgan hayotiy jarayonlarning eng muhim
ko‘rsatgichlaridan biri moddalarning harakatidir (transporti). Ayrim organlarda
hosil bo‘lgan yoki shimib olingan birikmalarning boshqa organlarga siljishi, o‘tishi
va taqsimlanishi natijasida barcha fiziologik jarayonlarning o‘zaro birligi
ta’minlanadi. Bunday transport o‘z navbatida o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi
va hosildorlik darajasini xarakterlaydi.
O‘simliklarda moddalar transporti asosan ikki yo‘nalishda sodir bo‘ladi.
Pastdan yuqoriga va
yuqoridan pastga yo‘naladilan oqimlar mavjud. O‘simliklar
ildizi orqali qabul qilgan suv va unda erigan mineral
moddalarning pastdan
yuqoriga qarab harakati tanadagi ksilema naylari bo‘ylab sodir bo‘ladi. Barglarda
fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar floema naylari bo‘ylab pastga
yo‘naladi.
A.L.Kursanovning
(1976)
ko‘rsatishicha
organik
moddalarning
harakatlanishi bir necha bosqichlardan tashkil topgan.
Dastlabki bosqichda
xloroplastlarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar – sodda
birikmalar fosfoglitserin kislotasi (FGK), fosfoglitserin aldegidi (FGA),
fosfodioksiatsetoni (FDA) yoki suvda eriydigan shakarlar xloroplast membranasi
orqali sitoplazmaga o‘tadi. Sodda organik birikmalarning xloroplastlardan
sitoplazmaga o‘tishi hujayra ichidagi yo‘l bo‘lib, yaqin masofali harakatdir (87-
rasm).
Ikkinchi bosqichda – sitoplazmaga o‘tgan sodda uglevodlardan fruktoza-
difosfat va fruktozafosfat-glyukoza-fosfat hosil bo‘ladi. Bu moddalarning bir qismi
hujayra metabolizmi (nafas olish va boshqa jarayonlar) uchun sarflanadi. Qolgan
aososiy qismi suvda yaxshi eriydigan glyukozagacha o‘zgaradi va yonma-yon
joylashgan hujayralarga simplast, apoplast oqimlar orqali o‘tadi. Bu oqimlar oraliq
hujayralargacha yetib boradi. Oraliq hujayralar mezofil hujayralari bilan elaksimon
hujayralar o‘rtasida joylashgan.
Uchinchi bosqich – oraliq hujayralar organik moddalarni qabul qilib, ularni
floema naylariga o‘tkazadi. Bu jarayonda oraliq hujayralar nasos funksiyasini
bajaradi va ATF molekulasining energisi sarflanadi.
Yakuniy bosqichda (to‘rtinchi bosqich) – floema elementlariga o‘tgan
organik moddalar uzoq
masofali transport vositasida, o‘simlikning hamma tirik
to‘qimalari va organlariga yo‘naladi. Elaksimon naylarning atrofida joylashgan,
oraliq hujayralargacha glyukoza holatida yetib kelgan moddalar saxarozaga
o‘zgaradi. Elaksimon naylarda organik moddalar asosan saxaroza holatida harakat
qiladi. Assimilyator talab qilinadigan yoki zaxira sifatida to‘planadigan joylarga
yetib kelgandan keyin elaksimon naylardan chiqib yana glyukoza ko‘rinishida,
simplast yo‘li bilan, konkret joylarga yetkaziladi.
O‘simlikning faol o‘suvchi to‘qima
va organlari - barglar, ildiz va
poyalarning meristematik to‘qimalari, yosh generativ organlar organik moddalarni
faol ravishda o‘ziga tortadi. Bu organlar zaxiradagi va voyaga yetgan, o‘sishdan
to‘xtagan barglardan ham assimilyatorlarni so‘rib oladi. Moddalarning
harakatlanish tezligi harorat, suv rejimi, mineral oziqlanish, fotosintez, nafas olish
va boshqalarga bog‘liq holda o‘zgaradi. Haroratning pasayishi, to‘qimalarda suv
defitsitligining ro‘yobga kelishi,nafas olish jadalligining (kislorod
yetmaslik,
zaharli moddalar ta’sirida) pasayishi natijasida energiyaning kamayishi, fotosintez
jadalligi past bo‘lishi natijasida organik moddalarning kam hosil bo‘lishi
kabilarning ta’siridan organik moddalarning harakatlanishi ham sustlashadi. O‘z
navbatida,o‘simlik funksiyalarining integratsiyasida va fiziologik jarayonlarning
faolligini belgilashda moddalar transportining ham roli katta.
69-rasm.Uglevodlarning