Referat mavzu: jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari bajardi: Pulatov u toshkent 2012



Yüklə 94,61 Kb.
səhifə1/16
tarix25.12.2023
ölçüsü94,61 Kb.
#195798
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Referat mavzu jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqich-fayllar.org


Referat mavzu: jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA


MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

REFERAT 
Mavzu: JAHON VALYUTA TIZIMI VA UNING RIVOJLANISH 
BOSQICHLARI


Bajardi: Pulatov U
TOSHKENT 2012 


Reja:


1.Xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta tizimi 

2. Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari 

3. Yevropa valyuta tizimi 

4. Xalqaro valyuta munosabatlarida oltinning ahamiyati 




Xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta tizimi 

Valyuta munosabatlari - tashqi savdo, iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik,
xorijga kredit hamda qarzlarni berish va olish, valyuta va valyuta aktivlarini sotib 
olish bilan bog`liq bitimlarni amalga oshirishda ishtirok etadigan, valyuta bilan
bog`liq munosabatlardir. 
Valyuta munosabatining ayrim elementlari - antik davrda - Qadimgi Gretsiya
va Qadimgi Rimda - qarzga pul to`lashga berilgan tilxat va pul almashtirish 
shaklida paydo bo`lgan. Keyingi bosqich bo`lib, Yapon, Antverpen va G`arbiy
Yevropani boshqa savdo markazlarida “veksel yarmarkalari” rivojlanishi bilan 
yuzaga chiqqan. Bu davrda hisob-kitoblarni amalga oshirish, valyuta yordamida
amalga oshirilgan. Feodalizm davrida va kapitalistik ishlab chiqarish 
rivojlanishida, xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimi banklar orqali
rivojlandi. O`tgan asrga kelib esa, xalqaro munosabatlar o`zining mutlaqo yangi 
ko`rinishini boshdan kechirdi.
Shunday qilib, xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishi, ishlab chiqarish 
kuchlari rivojlanishi, jahon bozori tashkil etilishi, xalqaro mehnat taqsimotini
chuqurlashuvi, jahon xo`jaligining tarkibiy tuzilishi hamda xo`jalik munosabatlari 
baynanmilallashuvining natijasidir.
Valyuta munosabatlari ishtirokchilariga quyidagilar kiradi: davlat (hukumat, 
Markaziy va davlat banklari), xalqaro tashkilotlar, yuridik shaxslar (tijorat
banklari, korxonalar: import va eksport qiluvchilar, birjalar) va jismoniy shaxslar 
(brokerlar, chayqovchilar va sayyohlar).
Zamonaviy tashqi iqtisodiy aloqalarda, shu bilan birga valyuta 
munosabatlarida siyosat va iqtisodiyot, diplomatiya va tijorat, sanoat va savdo
uyg`unlashib borayotganligini kuzatish mumkin. 
Xalqaro valyuta munosabatlarining davlat tomonidan shakllantiriladigan
huquqiy-tashkiliy shakli valyuta tizimi deyiladi. Milliy, hududiy va jahon valyuta 
tizimlarini ajratib ko`rsatish mumkin.


Yüklə 94,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin