Sanoatda korporativ boshqaruv tizimini keng joriy qilish muammolari
Kirish
SANOATDA KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMINI KENG JORIY QILISH MUAMMOLARI
SANOAT KORXONASI FOYDASINING TAQSIMLANISHI VA ISHLATILISHI
SANOAT KORXONALARIDA ASOSIY ISHLAB CHIQARISH FONDLARINING JISMONIY VA MA’NAVIY ESKIRISHINI OLDINI OLISH MUAMMOLARI
SANOAT MAHSULOTLARINING MATERIAL VA ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISH YO‘NALISHLARI
SANOATDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA ULARNI KAMAYTIRISH YO‘LLARI
Xulosa
Kirish
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o‘z faoliyati natijalaridan ko‘proq daromad olishga harakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o‘zining tovarini ancha yuqori baholarda sotishga, balki mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.
Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog‘liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma’lum sarf xarajatlar talab etiladi.
Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini sarflaydilar. Korxonalarning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng katta salmoqga ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushushini ko’rsatadi, ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi.
Korxonalar, shuningdek, mahsulotning sotish bo’yicha hhxarajatlarni, ya’ni ishlab chiqarishщdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va hokazo) xarajatlarning ham amalga oshiriladilar.
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxni tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmunga ko’ra, quydagi elementlarga asosan guruxlarga taqsimlanadi:
- moddiy xarajatlar;
- asosiy fondlar amortizasiyasi;
- mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;
- ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar;
- boshqa xarajatlar;
SANOATDA KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMINI KENG JORIY QILISH MUAMMOLARI
Mustaqil O’zbekiston fond bozori shakllanishining xususiyati shundan iboratki, fond bozorida faoliyat ko’rsatuvchi emitentlar va investorlar kapital bozorining imkoniyatlariga yaqin yillardan boshlab tushuna boshlamoqdalar va ulardan foydalanishga harakat qila boshladilar. Shu bilan birga, bu ikki toifaga xizmat qiluvchi vositachi tomon – ixtisoslashtirilgan infratuzilma institutlari fond aktivlari bilan ishlash amaliy tajribasi hali kam bo’lib, ularning rivojlanish darajasi milliy iqtisodiyotning o’sib boruvchi ehtiyojlaridan orqada qolmoqda.. Korporativ boshqaruvning kuchli jozibaga molik tomonlaridan biri shundan iboratki, uni joriy qilganda, o’z biznesida odatda uzoq muddatli maqsadlarga erishish imkoniyatlari yaratiladi. Serharakat investorlar manfaatlarining e’tibori, yollanma menejerlar manfaatlari bilan o’yg’unlashishi sodir bo’ladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida potentsial investorlar sinfini shakllantirish, investitsiyalarni keng ko’lamda jalb qilish orqaligina «ishni, kapital to’plashni kengaytirish» haqiqatda mumkinligini mahalliy mulkdorlar hali to’la tushunib etganlari yo’q. Korporativ boshqaruvning ta’sir doirasi aktsiyadorlar yoki korporatsiyalar manfaatlari sohasidan ancha kengroq bo’lib, mamlakat iqtisodiy rivojlanishining hal qiluvchi omillaridan biriga aylanmoqda. Jahon banki va Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (IHRT) 1999 yildayoq8, korporativ boshqaruv mamlakatning raqobatbardoshlik manbai va iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining muhim omili ekanligini e’tirof etgan. Zamonaviy iqtisodiyotda aktsiyadorlik jamiyatlari xo’jalik yuritish amaliyotida korporativ boshqaruvning keng tarqalganligi u yoki bu mamlakatning ochiqlik va rivojlanish darajasini tavsiflovchi muhim ko’rsatkichlardan biridir. Samarali kompaniyalar va korxonalarsiz mamlakat turmush farovonligini oshirish va qo’shimcha ishchi o’rinlarini hosil qilish uchun sharoitni ta’minlay olmaydi. Davlat uchun investitsiyalar jalb qila oladigan, ishchi o’rinlari va moddiy boyliklarni yarata oladigan, yashovchan va jahon bozorida raqobatbardosh bo’la oladigan, korporativ boshqaruv saviyasi hamda mezanizmi yaxshi tashkil etilgan korxonalar kerak. Shuning uchun ham zamonaviy korporativ boshqaruv milliy iqtisodiyotni rivojlanishi uchun zaruriyatga aylanib bormoqda. Mazkur jarayonlardan kelib chiqib ta’kidlash joizki, korporativ boshqaruvning lozim amaliyoti barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish uchun korxonalar tomonidan moliyaviy resurslarni jalb qilish va o’zida saqlab qolishning muhim shartiga aylangan bo’lib, quyidagilar uchun o’ta zarurdir:
1. Mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish, investorlarga ularning investitsiyalarini boshqarishda havfsiz va samarali, boshqarish tizimi esa ravshan va muvofiq hisob-kitob yuritilishiga imkon berishi xususida kafolatlarning ta’minlanishi.
2. Raqobatbardosh va samarali faoliyat yurituvchi yirik kompaniyalar va korxonalarni bunyod qilish.
3. Korporatsiyani boshqarishda investorlarning mablag’lari ishonib topshirilgan yollanma menejerlarning hisobdorligi va faoliyati samardorligini kuchaytirish.
4. Cheklangan resurslardan samarali foydalanishni qo’llab-quvvatlash. Aktsiyadorlik jamiyati samarali faoliyati va investitsion jalbdorligining asosi korporativ hamjamiyatning barcha ishtirokchilari orasidagi ijtimoiy hamkorlik muhiti va o’zaro ishonchdir. Uning shakllanishi uchun korporativ hulq tamoyillariga rioya qilinishi zarur bo’lib, uning mazmuni aktsiyadorlik jamiyatini boshqarish bilan bog’liq paydo bo’ladigan munosabatlarda ishonchni hosil qilishga qaratilgandir. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida, samarali korporativ boshqaruvni qurishning asosiy tamoyillarini yaratilishiga kuchli zarurat etildi. Korxonalarning muvoffaqiyatli va barqaror faoliyat yuritishi ko’p jihatdan, uning tashkiliy tuzilmasiga bog’liq bo’ladi. Dunyoning ko’plab mamlakatlarida eng keng tarqalgan mulkchilik shakli korporativ ko’rinishda bo’lib, deyarli barcha o’rta va katta bizneslar korporatsiya shaklida tashkil etilgan. Masalan, O’eneral Motors, Bank of Amerika, Maykrosoft, British Petroleum, Nestle, Tayota, Keys, Folksvagen, Soni va boshqalar. Har bir holatda ham firmalar biznesda o’z ulushiga ega bo’lgan aktsiyanerlar tomonidan egalik qilinadi. Korporatsiya dastlab tashkil etilganda, uning aktsiyalari kichik guruhdan iborat investorlar (kompaniya menejeri va uni qullovchi ayrim shaxslar) qo’lida bo’ladi. Bunday hollarda kompaniya aktsiyalari ochiq holda keng ommaga sotilmaydi va kompaniya yopiq hisoblanadi. Keyinchalik kompaniya kengayib, qo’shimcha kapitalni jalb etish uchun qo’shimcha aktsiyalar muomalaga chiqariladi, uning aktsiyalari keng miqiyosda sotila boshlaydi. Bunday kompaniyalar ochiq (pablik) kompaniyalar deyiladi. Korporatsiyani tashkil etish bilan, biznes keng turli investorlarni jalb etishi mumkin. Ularning ayrimlari bir necha dollarga teng bo’lgan juda kichik miqdordagi aktsiyalarga egalik qilishi, yagona ovozga ega bo’lishi va daromad hamda dividendning juda kichik miqdorini olishi mumkin. Shuningdek, yirik pensiya jamg’armalari va sug’urta kompaniyalari kabi ayrim katta aktsionerlar millionlab dollarga teng qiymatli ko’p sonli aktsiyalarga egalik qilishi mumkin. Ular o’z navbatida hal qiluvchi ovoz berish huquqi egalik qilishadilar va daromad hamda dividendning katta qismini olishadilar. Korporatsiyalar aktsiyadorlar tomonidan egalik qilinsada, huquqiy jihatdan aktsiyadorlar korporatsiyadan ajratilgan. Ko’plab huquqiy maqsadlar uchun korporatsiyalar davlatning rezidenti sifatida qaraladi. Yuridik shaxs sifatida u pulni qarzga olishi, berishi, sudda da’vogar va javobgar sifatida ishtirok etishi mumkin (ammo korporatsiyalar saylovlarda ovoz bermaydilar). Korporatsiyalar o’z aktsiyadorlaridan alohida bo’lganligi uchun, ular sherikchilik va yakka tadbirkorlar qilaolmaydigan faoliyat bilan shug’ullanishlari mumkin. Masalan, ular kapital yig’ish maqsadida yangi aktsiyalarni chiqarib investorlarga sotishi yoki aksincha aktsiyalarni qaytarib sotib olishi mumkin. Bir korporatsiya boshqa birini sotib olishga pul tikib, keyin ikkala biznes birlashishi mumkin. Demak, xorij amaliyotida etarlicha yuqori mavqeiga ega bo’lgan korporativ boshqaruv – bugun mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun ham yangi shakllanayotgan boshqaruv tizimiga aylanmoqda. Shunday qilib, ilmiy ishimizning birinchi paragrafi doirasida mavzu oldidagi birinchi vazifani imkon darajasida yoritishga harakat qildik. Mana shu nazariy echimlarga tayanib, biz tadqiqot ishimizning navbatdagi paragrafiga o’tamiz. Endi bizning oldimizda, yuqorida ta’kidlanganidek, ikkinchi vazifa aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni tashkil etishda menejer-aktsiyador munosabatlarini boshqarish masalalarini imkon darajasida o’rganib chiqish va uning zamirida muayyan xulosalar chiqarishga harakat qilamiz.
Korporativ boshqaruvning mexanizmini tavsiflash uchun, fikrimizcha, quyidagi munosabatlarni ko’rib chiqish zarur: mulkdorlar guruhi ichida, menejerlar guruhi ichida, mulkdorlarning va menejerlar o’rtasidagi munosabatlar, mulkdorlar va moliya bozori o’rtasidagi munosabatlar, mulkdorlar vakillari va mehnat bozori o’rtasidagi munosabatlar, menejerlar va mahsulot bozorlari o’rtasidagi munosabatlar. Ushbu sanab o’tilgan korporativ munosabatlarni yanada chuqurroq ko’rib chiqadigan bo’lsak, birinchi navbatda, mulkdorlar guruhiga kimlar mansubligini bilish zarur. Korporatsiya mulkdorlarini individual va instituttsional mulkdorlarga bo’lish qabul qilingan. Individual investorlarga jismoniy shaxslar, tashkilotlar va boshqa korporatsiyalar kirsa, instituttsional investorlarga esa, pensiya fondlari, sug’urta kompaniyalari, investitsion fondlar, banklar kiradi. Korporatsiya singari murakkab tizimni yagona shaxs tomonidan boshqarish mumkin bo’lmaydi, shuning uchun ham korporatsiyani menejerlar guruhi boshqaradi. Menejerlar guruhi ma’lum vakolatlarga ega bo’lgan boshqarish organini tashkil etadi. Korporativ boshqaruv mexanizmini tadqiq etish, korporativ boshqaruvni mohiyatini o’rganishga asos bo’ladi va uni korporativ boshqaruv modeli orqali ko’rib chiqamiz . Shuni ta’kidlash lozimki, aktsionerlik jamiyatining ishtirokchisini yagona majburiyati bu – mulkiy badalni to’lash bo’lib, boshqaruvda ishtirok etish uning majburiyatiga kirmaydi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, munosabatlar korporatsiya ichidagi mulkdorlar o’rtasida emas, balki korporatsiya va mulkdorlar o’rtasida yuzaga chiqadi, ya’ni mulkdorlar guruhi o’rtasida munosabatlar mavjud emas, yoki bu munosabat minimallashtirilgan. Pastda keltirilgan model korporativ boshqaruv mexanizmini, undagi ishtirokchilar va ushbu model ichidagi munosabatlarni o’rganish imkonini beradi. Chizmadan yaqqol ko’rish mumkinki, ushbu model doirasida korporativ munosabatlarning ishtirokchilari bo’lib mulkdorlar, menejerlar, ichki va tashqi vositachilar hisoblanadi. Fikrimizcha, mulkdorlarning direktorlar kengashi doriasidagi munosabatlari ularning o’zaro munosabati emas, balki mulkdorlarning korporatsiya bilan o’rtasidagi munosabati bo’lib hisoblanadi. Mulkdorlarning guruh ichidagi o’zaro munosabati sifatida, ayrim mulkdorlarning boshqa mulkdor aktsiyasi hisobidan ovoz berish uchun ishonchnoma olishini ko’rsatish mumkin (bu operatsiyalar ham odatda uchinchi shaxs orqali amalga oshiriladi). Menejerlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar izlanishning boshqa turiga mansubligi uchun (tashkil etish nazariyasi, korxona axloqi, menejment psixologiyasi va hakazo), odatda, ushbu munosabatlarni korporativ munosabatlar tizimida o’rganilmaydi. Mulkdorlar va moliya bozori o’rtasidagi munosabatlar, mulkdorlar vakillari va mehnat bozori o’rtasidagi munosabatlar, menejerlar va mahsulot bozorlari o’rtasidagi munosabatlar korporatsiya ichidagi munosabatlar doirasidan chetga chiqadi va ushbu munosabatlarning korporatsiya bilan vositachilik ko’rinishidagi munosabatlarigina o’rganiladi. Shunday qilib, faqatgina mulkdorlar bilan menejerlar o’rtasidagi munosabatlar, uning mohiyatini ochib beruvchi mexanizmlar korporativ boshqaruvning tadqiqot ob’ekti sifatida o’rganiladi. Menejerlarning samarasiz ishlashidan mulkdorlarni himoya qilish bunday o’zaro munosabatlarning asosini tashkil etadi. Korporatsiyani samarali boshqarishning diqqatga sazovor tomoni shundaki, bu nafaqat yollanma menejerning professionalligidan, balki menejer motivatsiyasining mulkdorlar manfaatlariga mos kelishiga ham bog’liq bo’ladi. Korxonalarning klassik nazariyasiga ko’ra, menejerlar mulkdorlar manfaatlarini ko’zlab faoliyat yuritadilar. Ammo, amaliyotda umuman boshqacha holatlarni ham guvohi bo’lish mumkin. Gap shundaki, menejerlar ham inson va ko’pchilik holatlarda ularning shaxsiy manfaatlari boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asosiy rol o’ynadi. Buni korporatsiya menejerining imiji masalasida (boshqaruv binolari, boshqaruv uchun yirik xarajatlar), riskka bo’lgan munosabatda (menejerlar qaror qabul qilib, uni amaliyotga qo’llaydilar, ammo har doim ham ushbu qarorlar bo’yicha javobgarlikni o’zlariga olavermaydilar), xuddi shunday investitsion, ishlab chiqarish va strategik siyosat masalalarida (masalan, menejerlar iqtisodiy natijaga erishish emas, balki o’z ta’sir doirasini kengaytirish) kuzatish mumkin.Mulkdorlar bilan menejerlar o’rtasidagi bunday qarma-qarshilik agentlik muammosi (yoki qarama-qarshiligi) deb ataladi. Quyida boshqaruv jarayonida mulkdorlar bilan menejerlar o’rtasidagi qarashlar tafovutini yaqqol ko’rish mumkin. O’z-o’zidan savol tug’iladi: mulkdor qanday qilib o’z manfatini himoya etishi mumkin? Aynan, shu savol korporativ boshqaruv tizimida ritorik xarakterga ega bo’lgan muhim masaladir. Hozirgi vaqtda korporatsiya faoliyati tajribasi - agentlik muammosini mulkdorlar foydasiga hal qilishning ichki va tashqi mexanizmlari haqida gapirishga imkon beradi. Nazoratning ichki mexanizmlari aktsionerlarning menejerlar bilan bevosita, yoki korporatsiya direktorlar kengashi yordamida bilvosita munosabatlari asosida qurilgan. Nazoratning tashqi mexanizmlari mulkdorlar bilan menejerlar o’rtasida turuvchi vositachilarning samarli faoliyat yuritishiga asoslanadi. Klassik nazariyaga muvofiq, mulkdorlarning asosiy manfaati o’z kapitalini oshirishdan iborat bo’lib, bu – aktsiya qiymatining kursini oshishi hisobidan amalga oshiriladi. Menejerlarga bonus sifatida aktsiyalar sotib olish uchun optsionlarning taqdim etilishi, yaqin vaqtlargacha, mulkdorlar bilan menejerlarni manfaatini bog’laydigan dastak sifatida qaralar edi. Shunday kelib chiqqan holda, xuddi korporatsiya mulkdorlari kabi, menejerlarni pulli mukofotlarini korporatsiya aktsiyalarining kurs qiymati oshishi orqali shakllantirish, agentlik muammosini yumshatadi degan fikrga kelish mumkin. Ammo, amaliyot ushbu nazariyada mavjud jiddiy kamchiliklarni ko’rsatib berdi.Bu birinchidan, optsion imtiyozini hajmini begilash muammosi. Nazariy jihatdan olib qaralsa, kattaroq imtiyozlar menejerlar ishini rag’batlantiruvchi samarali vosita hisoblanadi, ammo amaliyotda korporatsiya aktsiyalari kursi qiymatining sezilarsiz o’zgarishi ham korporatsiya menejerlari uchun yirik foyda olish imkonini beradi. Agar, imtiyoz aktsiyalar kursi qiymatining pasayishida optsionlarni qayta baholash imkoniyalarini o’z ichiga olsa, bunday chizma barcha risklarni inobatga olmay qo’yishiga olib keladi. Ikkinchi, va eng asosiy muammo – korporatsiya aktsiyalarining kursi qiymati bilan boshqaruv sifati o’rtasidagi bog’liqlikdir. Korporatsiya aktsiyalari qiymatining o’sishi, korporatsiya boshqaruvining sifati bilan emas, balki, fond bozorining umumiy o’sishi natijasi bo’lish ham mumkin. Bunday holatda, optsionlar bo’yicha olinadigan mukofotlar korporatsiyani samarali boshqarishning natijasi bo’lmaydi, boshqa tomondan, fond bozorining umumiy pasayishi menejerlar daromadlarini pasayishiga ob’ektiv bo’lmagan tarzda ta’sir etadi. Korporativ boshqaruvning barcha ishtirokchilarining (taraflarning) umumiy maqsadi – qonun asosida foyda olish bo’lib, unga har bir taraf o’ziga hos, lekin bir-birdan farqli bo’lgan, vazifa va funktsiyalarni, huquq va majburiyatlarni bajarish orqali erishadi. Korporativ manfaatlar o’zaro raqobatga asoslangan sabab-oqibatiy bog’liqlikda bo’lgani sababli, ular tizimlilik va tartibiylikka bo’ysunadi. Raqobatni mulk egalari o’rtasida, personal ichida, kompaniyaning boshqa sheriklari va h.k. manfaatdor taraflar o’rtasida ko’rish mumkni. Bunda barcha taraflarga korporativ boshqaruv muhiti uchun teng imkoniyatlar beradi. Tizimlilik va tartibiylik korporativ boshqaruv bir butun iqtisodiy-huquqiy tizim va uni o’rnatilgan korporativ huquq va madaniyat me’yorlari asosida tartibli va shaffof faoliyat ko’rsatishi bilan belgilanadi. Odatda, aktsiya sotib olishga optsionlarni, mulkdorlar bilan menejerlarni bog’laydigan samarali dastak hisoblansada, korporativ amaliyotda quyidagilar bajarilishi lozim bo’lgan muhim yo’nalish hisoblanadi:
Korporatsiya menejmentining faoliyatini ichki nazorat qilishning tan olingan mexanizmi sifatida, aktsionerlar tomonidan ular manfaatlarini himoya qilish uchun, ma’lum nazorat vakolatlariga ega bo’lgan agentlarning jalb etilishi amalga oshiriladi. Ular korporatsiya xodimlari bo’lishmaydilar, shuning uchun ham ularni “tashqi direktorlar”, yoki “mustaqil direktorlar”, yoki “outsayderlar” deb ataydilar. Direktorlar kengashi a’zolari operativ boshqaruvga bevosita bog’liq bo’lmaydilar va shu orqali mulkdorlar manfaatlarini himoya qiladilar, deb qabul qilinadi. Xulosa qilib shuni alohida ta’kidlash lozimki, korporativ boshqaruv tizimi murakkab tizim bo’lib, uni samarali ishlashini ta’minlash, korporativ boshqaruv oldida echimini kutayotgan muhim masalalaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: |