Tabiiy fanlar fakulteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə1/9
tarix30.05.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#60107
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kaptarsimonlar1111

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


TABIIY FANLAR FAKULTETI
ZOOLOGIYA VA ANATOMIYA KAFEDRASI
“Himoyaga ruxsat etildi”
Tabiiy fanlar fakulteti dekani
______b.f.d., prof. Saparov K.A.
“ ___” __________ 2022-yil

5110400- Biologiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi


2- kurs 204-guruh talabasi Qoshshayeva Madinaning
Zoologiya fanidan
KURS ISHI
Mavzu: O’zbekistonda tarqalgan kaptarsimonlarning xilma- xilligi,ularning tarqalishi,biologik xususiyatlari, ularning amaliy ahamiyati.



“Himoyaga ruxsat etildi”
Zoologiya va anatomiya
kafedrasi mudiri b.f.d., prof.
______ A.G.Shaxmurova
“ ____” __________ 2022

Ilmiy rahbar:
Zoologiya va anatomiya
kafedrasi b.f.d., prof.
_______ K.A.Saparov
“ ____” __________ 2022



Toshkent – 2022


Mundarija:

Kirish 3
I bob. Kaptarsimonlar – Columbiformes turkumi haqida umumiy ma’lumot 4



    1. Kaptarsimonlar – Columbae kenja turkumi 4

1.2. Bulduruqlar – Pterocletes kenja turkumi 6
II bob. O’zbekiston kaptarsimonlari, asosiy turlarining tarqalishi, biologiyasi va ahamiyati 7

    1. Qumrining tarqalishi, biologiyasi xo’jalik ahamiyati 7

2.2. G`urrakning tarqalishi, biologiyasi va ahamiyati 18

III bob. Xulosa 27
IV bob.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 29

Kirish

Qushlar umurtqali hayvonlarning sinfi bo’lib tanasining par, patlar bilan qoplanganligi, oldingi oyoqlarining shakli, ko’rinishi o’zgarib, uchish a’zosi – qanotlarga aylanganligi bilan xarakterlidir.Ayrim istisnolarni inobatga olmaganda qushlar – uchuvchi hayvonlardir. Ucha olmaydigan turlar ozchilikni tashkil etadi. Ularda qanot rivojlanmagan. Qushlarning keyingi oyoqlari ularni qattiq substratda er yuzi bo’ylab harakatlanishini ta’minlaydi. Shunday qilib qushlar quruqlikdagi boshqa umurtqalilardan farq qilib, ular ikki oyoqli hayvonlardir.Qushlarda moddalar almashinuvi zo’r shiddat bilan boradi, tana harorati doimiy va yuqori bo’ladi, yurak to’rt kamerali, arterial qon venoz qondan ajralgan. Qushlarda bosh miya yarim sharlari va sezgi organlari, ayniqsa ko’rish va eshitish yaxshi rivojlangan.Agar biologik nuqtai nazardan qarasak hayotiy jarayonlarning jadal borishi va parvoz etish, uchish orqali harakatlanish qushlarning xarakterli xususiyatlaridir. Ana shu ikki muhim xususiyat ko’p hollarda ularning biologiyasini, hayot kechirish tarzini belgilaydi.Xuddi shu xossalari bilan qushlar boshqa umurtqalilarning guruhlaridan, sinflaridan tubdan farq qiladi. Qushlarning evolyutsion kelib chiqishida sudralib yuruvchilar bilan umumiylik bo’lsada, bu ikki guruh hayvonlar o’rtasidagi biologik tafovutlar ancha kattadir.Harakatchanlik va shu tufayli katta masofalarni zabt etish qobiliyati bo’yicha qushlar quruqdagi umurtqalilar o’rtasida birinchi o’rinni egallaydi.


Shunday qilib qushlar sinfi bugungi kunda dunyo miqyosida 8600 turni o’ziga birlashtiradi. Bular orasida gigantlar-tuyaqushlardan tortib to mitti-karlik turlar – kolibrlar mavjud. Ayrim hisoblar natijalariga qaraganda, yer sharida yashayotgan qushlarning umumiy soni 100 mlrd ga yaqin. Ana shu raqamning o’zi qushlarning tabiatdagi, inson hayotidagi ahamiyati katta ekanligini, uning ko’pqirraligidan darak beradi. Shuning uchun ham qushlarni doim kuzatish ularni o’rganish, zarur bo’lganda ayrim turlar sonini boshqarish yoki muhofaza qilish kerak. Shunday qilib qushlar sinfi bugungi kunda dunyo miqyosida 8600 turni o’ziga birlashtiradi. Bular orasida gigantlar-tuyaqushlardan tortib to mitti-karlik turlar – kolibrlar mavjud.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin