Transport vositalarini boshqarishni o'rgatish ustida amallar bajarish.
1. Transport vositalarini avtodromlarda boshqarishni o`rganish
2. Transport vositalarini orqaga harakatlantirib boshqarishni o`rganish
3. Mavzuga oid testlar ishlash
Transport vositalarini boshqarishni dastlabki o'rgatish yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda o'tkazilishi kerak.
Yo'llarda boshqarishni o'rgatishga faqat yo'riqchi ishtiroqida, o'rganuvchi dastlabki boshqaruv malakasini etarlicha egallagandan so'nggina ruxsat etiladi. O'rganuvchi Qoidalar talablarini bilishi va ularga amal qilishi shart.
Boshqarishni o'rgatayotgan yo'rikchi o'rgatish huquqini beruvchi hujjatga, shu toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga va u bevosita 3 yillik haydovchilik faoliyatiga ega bo'lishi kerak.
Haydovchilarni tayyorlash mashg'ulotlari o'quv yakunida avtomobil' boshqarishni o'rganuvchi 18 yoshga, avtobus, tramvay va trolleybus boshqarishni o'rganuvchi 21 yoshga, mototsikl boshqarishni o'rganuvchi esa 16 yoshga to'ladigan shaxslar bilan olib boriladi.
Boshqarishni o'rgatish uchun mo'ljallangan mexanik transport vositalari Boshqarishni o'rgatish transport vositasi taniqliq belgisi va yo'riqchi uchun orqani ko'rsatuvchi ko'zgu bilan jihozlanishi kerak. Bundan tashqari boshqarishni o'rgatish transport vositalarida yo'riqchi uchun qo'shimcha ulovchi (stsepleniye) va to'xtatish tepkilari ham bo'lishi kerak.
Boshqarishni o'rgatish yo'nalishlari Davlat avtomobil' nazorati organlari bilan kelishilishi shart. Boshqa Yo'llarda boshqarishni o'rgatish taqiqlanadi.
Odam tashish va yuk tashish bo`yicha amallar bajarish
1. Odam tashuvchi transport vositalarini tuzlishini o`rganish
2. Yuk tashuvchi transport vositalarini tuzilishini o`rganish
3. Mavzuga oid testlar ishlash
Odam tashish uchun mo'ljallangan yuk avtomobili yukxonasi bortining balandligidan 30 santimetr pastda joylashgan o'rindiqlar bilan jihozlanishi, ikki yon va orqa bortdagi o'rindiqlar mustahkam suyanchiqqa ega bo'lishi kerak.
Tashiladigan odamlar soni jihozlangan o'rindiqlar sonidan oshmasligi kerak.
Harakatni boshlashdan oldin haydovchi yo'lovchilarga avtomobilga chiqish, undan tushish va unga joylashish tartibi hakida tushuntirish berishi kerak.
Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yo'lovchilarni havfsiz tashish sharoiti ta'minlanganligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Odam tashishga moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukxonasida faqat yukni olish uchun borayotgan yoki uni kuzatib borayotgan shaxslarning bo'lishiga yo'l qo'yiladi, bunda ular bortlardan pastda joylashgan o'rindiqlar bilan ta'minlanishlari kerak.
Avtobuslarda yoki furgon-yukxonali yuk avtomobillarida bolalarni tashishda katta yoshli kuzatib boruvchi shaxs, bortli yuk avtomobilining kuzovida tashishda esa kamida ikki nafar katta yoshli kuzatib boruvchi shaxs bo'lishi shart. Bunday transport vositalarining oldi va orqa tomoniga Bolalar guruhini tashish taniqliq belgisi o'rnatilishi kerak.
Bolalarni yuk avtomobillarida tashishda esa ushbu talablarga qo'shimcha ravishda bort balandligi 1 (bir) metrdan kam bo'lmasligi kerak.
Haydovchi transport vositasi to'la to'xtagandan keyin odamlarni tushirishi va chiqarishi, eshiklar yopilgandan so'nggina harakatlanishni boshlashi va to'la to'xtamaguncha ularni ochmasligi shart.
Tashilayotgan yukning vazni va o'qlarga tushadigan og'irlik miqdorining taqsimlanishi transport vositasini ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.
Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yukning to'g'ri joylashganligi va mahkamlanganligiga ishonch hosil qilishi, harakatlanish vaqtida esa yukning tushib ketmasligini va harakatlanishga halaqit bermasligini ta'minlash maqsadida uning holatini kuzatib borishi kerak.
Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yo'l qo'yiladi:
-haydovchiga tevarak-atrof ko'rinishini cheklamasa;
-transport vositasini boshqarishni qiyinlashtirmasa va muvozanatini buzmasa;
-tashqi yoritish asboblari va yorug'lik qaitargichlarini, davlat raqami belgilarini va taniqlik belgilarni, shuningdek, ishoralarni va qo'l bilan beriladigan ishoralarni -ko'rishni to'smasa;
-shovqin solmasa, chang ko'tarmasa yo'lni va atrof muhitni iflos qilmasa.
Agar yukning joylashuvi va holati qaid etilgan talablarga javob bermasa, haydovchi yuqorida sanab o'tilgan qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini ko'rishi, uning iloji bo'lmasa bundan keyingi harakatlanishni to'xtatishi shart.
Transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, gabarit chiroqlarining chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga muvofik Katta o'lchamli yuk belgisi bilan belgilanishi, qorong'i vaqtda va etarlicha ko'rinmaydigan sharoitda esa bunga qo'shimcha qilib oldi oq chiroq yoki yorug'lik qaitargich, orqasi esa qizil chiroq yoki yorug'lik qaitargich bilan belgilanishi kerak.
O'ta og'ir, katta o'lchamli va xavfli yuklarni tashish, gabarit o'lchamlari yukli yoki yuksiz holda eni 2,5 metrdan va balandligi yo'l sathidan 4 metrdan, uzunligi bitta tirkama bilan 20 metrdan ortiq bo'lgan yoxud yuki transport vositasining orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining, ikki yoki undan ortiq tirkamali avtopoezdlarning harakatlanishi uchun DAN organlarining ruxsatnomasi bo'lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |