Va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti



Yüklə 189,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix20.11.2023
ölçüsü189,51 Kb.
#162844
  1   2   3   4   5
tIaoGTvGQ6Bf77wWwgnp7ZxqM6cShgOqgFKvpEYW



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH 
VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 
 
 
“O‘zbek tilining o‘qitish moduli”
 
 
o‘quv kursining
 
“TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA YO‘L QO‘YILGAN XATOLARNI 
BARTARAF ETISH VA O‘QUVCHILARNING DARSGA DIQQATINI 
JAMLASH USULLARI” mavzusidan ma’ruza matni 
Ma’ruzachi: Boyatov Oybek Maxmudjon o‘g‘li 
Toshkent- 2022


3-Mavzu: Ta’lim-tarbiya jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolarni bartaraf etish 
va o‘quvchilarning darsga diqqatini jamlash usullari 
 
Reja:
1. O‘zbek tilini o‘qitish muammolari 
2. O‘zbek tili darslarida interfaol metodlardan unumli foydalanish 
Yurtimizda ta’lim sohasida tub burilish yasashga asos solgan “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi” qabul qilinganing o‟ninchi yiliga qadam qo‟ygan ekanmiz, 
bu dasturda shu yillar mobaynida har bir fanni o‟qitish bo‟yicha belgilangan 
vazifalarning bajarilish darajasini sarhisob qilish tabiiy bir holder. Ushbu dasturda 
belgilanishicha o‘zbek tilini o‘qitishda qo‘yilgan vazifalar kelajakda yurt egalari 
bo‘lmish yoshlarga ijodiy fikrlash, o‘z fikrini mustaqil ravishda savodli, qisqa va 
lo‘nda qilib ifodalash, o‘z nuqtai nazarini himoya qilish, o‘zbek tilida mutaxassislik 
tili sifatida foydalanishni o‘rgatishdan iboratdir. Demak, Grammatik bilimlardan 
vosita sifatida foydalanib, ularni egallashni o‘quv faoliyatining birinchi bosqich qilib 
belgilab, bu bilimlar asosida nutqiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga erishish 
asosiy maqsaddir. Vaholanki, shu paytgacha o‘zbek tili o‘qitish deganda, o‘zbek 
tilshunosligini o‘rgatish asosiy maqsad hisoblaninb, dasturlar ham, darsliklardagi 
barcha mashqlar ham anashu maqsadga yo‘naltirilib tuzilar edi. Bunda o‘quvchilar 
e`tibori leksik va sintaktik birliklarning mazmuniga emas, balki shakliga qaratilgan 
bo‘lib, asosan ularning Grammatik shakli o‘rganiladi, so‘zlarning o‘zaro ma`noviy 
munosabati shu jumladan, valentlik hamda uslubiy mutanosibligi esa e`tibordan 
chetda qoladi. Masalan, tilimizda avvalgi holatiga keltirish ma`nosida tuzatish, 
ta`mirlash va sozlash so‘zlari qo‘llanadi. Ushbu sinonim so‘zlarning har birini 
qo‘llash doirasi turlichadir. Jumladan, tuzatish so‘zidan farqli o‘laroq, ta’mirlash so‘zi 
ko‘proq bino, turara joy, inshoatlarni asl holiga keltirish ma`nosida qo‘llanib, tishni 
ta`mirlash, yoki sog`liqni ta`mirlash birikmalarida qo‘llansa, kulguli bo‘ladi. Til 
o‘qitishda asosiy maqsad o‘quvchilarda nutqiy ko‘nikmalarni hosil qilish ekan, 
bizning fikrimizcha, darslikda sof Grammatik mashqlar qatorida fikrni to‘g`ri 
ifodalash yo‘lyo‘riqlarini o‘rgatuvchi nutqiy topshiriqlardan iborat mashqlar ko‘proq 
bo‘lishi kerak. Masalan, buyruq maylidagi fe`llarni nutqda qo‘llashni o‘rgatishda 
“O‘qituvchingiz darsda qanday buyruq va topshiriqlar berishi haqida gapirib bering ” 
degan topshiriqli mashq berishi mumkin. Yoki fe`lning majhul nisbati ustida 
ishlashda “Shanbalik natijasida bajarilgan ishlarni birma-bir aytib bering ” kabi 
topshiriqli mashqni bajargan o‘quvchilar o‘rganilayotgan materialning hayotda 


zarurligini his qiladilar va bu fe`l shakllarini o‘z nutqlarida qo‘llashga odatlanadilar. 
Xuddi shuningdek, hozirgi-kelasi zamon fe`llarini tuslash, ya`ni shaxs-son 
qo‘shimchalarini to‘g`ri qo‘llashni o‘rgatishda “ Matndagi o‘quvchi o‘z kun tartibi 
bo‘yicha qilgan ish-harakatlarni siz ham har kuni bajarishingizni ayting ” degan 
topshiriqni bajarish uchun o‘quvchi matnda III shaxsda qo‘llangan fe`llarni I shaxs 
shakliga soladi. Ushbu fe`l shaklining amaliyotdagi ahamiyatini anglash natijasida 
o‘quvchilarning ona-tili darslariga qiziqishi oshadi. 
Yuqoridagi kabi topshiriqli nutqiy mashqlarni asosini mazmun ifodasi tashkil 
etadi. Avvalgi darsliklarda ananaviy bo‘lgan “ Gap tuzing ” yoki “ Matn tuzing ” kabi 
topshiriqli mashqlarda esa ma`no ifodalash emas, shaklni qo‘llash vazifasi qo‘yiladi. 
Tabiiyki, bunday topshiriqni bajarishda ma`noviy vazifa yo‘qligi sababli o‘quvchida 
stimul bo‘lmay, u bu ishni nima uchun bajarish kerakligini his etmaydi. Metodik 
qonun- qoidalarga ko‘ra o‘quvchidan bir amalni bajarishni talab qilishdan avval bu 
amalni bajarish yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatish va buning uchun zarur bo‘lgan bilimni 
berish lozim. Masalan, o‘quvchiga matn tuzish vazifasi topshirilganda unga qanday 
qolipdagi qaysi shakl va mazmundagi matnni tuzishi haqida aniq ko‘rsatma berilishi 
kerak. Bundan tashqari, avval matn tuzishni o‘rgatish, ya`ni matn tarkibidagi 
jumlalarni qo‘llashda mantiqiy izchillikka rioya qilish, matn qismlarini bir-biriga 
bog`lovchi vositalarni qo‘llash hamda matn rejasini tuzishni o‘rgatish zarur. Shundan 
keyinbgina o‘quvchidan matnni tuzishni talab qilsa bo‘ladi. Qolaversa, matn ham 
turlicha ( dialog, monolog, polilog ) shaklda bo‘ladi. Dialog yoki polilog shaklidagi 
matn nafaqat savol-javob, balki bir shaxs bildirgan fikrni ikkinchi shaxs tasdiqlashi


qisman yoki to‘la ma`qullashi, qo‘shimcha qilishi yoki e`tiroz bildirishini ifodalovchi 
jumlalardan iborat bo‘lishi mumkin. Ana shu jumlalarning har biri turli darajalardagi 
ma`no ifodasiga ( kuchli, o‘rta kuchli yoki kuchsiz ) ega bo‘lishi mumkin.
Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning o‘zbek tili darslarini 
o‘tishda quyidagi didaktik o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.

Yüklə 189,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin