Keyingi kommunikativ siyosatda strategik va taktik choralarni ichiga oluvchi
faqat kompleks
yondashish imkoniyati qo‘yiladi. Buning uchun korxonadan tadbirkorlikning integratsiyalangan
kommunikativ konsepsiyasini yaratish va rivojlantirish talab qilinadi.
Integratsiyalangan kommunikativ jarayonning xususiyati bo‘lib kommunikatsiya vositasi va
jarayoni,
tashuvchilari, shakllarining turlitumanligi hisoblanadi.
Kommunikatsiya
quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
1.
Kontakt turi bo‘yicha: shaxsli va shaxssiz.
2.
Jadalligi bo‘yicha: jadal va bo‘sh.
3.
Qo‘llash chastotasi bo‘yicha: yagona va ko‘p marotabalik.
4.
Ta’sir natijasiga ko‘ra: samarali va samarasiz.
5.
Kommunikatsiya tashuvchilari sifatida: menejment (firma boshqaruvi), xodimlar, mijozlar,
jamoat, biznes bo‘yicha sheriklar va boshqalar.
Reklamadan yangi mahsulotlarni bozorga chiqarishda ham foydalaniladi. Savdo konyunkturasini
yangi mahsulotlar bilan ta’minlash hali muhim bo‘lmagan, sotuv, zaxira, iste’mol
haqidagi
ma’lumotlar yetarli bo‘lmagan paytda bu ham muhimdir. Bu paytda mutaxassislar yo‘nalishini
tanlash uchun reklama orqali yangi taklif tuzadilar. Unda mahsulotlarning tavsiya etiladigan
xususiyatlari va ishlab chiqarishning kelajagi hamda aholi talabini ko‘ra bilish, sinovga chiqarilgan
mahsulotga xaridorning munosabatini kuzatish haqidagi ma’lumotlar o‘rin oladi.
Reklamaning
yo‘nalishini tanlash - savdo va sanoatning o‘zaro harakati va mahsulot aylanishiga ana shu
manbalardan olingan mahsulot zaxiralarining qatnashishiga ham bog‘liq. Reklama faoliyati
marketing xizmatining tarkibiy turlaridan biridir. Uning bevosita yoki
bilvosita turi yordamida
korxonaning bozordagi o‘rni mustahkamlanadi va taklif etilayotgan mahsulotlarni sotish
jadallashadi.
Dostları ilə paylaş: