1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   206
M.A.

Reklama va reklama vositalari 
Insoniyat paydo bo‘lgandan buyon savdo inson taraqqiyoti bilan hamohang ravishda shakllanib 
kelgani sir emas. Savdo rivojlanib, savdogarlar o‘rtasida bozor va xaridorlar jihatidan ustunlik va 
yetakchilikka harakat qilish ular o‘rtasidagi narx va sifat vositasida raqobatni keltirib chiqardi. Endi 
ular o‘z mahsulotlarini maqtab xaridorda nisbiy afzallik va moyillikni kuchaytirishga o‘tdilar. Bu 
raqobat o‘z navbatida reklamaning paydo bo‘lishiga olib keldi. Tarixiy manbalar shundan darak 
beradiki, dastlab misrliklar tijorat maqsadlari uchun papirusga bitilgan savdo narxlari yozilgan 
mayda xabarlar va devoriy xabar matnlarini qo‘llaganlar. Pompeya xarobalari va Qadimgi 
Arabistonda tijoriy xabarlar va siyosiy namoyishlar lavhalari ham topilgan. Devorlarga o‘yib yoki 
chizib ishlangan tasvirlar reklamaning qadimgi turlaridan hisoblangan va kelib chiqishi Hindistonga 
borib taqalib, miloddan avvalgi 4000-yilda paydo bo‘lgan. Yana tarixdan shu narsa ma’lumki, 
reklamaning ilk ko‘rinishlari uy tashqarisidagi reklamalar (qadimgi davrlarda xizmat ko‘rsatish 
joylari xizmat ko‘rsatuvchilar uylarining bir qismida qurilgan) va devorga ilingan e’lonlar bo‘lgan. 
O‘rta asrlarda aholining asosiy qismi savodsiz bo‘lganligi sababli hunarmandlar kasblariga doir 
belgilarni o‘zini reklama va mo‘ljal sifatida qo‘llaganlar. Masalan, taqachilar ot taqasi rasmini yoki 
aynan, temirchilar bolg‘a, kosiblar etik va sartaroshlar ustara tasviridan foydalanganlar. Meva va 
sabzavot sotuvchilari esa shahar markazlariga kelgan holda o‘zlari yoki biror kishini yollab o‘z 
mahsulotlarini maqtab jar solganlar yoki jarchi yordamidan foydalanganlar. 
Ilm-fan taraqqiyoti asta–sekinlik bilan o‘sgan sari o‘qish ommalashdi va bu o‘z navbatida 
bosmaxonalar kashfiyotiga olib keldi. Endi odamlar tarqatmalar orqali reklama qila boshladilar. 
XVIII asrga kelib ingliz gazetalari reklamalarni bosib chiqara boshladi. Lekin bu reklamalar asosan 
turli yangi kitoblar va gazetaning o‘zini maqtashdan nariga o‘tmasdi. Keyinchalik dori vositalari 
reklamasini tarqata boshladilar va bu gazetalarning foyda olish yo‘nalishining o‘zgarib ketishiga 
olib keldi, ya’ni ular gazeta tirajlari bilan bir qatorda reklama orqali ham foyda ola boshladilar. 
Tahririyatlar reklama orqali daromad olishga shunchalik kirishib ketdilarki, buyuk Yevropa o‘latida 
ular ancha insonning uyi kuyishiga sabab bo‘ldilar. Chunki o‘sha davrda alkimyogarlar o‘latga davo 
qidirib, nimani topsalar shuni davo, deb e’lon qilar va u orqali mo‘may daromad qilardilar. Bu orqali 
ingliz matbuoti sezilarli darajada obro‘sini yo‘qotdi. Shundan keyin ingliz hukumati reklamani 
tartibga solishga urinishlarni boshladi va noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgan buyurtmachini ham, 
tahririyatni ham qattiq jarimaga tortajagini bildirdi. 


Iqtisodiyot o‘sib borgan sari reklama ham unga hamohang rivojlanib bordi. AQShda reklamadagi 
yuksalishlar uni mutlaqo yangi shaklga – xat tartibli reklama shaklini yaratilishiga olib keldi.1836 – 
yilning iyunida Fransiyaning La Presse gazetasi reklama orqali daromad olayotgani evaziga narxni 
pasaytirish va bu orqali gazetxonlar safini kengaytirishni mo‘ljalladi. Keyinchalik bu usul butun 
mamlakat gazetalari tomonidan o‘zlashtirildi. 1840 – yilda Volni Palmer ismli kishi Filadelfiyada 
hozirgi zamon reklama agentliklariga o‘xshash agentlikka asos soldi. 1842–yilda Palmer mashhur 
gazetalardan katta chegirmali narxda bo‘sh sahifalarini sotib oldi va yuqori narxlarda reklama 
qiluvchilarga sota boshladi. Palmer faqat gazeta betlarini sotib olgan bo‘lib, reklama qanday qilib, 
qanday ko‘rinish va shaklda berilishi reklama beruvchilarlar ixtiyorida bo‘lgan. XIX asr oxirlariga 
kelib N.W.Ayer & Sons reklama agentligiga asos solindi va bu agentlik reklamani rejalashtirish, 
yaratish va reklama jarayonini boshqarish borasida taklif va yordamlar berardi. Xuddi shu davrda 
Fransiyada Charles-Louis Havas reklama agentligi ham faoliyat olib borayotgan bo‘lib, uning 
xizmat ko‘rsatish ko‘lami brokerlikni ham qamrab olgan edi. 
XX asr reklama tarixida tub burilish yasadi. Avvalo, reklama sohasida ayollar salmog‘i va vositasi 
ortib bordi. Dastlab, reklama agentliklari ayollardan yaratuvchanlik qobiliyati va uy-ro‘zg‘orga oid 
reklamalarda «onalar tanlovi” yoki «rafiqalaringiz tanlovi” kabi reklamalar uchun foydalangan 
bo‘lsalar, keyin ulardan turli xil ayollar tasvirlari orqali e’tirofni tortish yo‘liga o‘tadilar. Amerikada 
ayollarning ilk tasviri sovun reklamasida qo‘llanildi. 
Yangilik usulida yaratilgan dastlabki zamonaviy reklama 1920– yillarning boshida ishlangan tamaki 
reklamasi hisoblanadi. Zamonaviy reklamaning otasi sifatida Edvard Berniys Medisson Avenyu 
reklama agentligiga asos solgan. Jahon bo‘yicha tamaki savdosining tarqalishi va iste’molining 
ommalashishiga xuddi shu inson sababchi bo‘lgan.O‘sha paytda Bonzak deb atalgan yangi va katta 
hajmda sigareta o‘raydigan mashinaning sanoatda qo‘llanishi bozorda taklif hajmini keskin oshirib 
yuboradi va bu muammoni hal qilishni Edvard Berniys ajoyib reklamalari orqali bartaraf etadi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin