1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


Marketing kommunikatsiyasi kompleksi (reklama



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   206
M.A.

12.4. Marketing kommunikatsiyasi kompleksi (reklama, 
sotishni rag‘batlantirish, tashviqot, jamoa bilan ishlash, 
shaxsiy sotuv, bevosita sotuv) 
Marketing tizimida kommunikativ jarayonlarni boshqarish: 


1.
Kommunikatsiyalar va tovarlarni ilgari surish strategiyalarini ishlab chiqish samarali 
kommunikatsiyalar algoritmini asoslash. 
2.
Hamkorlik, iste’molchilar va raqobatchilar bilan o‘zaro harakatlanishning samarali tizimini 
ishlab chiqish. 
3.
Multimedia – kompaniyalarning optimal qarorlarini ishlab chiqish: reklama maqsadlarini 
tasdiqlash, reklama budjeti haqida qaror qabul qilish, reklama vositalarini tanlash, 
reklamaning samaradorligini baholash. 
4.
Bevosita marketing dasturini ishlab chiqish, savdoni optimallashtirish va PR(Public 
Relations).
4P- (Mahsulot, Joy, Narx, Targ‘ibot). 
Targ‘ibot – 
marketingning zamonaviy ko‘rinishi. Targ‘ibot (Promotion)
 – 
Sotuvchi va xaridor 
o‘rtasidagi xaridorning xatti-harakati va fikrlashiga ta’sir etgan holda ma’lumot almashinuvi. 
Marketing menejerlarining asosiy vazifasi – mijozlar va ular guruhiga kerak mahsulot aynan qaysi 
joyda va ularga ma’qul narxni ma’lum qilishdir. Targ‘ibot (Promotion) - marketingning zamonaviy 
ko‘rinishi: 
12.1- rasm.Targ‘ibot usullari 
Targ‘ibot usullari: 
1.
Shaxsiy (Personal Selling) sotish – sotuvchi va potensial xaridor o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri 
muloqotni bildiradi. Shaxsiy sotish orqali sotuvchi darhol xaridorni fikrini bilib olish va 
keyinchalik qaror qabul qilishni osonlashtiradi. Ko‘p marketologlar shaxsiy sotishni tatbiq 
qilishda juda qimmat va murakkab hisoblaydilar. 
2.
Ommaviy sotish (Mass Selling) – bir vaqtning o‘zida ko‘plab potensial xaridorlar bilan 
muloqotda bo‘lish. Odamlar gavjum joyda «ommaviy sotish»ning eng asosiy 
ko‘rinishlaridan biri. An’anaviy OAV-jurnal, gazeta, radio va TV hamda internet orqali xat 
yuborishni o‘z ichiga oladi. Reklama qilishda pul to‘lanadi, lekin «ommaviy sotish»ning 
boshqa ko‘rinishi publicity- oshkoralik «tekin». 


3.
Sotish targ‘ibot qilish - (Sales promotion) – bu reklama qilish, ommaviy yoki shaxsiy 
sotishdan boshqa – mahsulotga mijozlarning qiziqishini orttirgan holda sotish hatti-
harakatlari. 
2.
rasm. Targ‘ibotni amalga oshiruvchi subyektlar 
2.
rasm. Targ‘ibot (promotion) ni amalga oshiruvchilarning vazifalari 
Biznesmen Richard Brenson Britaniya ishbilarmonlik maydoniga 1970 – yillarda o‘sha paytlarda 
yangilik (innovatsiya) bo‘lgan ovoz yozuvchi Virgin Records kompaniyasi bilan yorib kirdi. U 
boshqa hech kim nazariga ilmagan ijrochilar bilan shartnomalar tuzdi va o‘zining hozirgi kunga 
qadar davom etib kelayotgan marafonini boshladi. Virgin Records 1992–yilda Thorn-EMI 
kompaniyasiga deyarli 1 mlrd. doll.ga sotildi, biroq jamlangan daromadi 8 mlrd. doll.dan ortadigan 
200 dan ortiq boshqa kompaniyalar tuzildi. «Virgin» nomi (darvoqe, bu Buyuk Britaniyadagi 
uchinchi eng obro‘li savdo markasi) va R.Brenson shaxsining o‘zi bilan turli xil tovarlar va 
xizmatlarni bog‘laydilar (samolyotlar, poyezdlar, moliyaviy mahsulotlar, yaxna ichimliklar, 
musiqali yozuvlar, mobil telefonlar, avtomobillar, vinolar, kitoblar, hattoki, to‘y liboslari ham). 
Ko‘p qirrali bu mahsulotlarga takliflar ham yetarli bo‘lishi bilan birga to‘langan puliga yuqori 
narxlardaligi, sifatliligi, innovatsiyalari, a’lo kayfiyat ulashishi, raqobatchilarni «ko‘zini o‘ynata 
olishi» bilan xarakterli. Virgin Group o‘zi uchun bozorlarda qoniqarsiz talablarni, to‘lov 
qobiliyatlariga ega ehtiyojlar va uncha faol bo‘lmagan raqobat qidirmoqda. «Biz ularni 
topganimizdan keyin Virginga raqobatchilar o‘zini yaxshiroq ko‘rsata olish imkoniyatlari tug‘iladi. 
Biz xaridorlarga ishonch, innovatsiya va do‘stona munosabatlar yetmagan joylarda ularni yetkazib 
beramiz», - deydi R.Brenson. 


1998–yilda Brenson AQShda Virgin Cola kompaniyasini ochganda, u shaxsan Nyu-Yorkning 
Beshinchi avenyusini kezib chiqar ekan, hamma ertalabki yangiliklar dasturlariga intervyu berishga 
ham ulgurgan edi. 2002–yilda u Virgin mobil aloqa operatoriga xizmat ko‘rsatishi e’lon qilindi. 
2004–yilda «Virgin Puclse» umumiy nomi bilan yuqori texnologik elektron qurilmalar seriyasi 
chiqarilishi munosabati bilan R.Brenson yana sahnada paydo bo‘ldi – bu NyuYorkdagi tungi 
klublardan birining sahnasi edi. Yaqinda Virgin Volvo bilan hamkorlikda tanlov e’lon qildi va uning 
bosh mukofoti Brensonning yangi «Virgin Galactic» kosmik kemasida kosmik parvoz bo‘ladi. 
Public Relations sohasidagi ushbu hamma faoliyat «Virgin» brendini haqiqiy baholash, Missiya: 
reklamaning maqsadi qanday; Pul: u qanday pul mablag‘larini iste’mol qiladi (talab qiladi); xabar: 
qaysi reklama xabarlarini xaridorgacha yetkazish kerak; Media: axborotlarni tarqatishning qaysi 
vositalari harakatlantirilishi zarur; Baholash: reklama natijalarini qanday baholash zarur; kabi 
savollarg javob topadi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin