1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Sharq va G’arb falsafasi. Rivojlanish falsafasi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə24/55
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#211103
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Jadidchilik ta’limotida ma’rifatparvarlik g‘oyasi o‘zbek xalqining XIX asr oxiri XX boshlaridagi barcha ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayoti murakkabliklari va muammolarini hal qilishga qaratilgan keng qamrovli ta’limot edi. Turkiston xalqlarini mustamlaka zulmidan xalos etish, milliy iqtisodiy tizimni barpo etish, mustaqil davlat tizimini doimiy ravishda saqlab tura oladigan tafakkur tarzini shakllantirish, milliy tafakkurdagi destruktiv o‘zgarishlar tufayli vujudga kelgan jismoniy kasalliklarni bartaraf etish aynan kelajak avlodni jismonan va ma’nan sog‘lom qilib tarbiyalash masalasiga bog‘liq edi.
Xulosa qilib aytganda millatni saqlab qolishda milliy intelligansiya sifatida shakllangan jadidchilik tarixni, ma’naviy ahvolni jiddiy mushohada etgan holda, tutqunlik va qaramlik sabablarini jamiyatning o‘zidan izlashga harakat qildi. Bu esa, jamiyatda haqiqiy immunitet sifatida shakllanuvchi milliy intelligensiya vujudga kelishidagi qonuniyat edi. Sababi, «siyosiy va ma’naviy inqiroz jamiyatning ruhiy dunyosini qaytadan jiddiy va bevosita mushohada etishni talab etadi»36;
Jadidlar jamiyatga qaytadan hayot baxsh etuvchi kuchni, uni zulm va istibdoddan ozod qiluvchi chorani ma’rifatda ko‘rdilar. CHunki istibdoddan xalos bo‘lish uchun eng avvalo tafakkurda o‘zgarish qilish, millatni qullik va murosasozlikka duchor etuvchi fikriy mutelikdan ozod bo‘lish lozim edi. Bu esa faqat ma’rifat orqali amalga oshishi mumkinligini jadidlar tushunar edilar. Lekin bu ma’rifat tashqaridan kelgan madaniyat va taraqqiyotga havas emas, milliy ildizlari va salohiyatidan quvvat olib o‘zligini anglash, milliy nafsoniyat, ozodligini himoya qilish xarakteridagi demokratik ma’rifatparvarlik edi; Vatanni qullik va qaramlikdan ozod qilishda ma’rifatparvarlik milliy demokratik ta’limotda etakchi tamoyil edi. Shu sababli uning tashviqoti ijtimoiysiyosiy hayotning ilm–fan, madaniyat, tarix, din, siyosat kabi barcha sohalarini qamrab oldi. Ushbu kompleks xarakterdagi chora tadbirlardan maqsad, milliy tafakkurdagi progressiv o‘zgarishlar dinamikasini tezlashtirish, demokratik tafakkur hosil qilish, ularning amaliy hayotdagi transformatsiyasini ro‘yobga chiqarish edi. XX-XXI asr o‘zbek falsafasi. Akademik Ibrohim Mo‘minovning “Amir Temurning o‘rta Osiyoda tutgan o‘rni va roli” mavzuidagi ma’ruzasi va keyinchalik uning risola holidagi nashri mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining davlatchilik tarixidagi muhim bosqichlarni anglash va belgilashda hamda Amir Temur siymosini qayta tiklashda asosiy g‘oyaviy manba bo‘ldi. O‘z tarixini davrma-davr olib borilgan qatag‘onlar orqali amalga oshirgan totalitar tuzum sharoitida halq qiyofasini tanitishga u haqdagi haqiqatni ilmiy asoslarda isbotlay olishga urunish haqiqiy jasorat edi. Akademik Ibrohim Mo‘minov ziyolilik e’tiqodi, mas’uliyati har qanday ta’qib va nazoratlarga to‘la vaziyatda ham o‘z missiyasini bajarishga qaratilganini ko‘rish mumkin. O‘z faoliyatini o‘n yetti yoshidanoq o‘qituvchilikdan boshlagan olim hayotining so‘nggi yillariga qadar o‘zbek ijtimoiy fanlarining tamal toshini yaratib ketdi. Sovet davrining buyurtma asosida yaratilgan tarixiy ta’limotlari maktabi - rus etnologiyasi maktabi ta’limotlariga g‘oyaviy qarshi ta’limot - o‘zbek xalqining milliy davlatchilik tarixi va uning nazariy asoslarini Ibrohim Mo‘minovning ko‘p tomligidagi o‘zbek xalqi tarixi va falsafiy merosiga oid asarlar va barhayot g‘oyalarida ko‘rish mumkin. Akademik Ibrohim Mo‘minov o‘zbek xalqiga Forobiy, Beruniy, Mirza Bedil kabi adiblarning ilmiy meroslarini ham etkazib berdi. Uning o‘zbek xalqi tarixi haqidagi to‘rt tomlik kitobi, “Samarqand tarixi”, “Buxoro tarixi”, “Xorazm tarixi” ilmiy nashrlaridagi boshchilik ishlari, Italiya, Vengriya, CHexoslovakiya, Gretsiya, Pokiston va Afg‘onistonda qilgan ilmiy ma’ruzalari O‘zbekiston tarixi, falsafasi to‘g‘risidagi munosib tasavvurlarni shakllantirishga xizmat qildi. Ustoz olimning ilmiy faoliyati bilan bir qatordagi jamoatchilik sohasidagi ishlari ham davr ziyolisining eng yorqin qirralarini o‘zida aks ettirgan. Akademik Ibrohim Mo‘minov O‘zbekistonda sotsial institutlar tizimining shakllanishida ham o‘z an’analarini kashf etgan edi. Uning boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Tarix va arxeologiya institutlari shakllantirilgan bo‘lsa, 1958- 1974 yillar davomida o‘z tashabbusi bilan Fanlar Akademiyasi qoshida Falsafa va huquq institutining tashkilotchisi bo‘ldi. Uning “O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar” va “Fan va turmush” jurnallariga asoschi va bosh redaktor bo‘lgani, O‘zbekistondagi ilmiy-ma’rifiy hayotda ham o‘z milliatparvarlik va ilmparvarlik g‘oyalari bilan etakchi ideolog bo‘lganing dalilidir.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin