1,Adabiyot (Bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


,A.Avloniy va H.H.Niyoziy ijodida ta'lim-tarbiyaga oid g'oyalar



Yüklə 124,17 Kb.
səhifə12/27
tarix03.02.2023
ölçüsü124,17 Kb.
#82720
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
1,Adabiyot (Bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari

5,A.Avloniy va H.H.Niyoziy ijodida ta'lim-tarbiyaga oid g'oyalar (1889—1929)

O`zbek xalqining to`ng`ich pedagogi, shoir, adib, dramaturg, kompozitor Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889 yil 16 iyulda Qo`qon shahrida tabib oilasida tug`ildi. Hamza o`zining o`qishga bo`lgan zo`r ishtiyoqi tufayli 12 yoshidayoq to`la xat-savodli bo`lib yetishadi. 1906 yilda madrasaga kirib o`qiy boshlaydi, Biroq, madrasa ta`limi Hamzani qanoatlantirmaydi. Shunga ko`ra u mustaqil suratda Lutfiy, Alisher Navoiy, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat asarlarini o`qib o`rganadi.


Hamza turmushda ko`p qiyinchiliklarga duch keladi, ilm-fanga havasi zo`r bo`lsa-da, ko`ngildagidek o`qiy olmaydi. Bu ahvolni keyinchalik eslab, unga sabab «Ota-ona taassubi va hukumat istibdodi, faqirlik» ekanini ko`rsatib o`tadi.
1909—1910 yillarda Namangan, Toshkent shaharlarida yolg`iz, og`ir ahvolda yashadi. Shunga qaramay «Ko`kaldosh» madrasasida o`qidi. Biroq bu madrasadagi ta`lim uni qanoatlantirmaganligi, iqtisodiy qiyinchiliklar sababli Hamza o`qishdan ketishga majbur bo`ldi. U o`sha og`ir ahvolni tasvirlab yozgan xotira xatida shunday deydi:

Hamisha yaxshi yurdim, bovujud otim yomon bo`ldi,


Shakardek so`zlarim ota-onamga bir tikon bo`ldi,
Kechib farzandidan, dushmanlarga mehribon bo`ldi,
Boshimda ota-onam, men yurarman darbadarlikda,
Yuray bir yo`la endi kim qator bepadarlikda.

Hamza yozuvchilik ishiga 1905 yildan, 16 yoshidan boshlab kirishgan. Uning shaxsiy arxivida saqlangan materiallar orasida 1905—1914 yillar mobaynida yozilgan 214 she`rining ro`yxati bor. Hamzaning «Devon»iga 214 she`rdan 197 tasi kiritilgan.


Hamza 1911 yili Qo`qonning Hojibek guzarida maktab ochib, yetim va kambag`al bolalarni o`qitadi, o`quvchilar uchun «Yengil adabiyot», «O`qish kitobi» o`quv qo`llanmalarini yaratadi. Maktabda o`qish-o`qitish ishlariga ba`zi bir o`zgarishlar kiritib, quruq yod olish uslubini yo`qotishga harakat qildi. O`quvchilarni urish va so`kishni taqiqladi, sinfdan tashqari tarbiyaviy mashg`ulotlarga ko`p e`tibor berdi, ona tili darsiga alohida ahamiyat bilan qarab, mashg`ulotlarga ko`proq vaqt ajratdi.
H.H.Niyoziy 20 yillik o`qituvchilik faoliyati davomida yoshlar tarbiyasi masalasida amaliy va nazariy jihatdan muhim g`oyalarni olg`a surdi.
Hamzaning ijodiyoti, o`qituvchilik faoliyati chor hukumati amaldorlarini tashvishga soladi. Ular Hamza maktabini «Xavfli, bolalarni buzuvchi, din va ma`rifatdan ozdiruvchi maktab», deb qoralab yopib o`zini ta`qib etadilar.
Hamza 1913 yil fevralda chet ellarga ketadi: Afg`oniston, Hindiston, Makka, Madina, Shom (Suriya), Bayrut, Istambul, Odessa shaharlarida bo`lib, 1914 yil boshlarida Qo`qonga qaytadi. 1915 yili Marg`ilonda maktab ochadi, muallimlar tayyorlaydigan kurs tashkil etadi.
Hàìçà ìàúðèôàòíè êåíã õàëq îììàñèãà òàðqàòèø òàðàôäîðè ýäè. Êàìáàg`àë áîëàëàðèíèíã o`qèøèíè äîèìèé òàúìèíëàø íèÿòèäà óëàðãà ìîääèé yoðäàì áåðèøiíi maqsad qilib “Yordam jamiyati” tuzdi.
“Yordam jamiyati” o`qituvchilarning o`zaro yiqqan mablag`lari asosida faoliyatini boshladi-yu, lekin ko`p o`tmay podsho hukumatining qattiq ta`qibidan so`ng tarqatib yuborildi.
Hamza Hakimzoda 1915—1916 yillarda yaratgan “Oq gul”, “Qizil gul”, “Pushti gul”, “Sariq gul” kabi ashulalar to`plamlarida, “Milliy roman yoxud yangi saodat” qissasi, “Zaharli hayot” kabi drama asarlarida mehnatkash xalqni o`qishga, ilm o`rganishga da`vat etadi:
Hamza 1918 yil Farg`ona shahriga borib o`qituvchilik ishini davom ettiradi. Shuningdek, u Farg`onada teatr san`atini yaratishda katta tashabbus ko`rsatadi. Farg`onadagi yosh san`at havaskorlarini to`plab, «Sayyor dram truppa» tashkil qiladi. U shu yilning o`zidayoq, o`zining mashhur asari «Boy ila xizmatchi», «Tuhmatchilar jazosi», «Kim to`g`ri» kabi pyesalarini yozadi. Bu pyesalar Hamzaning rejissorligida sahnaga qo`yiladi va katta muvaffaqiyatga erishadi.
Hamza 1919 yilning boshlarida Qo`qondagi 1-boqimsiz bolalar uyiga mudir qilib tayinlanadi. Turk frontida o`zi tuzgan truppasi bilan qatnashadi. Hamza 1921 yilda Turk frontidan o`qituvchilikka qaytadi. Xorazmga borib ta`lim-tarbiya ishlari bilan shug`ullanadi. 1922—1924 yillarda Qoraqalpog`istonni Xo`jayli tumanidagi 1-bolalar uyining mudiri va o`qituvchisi bo`lib ishlaydi. Hamza 1925 yilning kuzida Farg`ona uyezdi maorifi ixtiyoriga yuboriladi. Bu yerda u xalq kuchi bilan yangi maktab binosi, klub, kutubxona, choyxona qurdiradi. 1926 yilda Hamzaning badiiy ijodidagi muvaffaqiyatlarini va jamoat ishidagi faoliyatini taqdirlab, «Xalq shoiri» degan faxriy unvoni beriladi va umrbod shaxsiy nafaqa tayinlandi.
Hamza bir qator asarlarida xalq maorifini demakratik asosda qayta qurish, xalq maorifi tizimini yaratish g`oyalarini olg`a suradi. Uning fikricha, «Insonni inson qatoriga qo`shish», insonni kamolatga yetkazish, insonni olijanob fazilatlarga ega qilib yetishtirish tarbiyaga bog`liqdir. Yuksak kuchga ega bo`lgan tarbiya, ilm, odob, hunar tarbiyasini o`z ichiga olgan bir butun jarayon bo`lishi kerak.
Demak, maktab yoshlarni ilmli, odobli qilib tarbiyalashi va hunarga o`rgatishi kerak, Hamza Hakimzoda hunar o`rgatishni keng ma`noda tushunadi.
Hamza Hakimzoda o`z pedagogik qarashlarida har bir inson jamiyat, tabiat va hayvonot dunyosidan xabardor bo`lishi kerakligi haqida so`zlar ekan. Buning uchun ilm-fanlarni egallash zarurligini ta`kidlaydi.
Hamza Hakimzoda aqliy tarbiya haqida so`z yuritar ekan, aqliy tarbiya orqali tabiat va jamiyat qonunlarini, tabiat hodisalarini, ular o`rtasidagi bog`liqlikni bilish kerakligini aytadi. Shoir ana shunday ma`lumotga ega bo`lgan va jamiyat, xalq farovonligi uchun xizmat qiladigan yoshlarni yetishtirishga da`vat etadi.
Hamzaning fikricha, bolalarni shunday barkamol kishi qilib yetishtirish uchun o`qituvchining o`zi chuqur bilimga ega bo`lgan, qobiliyatli va yuksak axloqiy fazilatli bo`lishi kerak.
Hamza Hakimzoda ta`lim-tarbiya haqida bildirgan fikrlarida bolalarning sog`lom bo`lishiga ham e`tibor beradi. U ayniqsa, ta`lim-tarbiyada ota-onalarning muhim o`rin tutishini ta`kidlaydi, bolaning go`zal axloqli bo`lib kamol topishi uchun oila muhitida tarbiyaning to`g`ri yo`lga qo`yilishi zarurligini aytadi. Shoirning fikricha bola — odobning boshini ota-onadan oladi, o`rganadi, bunga jiddiy e`tibor berilmasa tarbiya juda qiyin kechadi va yomon oqibatlarga olib borishi aniq ekanligini aniq-ravshan bayon etadi.
Hamza Hakimzodaning axloqiy tarbiya xususidagi qarashlarida yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash ham alohida o`rin egallaydi. Uning fikricha, yoshlardagi insonparvarlik kishilarning qadr-qimmatini anglash, uni hurmat qilish, insoniy huquqlarini himoya etish, ularga hurmat bilan muomala qilishdan iborat bo`lishi kerak.
Yoshlarni insonparvalik ruhida tarbiyalash ularda o`ziga yaqin bo`lgan kishilarga, avval ota-onasiga samimiy muhabbat tuyg`usini rivojlantirishdan boshlanishi kerak. Shu tufayli ham, shoir o`z darsliklariga kiritgan bir qator she`r va hikoyalarida bolalarni o`z ota-onalariga mehribon bo`lishga, ularni qadrlashga va hurmat qilishga chaqiradi.
Hamza Hakimzoda o`zining «Baxil», «Sahiy», «Zolim», «Rahm», «Xiyonat», «Xoin», va «Sadoqat» hikoyalarida yoshlarni sadoqatli, kishilarga mehribon va g`amxo`r qilib tarbiyalash, ularda baxillik, zolimlik, zo`ravonlik, xiyonat va xoinlikka nafrat tuyg`ularini tarbiyalash g`oyasini ilgari suradi.
«Ey bolalar, — deb yozadi «Qiroat kitobi»da Hamza, — baxil deb o`zidagi bor narsalarni muhtojlardan ayagan kishilarga aytiladi. Baxil uch qismdadir: bularning birinchisi baxil, ikkinchisi xasis, uchinchisiga ... deyilur, ular o`zlari ham yegani ko`zlari qiymay, birovga ham bermay... 40—50 yil narsa qilib, bir kunda qancha joyga ko`chirib, o`lar vaqtida 10—15 kun ilgari tilsiz, oyoqsiz qolib, nafaslari ichida o`lib keturlar. Ayrimlar borki, kamol rashklikdan jonlaridan kechib, o`zlarini o`ldirurlar».
Hamza sahiylarni ta`riflab: «Sahiylar, o`zlari halol qilib topadi. O`zlari ham yeydi, boshqalarga ham beradi. Birov iltimosini qaytarmaydi... ko`priklarni tuzatadi, beva-bechoralarga osh-non, kiyim-bosh qilib beradi. Yetim bolalarni maktablarga berib o`qitadi, ular doim umum foydasi tegadigan ishlarni qiladi. Umum foydasi uchun jonidan ham kechurlar», deydi.
Hamza Hakimzoda fikricha, bolalarni, sabr-toqatli, sabot va matonatli qilib tarbiyalash kerak. Uning fikricha: "Shitobning ziddi—dushmani — sabrdir. Sabr — chidamli, ya`ni har ishda ... oshiqmaslik ... sabrli kishilarda pushaymon va armon bo`lmas ... sabr kishilarning yuragi bo`lib, dunyodan balo kelsa-da, ko`kragiga yetmay yo`q bo`lib ketar. Sabrli kishilar har yerda izzatlik, har kim qarshisida hurmat va obro`li bo`lur. Sabrli kishilarni har kim sevar va chin ko`ngilidan do`st tutar ... agar sabrga o`zini bilib o`rgatib olgan kishi so`ngra ... og`irlik pisandiga ham kelmay qolur".
Hamza Hakimzoda o`z pedagogik faoliyatida va adabiy ijodida xotin-qizlarning ilm olishiga, jamiyat ishlarida faol ishtirok etishlariga jiddiy e`tibor berdi.
Hamza o`zining xarakter xususiyatlari bilan boshqalardan ajralib turadigan shaxs edi. U g`ayratli, jasoratli, tinib-tinchimaydigan ijodkor sifatida ko`z oldimizda gavdalanadi. Doimo nimalarnidir yaratish va tashkil qilish, nimalargadir bosh qo`shib, faollik ko`rsatish bilan band edi. U bir qarasangiz, maktab ochib mazlum bolalarni o`qitar, bir qarasangiz, truppalar tuzib, elga konsert va spektakllar ko`rsatar, yana bir qarasangiz, Turkiston fronti bo`ylab yurib, jangchilar xizmatida bo`lar, go`yo, hayot uni zarur nuqtalarga chorlar, shoir esa «Labbay», deya o`zining san`atkorlik, binobarin fuqarolik burchini ikkilanmasdan ado etardi.
Hamza Hakimzoda Shohimardonda bo`lgan vaqtida ham o`z ilg`or fikrlarini targ`ib qiladi. Ammo u bu yerda joylashgan dushmanlar tomonidan 1929 yil 18 martda fojiali halok qilinadi.
O`zbek xalqining sodiq farzandi Hamza Hakimzoda ajoyib pedagog, yozuvchi va kompozitor sifatida o`z xalqiga sidqidil bilan xizmat etdi. U mehnatkash xalqni ma`rifatli qilish, yosh avlodlarni har tomonlama bilimli qilib yetkazish yo`liga hayotini bag`ishladi.
Umuman, Hamza Hakimzoda Niyoziy respublikamizda pedagogik fikrning rivojiga salmoqli hissa qo`shgan mohir pedagog shoirdir.
6, G'afur G'ulom va Quddus Muhammadiyning hayoti va ijodi
G‘afur G‘ulom — O‘zbekistonning taniqli yozuvchisi. G‘ofur G‘ulomning she’riyati va nasrida o‘zbek xalqi tarixi o‘zining badiiy timsolini topgan. Yozuvchining ijodi rang-barang — she’rlar, qo‘shiqlar, dostonlar, qasidalar, hikoyalar, qissalar. G‘ofur G‘ulomning urushdan keyingi davrdagi ijodi o‘zbek adabiyoti rivojida beqiyos o‘rin tutgan.
G‘afur G‘ulom, shuningdek, Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, Nozim Hikmet, Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga mohirona tarjimasi bilan mashhur.
G‘afur G‘ulom 1903 yilning 10 may kuni Toshkentda, deqhonlar oilasida tug‘ilgan. Uning otasi savodxon bo‘lgan. U o‘zbek va tojik mumtoz adabiyotini o‘qigan, rus tilini bilgan, o‘zi ham she’rlar yozgan. Uning uyiga Muqimiy, Furqat, Asiriy, Xislat va boshqa shoirlar kelib turgan.
1916 yilning kuzida G‘ofur o‘qishga kiradi. Onasining vafotidan so‘ng (otasi avvalroq vafot etgan), u ishlashga majbur bo‘lgan. Ko‘plab kasblarda o‘zini sinab ko‘rgach, u nihoyat, matbaaga harf teruvchi bo‘lib ishga kiradi, so‘ngra, pedagogik kurslarda tahsil oladi. 1919 yildan 1927 yilgacha u o‘qituvchi, maktab direktori, Ma’naviyat uyushmasi ishchilari raisi bo‘lib ishlaydi, bolalar uyini tashkil etishda faol ishtirok etadi.
1923 yildan G‘.G‘ulomning adabiy faoliyati boshlanadi. She’rlar, dostonlar, ocherklar, hajviy hikoyalar va qissalari gazeta va jurnallarda chop etila boshlaydi. 1923 yil yozilgan “Feliks farzandlari” she’rida yetim bolalar haqida gapirarkan, unda yozuvchi o‘z hayotini ifodalaydi, “Maorif va o‘qituvchi” oynomasida esa “Go‘zallik qayerda” nomli ikkinchi she’ri nashr qilinali. Birin-ketin she’riy to‘plamlari bosmadan chiqadi: “Dinamo”, “Xitoy suratlari”, “Biz sizlar bilan tirikmiz”, “Jonli qo‘shiqlar”, “Sizga”, “Sovg‘a”, “Tong qo‘shig‘i”, “Qo‘qon” dostoni va boshqalar.
G‘afur G‘ulomning 30-yil boshlarida yozilgan she’rlarida yangi shakllarga burilish seziladi, bunga mumtoz rus tilini o‘rganashi ham muhim darajada ta’sir ko‘rsatgan. Bundan tashqari, sanoatning o‘sishi, Turksib temir yo‘l magistralining qurilishi kabi uning ona yurtida sodir bo‘layotgan ajoyib o‘zgarishlarni ta’riflash uchun yangi lug‘at boyligi, yangi she’riy bo‘yoqlar, yangi ohang va vazn talab etilgan.
“Dinamo” (1931), “Tirik qo‘shiqlar” (1932) — yosh shoirning yo‘nalishi yorqin namoyon bo‘lgan birinchi she’riy to‘plamlari.
Shoirning boqiy hayot, mangu ko‘k daraxt haqidagi “Qish va qor” (1929), “Non” (1931), “Toshkent” (1933), “Qutbda saylovlar” (1937), “Men - Yahudiyman” (1941), “Qish” (1941), “Xotin” (1942), “Afsuski, afsusni qo‘shib ko‘mmadi” (1945), “Bog‘” (1934), “Qayg‘u” (1942), “Kuz keldi” (1945), “Kuzgi ko‘chatlar” (1948) kabi she’rlarida umuminsoniylik, insonparvarlik mavzulari o‘z aksini topdi.
Ko‘pgina she’rlarida sharq donishmandi - ota timsoli mavjud: “Sen yetim emassan” (1942), “Qayg‘u” (1942), “Biri biriga shogird, biri biriga ustod” (1950), “Sizlarga - yoshlar” (1947), “Bahor taronalari” (1948) va boshqalar.
“Netay” (1930), “Yodgor” (1936), “Shum bola” (1936-1962) qissalari va “Shariat nayranglari” (1930), “Mening o‘g‘rigina bolam” (1965) hikoyalarida chinakam xalq qahramonlari, milliyligimiz tavsirlangan.
“Netay” qissasi — keng ijtimoiy umumlashmalarga boy ajoyib asar. Syujet asosiga haqiqiy voqea qo‘yilgan. So‘nggi Buxoro amiri Peterburgga safari chog‘i Toshkentda to‘xtaydi. Amir mamnun va xursand bo‘lishi uchun boylar hamma narsa qiladi. Uning huzuriga ermak uchun Netay ismli qizni keltirishadi.
Oddiy ishchilar timsoli yoqimli tarzda ifodalangan - urug‘lar va ularning ayollari hayotning qiyinchiliklariga qaramay, ma’nan boy va juda ta’sirchan bo’lgan Netay ismli o‘n yashar qizni boqib olishadi. Qissada G‘ofur G‘ulomning o‘ta serqirraligi va iqtidorining moslashuvchanligi va nasr texnikasidan mohirona foydalana olishi namoyon bo‘lgan.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiki G‘ofur G‘ulom “Navoiy va bizning davr” (1948), “Folklordan o‘rganaylik” (1939) tadqiqotlarini, “Jaloliddin dramasi haqida” (1945), “Muqimiy” (1941) maqolalarini yaratgan.
O‘z davrining dolzard asari yosh avlodni tarbiyalashdagi qudratli kuch haqida so‘zlovchi “Yo‘ldosh” dostoni bo‘lgan. Fuqarolik urushida yaqinlari Yo‘ldoshdan ayriladi. Boshqa yetim bo‘lib qarovsiz qolgan bolalar kabi, bu bolakayga ham davlat g‘amxo‘rlik qiladi — ular uchun boshpana bo‘lgan internatlar va bolalar uylari yaratishadi.
Bolalar uyi tarbiyalanuvchilari o‘z Vatani mustaqilligi himoyasi uchun doim tayyor turishadi. Dostonda katta mahorat va iliqlik ila Yo‘ldoshning otasi bilan uchrashuvi aks etilgan, o‘z qarziga vafoli insonlar siymosi chuqur va keng ochib berilgan. Vatan himoyachisi mavzusi G‘ofur G‘ulomning 1941 - 1945 yillardagi keyingi ijodida yanada rivojlandi va chuqurlashdi. U odamlarni “bor sabri, bor iqtidori”ni fashistlar ustidan g‘alabaga qaratishga chorlaydi. Shoir urushdan keyingi davrlardagi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida o‘zbek ayolining o‘rnini tarannum etadi.
“Ikki akt” dostonida u qishloqlarning qayta joylashuvini madh etarkan, o‘zbek dehqonchiligi va ularning kelajak orzu tuyg‘ularini ifodalaydi. Doston o‘zining chinakan hayot haqiqatiga sadoqati bilan kuchlidir. Bu yerda o‘zbek dehqonchiligining tarixiy ishonchli surati chizilgan. Ushbu mavzu “Qo‘qon” dostonida ham yangraydi. O‘z vaqtida u xalqda ommabop bo‘lgan va qishloq xo‘jaligini mustahkamlash kurashida targ‘ibot vazifasini bajargan.
G‘ofur G‘ulom qisqa, o‘tkir syujetli hikoyalar ustasi sifatida ham taniqli bo‘lib, hikoya uslubi o‘rnida u yozuvchining savol-javoblari bilan to‘ldirilgan jonli do‘stona bahs-munozara shaklida, mualliflik nutqi va kitobxonga erkin yuzlanish orqali foydalanadi. G‘ofur G‘ulom tomonidan 30-yillarda yaratilgan ko‘plab nasriy asarlar yangi insoniy munosabatlarga bag‘ishlangan. U asarlarida yoritgan asosiy muammo va yechimlar - bu insonning axloqiy tarbiyasi, uning ma’naviy va madaniy rivoji sari kurashdir. Muallif o‘zining nasriy asarlarida yorqin ijobiy timsollar yaratadi. “Yodgor” qissasidagi katta qalb egasi bo‘lmish ijobiy qahramon Jo‘ra begonaning farzandini tarbiyalaydi. Aynan oddiy insonning begona bolaga bo‘lgan munosabati orqali muallif Jo‘raning yuqori axloqiy darajasini ko‘rsatib bergan.

XX asr oʻzbek bolalar adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Quddus Muhammadiy 1907 yili Toshkentda dehqon oilasida dunyoga keldi. Oʻrta maktabdan keyin qishloq xoʻjaligi bilim yurtida, soʻng Oʻrta Osiyo Davlat universitetining biologiya fakultetida tahsil oldi.


Quddus Muhammadiy ijodi 30-yillardan boshlangan boʻlib, ilk asarlari “Sharq haqiqati” gazetasi va “Yer yuzi” jurnalida chop etiladi. Uning 1936–1937 yillarda yaratilgan “Sandal va pechka”, “Oʻz-oʻzini tanqid” kabi dostonlarida odamlar feʼl-atvoridagi, xususan, bolalar xarakteridagi ayrim nuqsonlar begʻaraz hajv qilinadi.
Quddus Muhammadiy 1941–1944 yillarda mashhur baxshi Islom shoirga kotiblik qilib, uning terma va dostonlarini yozib olish bilan mashgʻul boʻldi. Urushdan keyingi yillarda birinchi sheʼriy toʻplami “Sinov” (1947) nomi bilan nashr etildi. Shundan soʻng, “Oʻquvchiga esdalik” (1947), “Sheʼr va ertaklar” (1947), “Orzu” (1948), “Bahor keldi” (1950), “Dunyoda eng kuchli nima?” (1951), “Qirq oʻgʻil va qiz” (1951), “Bizning doʻstlarimiz” (1952), “Sen tugʻilgan kun” (1952), “Yangi uy” (1953), “Mehribon doʻstlar” (1953), “Qoʻngʻizboy bilan Sichqonboy” (1955), “Tugmacha” (1956), “Tanlangan asarlar” (1957) kabi oʻttizdan ortiq kitoblari bosilib chiqdi. Toʻrt jilddan iborat “Tabiat alifbosi” kitobi, ayniqsa, “Ochil dasturxon” (1970) kabi xalq ogʻzaki ijodi anʼanalari ruhidagi asarlari adibga katta shuhrat keltirdi. “Qanotli doʻstlar” nomli sheʼriy kitobi 1970 yilda Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻldi. 1977 yilda Quddus Muhammadiy “Oʻzbekiston xalq shoiri” unvoni bilan taqdirlandi.
Quddus Muhammadiy mohir tarjimon sifatida ham mashhurdir. Uning S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto, K. Chukovskiydan qilgan tarjimalari oʻzbek bolalar adabiyotining ravnaqida muhim rol oʻynadi. Q. Muhammadiy hamisha bolalar kelajagi, ularning maʼnaviy kamoloti haqida qaygʻurdi. Ularning oʻqimishli, ishbilarmon va yetuk mutaxassislar boʻlishini orzu qildi va bunday deb yozdi:



Yüklə 124,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin