210-modda. Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, maxsus davolash-oldini olish yoki maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaxslarga taqiqlangan narsalarni berish



Yüklə 223,02 Kb.
səhifə5/27
tarix07.01.2024
ölçüsü223,02 Kb.
#206915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
mjtk 210

10-modda. Tergov hibsxonalari
Tergov hibsxonalari qamoqqa olinganlarni qamoqda saqlash uchun mo‘ljallangandir.
Qonunda belgilangan hollarda hamda tartibda tergov hibsxonalarida ushlab turilganlar va mahkumlar ham saqlanishi mumkin.
Tergov hibsxonalari yuridik shaxslardir.
Tergov hibsxonalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 175-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalari (ro‘yxat raqami 2456, 13.05.2013-y.).
11-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni saqlash uchun gauptvaxtalardan foydalanish
Ushlab turilgan va qamoqqa olingan harbiy xizmatchilar gauptvaxtalarda qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida garnizon va qorovullik xizmatini tashkil etish hamda o‘tash tartibini belgilovchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartib va shart-sharoitlarda saqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 228, 244-moddalari.
Qamoqqa olingan harbiy xizmatchilar gauptvaxtalarda ko‘pi bilan yigirma sutka, olis joylarda esa qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining butun amal qilish muddati mobaynida saqlanishi mumkin. Harbiy xizmatchining gauptvaxtada saqlash muddati harbiy sudlar tomonidan ishning sudda ko‘rib chiqilishi vaqtiga, lekin ko‘pi bilan o‘n besh sutkaga uzaytirilishi mumkin. Intizomiy qismga yuborishga hukm qilingan harbiy xizmatchilar sudning hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar gauptvaxtalarda saqlanishi mumkin.
12-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni saqlash uchun tibbiy muassasalardan foydalanish
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yoki psixiatriya yordami ko‘rsatilgan taqdirda, shuningdek qamoqqa olinganlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha statsionar sud-tibbiy yoki sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlangan taqdirda, ular qonunchilikka muvofiq davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga joylashtiriladi.

Yüklə 223,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin