210-modda. Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, maxsus davolash-oldini olish yoki maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaxslarga taqiqlangan narsalarni berish


-modda. Qamoqda saqlash joylarida rejimni ta’minlash



Yüklə 223,02 Kb.
səhifə7/27
tarix07.01.2024
ölçüsü223,02 Kb.
#206915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
mjtk 210

15-modda. Qamoqda saqlash joylarida rejimni ta’minlash
Qamoqda saqlash joylarida ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ro‘yobga chiqarilishini, o‘z majburiyatlarini bajarishini, ularning ajratib qo‘yilishini, alohida-alohida joylashtirilishini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan boshqa vazifalar bajarilishini ta’minlaydigan rejim o‘rnatiladi.
Qamoqda saqlash joylarida rejimni ta’minlash qamoqda saqlash joylarining ma’muriyati, shuningdek xodimlari zimmasiga yuklatiladi, ular o‘z xizmat vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
16-modda. Qamoqda saqlash joylaridagi ichki tartib
Qamoqda saqlash joylarida rejimni ta’minlash maqsadida tegishincha O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi yoki O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri tomonidan qamoqda saqlash joylaridagi ichki tartib qoidalari (bundan buyon matnda ichki tartib qoidalari deb yuritiladi) tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 175-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalari (ro‘yxat raqami 2456, 13.05.2013-y.).
LexUZ sharhi
Xususan, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalari (ro‘yxat raqami 2456, 13.05.2013-y.).
Ichki tartib qoidalarida:
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni qabul qilish hamda kameralarga joylashtirish;
qamoqda saqlash joylari hududiga kirishda va undan chiqishda shaxslarning ashyolari, kiyim-boshlari va poyabzallarini ko‘zdan kechirishdan o‘tkazish, shuningdek kirayotgan hamda chiqib ketayotgan transport vositalarini ko‘zdan kechirish, taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalarni olib qo‘yish;
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni shaxsiy tintuvdan o‘tkazish, barmoq izlarini olish, fotosuratga olish, shuningdek ularning ashyolarini hamda ular saqlanayotgan xonalarni ko‘zdan kechirish;
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlardan saqlash, tarqatish, iste’mol qilish hamda foydalanish taqiqlangan pullar, qimmatli qog‘ozlarni hamda boshqa qimmatliklarni, oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalarni olib qo‘yish, shuningdek ularni saqlash;
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning moddiy-maishiy ta’minoti;
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning tibbiy-sanitariya ta’minoti;
qamoqqa olinganlarning oziq-ovqat mahsulotlari, eng zarur narsalar, darsliklar, qog‘oz va kanselyariya ashyolarini sotib olishi;
posilkalar, yo‘qlovlar, banderollarni qabul qilish hamda ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga berish;
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning xat-xabarlarni olishi va jo‘natishi;
qamoqqa olinganlarning pul jo‘natmalari olishi;
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning har kungi sayrlarini o‘tkazish;
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning ushbu Qonunning 22-moddasida sanab o‘tilgan shaxslar bilan uchrashuvlarini o‘tkazish, shuningdek qamoqqa olinganning telefon orqali limitlangan so‘zlashuv huquqini amalga oshirish;
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning diniy rasm-rusumlarni ado etishi;
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning fuqarolik-huquqiy bitimlarda ishtirok etishi;
qamoqqa olinganlarning oilaviy munosabatlarda ishtirok etishi;
qamoqqa olinganlarni mehnatga jalb etish;
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning arizalar, takliflar va shikoyatlar yuborishi;
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning qamoqda saqlash joyining boshlig‘i va u vakolat bergan shaxslar tomonidan shaxsan qabul qilinishi;
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning tergov harakatlari va sud majlislarida ishtirok etishini ta’minlash;
qamoqda saqlash joylarida vafot etgan ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning jasadlarini berish;
ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni qamoqdan ozod qilish tartibi belgilanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan normalardan tashqari, ichki tartib qoidalarida ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning qamoqda saqlash joylaridagi xulq-atvor qoidalari, tegishincha ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning yonida bo‘lishi, saqlashi, posilkalar, yo‘qlovlar, banderollarda olishi hamda naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha sotib olishi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining, eng zarur narsalarning ro‘yxati va miqdori belgilanadi.

Yüklə 223,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin