210-modda. Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, maxsus davolash-oldini olish yoki maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaxslarga taqiqlangan narsalarni berish


-modda. Qamoqda saqlash joylarining xodimlari



Yüklə 223,02 Kb.
səhifə8/27
tarix07.01.2024
ölçüsü223,02 Kb.
#206915
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
mjtk 210

17-modda. Qamoqda saqlash joylarining xodimlari
Qamoqda saqlash joylarining xodimlari jumlasiga qamoqda saqlash joylarida rejimni ta’minlash majburiyatini bajarayotgan ichki ishlar organlarining oddiy askarlari, serjantlari va ofitserlari tarkibidagi shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari kiradi.
Qamoqda saqlash joylarida rejimni ta’minlash majburiyatini bajarayotgan davrda dengiz va daryo kemalarining kapitanlari, shuningdek ular vakolat bergan shaxslar qamoqda saqlash joylarining xodimlari uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajaradi hamda huquqlardan foydalanadi.
3-bob. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning huquqlari, shuningdek bu huquqlarni ta’minlash kafolatlari
18-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning huquqlari
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari, qamoqda saqlash joylaridagi rejim, xulq-atvor qoidalari, arizalar, takliflar va shikoyatlarni yuborish tartibi to‘g‘risida axborot olish;
qamoqda saqlash joyining boshlig‘iga yoki u vakolat bergan shaxsga, shuningdek qamoqda saqlash joylarini nazorat qiluvchi yoki tekshiruvchi mansabdor shaxslarga shaxsan qabul qilish to‘g‘risida iltimos bilan murojaat etish;
o‘zlarining saqlab turilishi qonuniyligi va asosliligi hamda o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risidagi masala yuzasidan shaxsan yoki himoyachi yoxud qonuniy vakil orqali arizalar va shikoyatlar bilan murojaat etish;
yozishmalar olib borish, o‘z tasarrufida qog‘oz va kanselyariya ashyolari bo‘lishi;
shaxsiy xavfsizlik;
himoyachisi, qonuniy vakili, qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashish;
jinoyat ishiga daxldor yoki o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish masalalariga taalluqli hujjatlarni hamda yozuvlarni o‘zida saqlash, bundan g‘ayrihuquqiy maqsadlarda foydalanilishi mumkin bo‘lgan yoxud davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar va yozuvlar mustasno;
bepul ovqat, moddiy-maishiy va tibbiy-sanitariya ta’minoti olish, shu jumladan o‘zlarining tergov harakatlari va sud majlislarida ishtirok etishi davrida olish;
belgilangan tartibda dori vositalarini olish va saqlash;
posilkalar, yo‘qlovlar, banderollar olish;
tungi vaqtda sakkiz soat uxlash, bu vaqtda ularni protsessual va boshqa harakatlarda ishtirok etishga jalb etish taqiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
kamida bir soat davom etadigan har kungi sayr etish;
shaxsiy kiyim-boshi, poyabzali va boshqa ashyolaridan, shuningdek ro‘yxati va miqdori ichki tartib qoidalarida belgilanadigan oziq-ovqat mahsulotlaridan, eng zarur narsalardan foydalanish;
qamoqda saqlash joyi kutubxonasidagi qonunchilik hujjatlari, adabiyotlar va davriy matbuot nashrlaridan foydalanish hamda mustaqil ta’lim olish bilan shug‘ullanish;
agar bu ichki tartib qoidalarini, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasa, qamoqda saqlash joyi xonalarida diniy rasm-rusumlarni ado etish, qamoqda saqlash joyi kutubxonasidagi diniy adabiyotlardan foydalanish, diniy ibodat narsalaridan foydalanish;
qamoqda saqlash joylari xodimlarining xushmuomalada bo‘lishi;
fuqarolik-huquqiy bitimlarda ishtirok etish.
Ushlab turilgan va qamoqqa olingan ayollar ikki yoshga to‘lmagan bolalari o‘z yonida bo‘lishiga haqlidir.
Qamoqqa olinganlar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqlardan tashqari quyidagi huquqlarga ham ega:
pul jo‘natmalarini olish;
qamoqda saqlash joyi ma’muriyati orqali oziq-ovqat mahsulotlari, eng zarur narsalar, darsliklar, qog‘oz va kanselyariya ashyolarini sotib olish;
qamoqda saqlash joyi kutubxonasidagi stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlardan foydalanish;
zarurat bo‘lganda, qamoqda saqlash joyi ma’muriyatidan kiyishga ruxsat etilgan kiyim-bosh va poyabzal olish;
oilaviy munosabatlarda ishtirok etish.
Qamoqqa olinganlarga tegishli sharoitlar bo‘lgan taqdirda, mehnat qilish imkoniyati beriladi.
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar ushbu Qonunda belgilangan huquqlardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida gumon qilinuvchi va ayblanuvchi uchun nazarda tutilgan huquqlarga ega bo‘ladi.
Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan mahkumlar boshqa jinoyat ishi yuritilishi munosabati bilan ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksida ular jazoni o‘tayotgan jazoni ijro etish muassasasining rejim turi uchun belgilangan qoidalarga muvofiq posilkalar, yo‘qlovlar, banderollar olishga, oziq-ovqat mahsulotlarini, eng zarur narsalarni sotib olishga haqlidir.

Yüklə 223,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin