210-modda. Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, maxsus davolash-oldini olish yoki maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaxslarga taqiqlangan narsalarni berish


-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni saqlash uchun jazoni ijro etish muassasalaridan foydalanish



Yüklə 223,02 Kb.
səhifə6/27
tarix07.01.2024
ölçüsü223,02 Kb.
#206915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
mjtk 210

13-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni saqlash uchun jazoni ijro etish muassasalaridan foydalanish
Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan, boshqa jinoyatni sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan mahkumlar shu muassasalarda, lekin jazoni o‘tayotgan mahkumlardan ajratilgan holda vaqtincha saqlanishi mumkin. Ushbu maqsadda jazoni ijro etish muassasalarida ushlab turilganlar uchun maxsus kameralar jihozlanadi. Ushlab turilganlarni jazoni ijro etish muassasalarining karserlari va intizomiy hibsxonalarida saqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan, boshqa jinoyat ishi yuritilishi munosabati bilan o‘ziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan mahkumlar jazoni ijro etish muassasalaridagi ushbu maqsadlar uchun maxsus jihozlangan, tergov hibsxonalari rejimida ishlaydigan xonalarda saqlanishi mumkin. Qamoqqa olinganlarni jazoni ijro etish muassasalarida saqlash shart-sharoitlari qamoqqa olinganlarni tergov hibsxonalarida saqlash shart-sharoitlaridan farq qilmasligi kerak.
14-modda. Tergov hibsxonalaridan vaqtincha saqlash hibsxonalariga, jazoni ijro etish muassasalaridan tergov hibsxonalariga o‘tkazish
Tergov harakatlarini bajarish yoki jinoyat ishlarini tergov hibsxonalari joylashgan aholi punktlari hududidan tashqarida sudda ko‘rib chiqish zarur bo‘lgan hollarda, qamoqqa olinganlarni mazkur harakatlarni amalga oshirish va sud majlislarini o‘tkazish uchun har kuni olib borish imkoniyati bo‘lmaganda ular tergov hibsxonalaridan vaqtincha saqlash hibsxonalariga o‘tkazilishi, lekin bir oy mobaynida ko‘pi bilan o‘n sutkaga o‘tkazilishi mumkin. Bunday o‘tkazish uchun qamoqqa olinganni boshqa erga ko‘chirish to‘g‘risidagi tergovchining, prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi asos bo‘ladi.
Basharti mahkum boshqa jinoyat ishi bo‘yicha guvoh yoki jabrlanuvchi bo‘lsa, u sud hukmi qonuniy kuchga kirganidan keyin jazoni ijro etish muassasasidan tergov hibsxonasiga o‘tkazilishi yoki tergov hibsxonasida qoldirilishi mumkin. Bu holda mahkum: Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining, shuningdek ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan uch oygacha muddatga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari roziligi bilan olti oygacha muddatga, sudning ajrimiga ko‘ra esa ish sudda ko‘rib chiqilishi vaqtiga tergov hibsxonasida saqlanishi mumkin.
Boshqa tumanda (shaharda) turgan mahkum boshqa erga ko‘chirish to‘g‘risidagi tergovchining prokuror bilan kelishilgan qaroriga, shuningdek prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga muvofiq boshqa erga o‘tkaziladi. Mahkumni boshqa erga ko‘chirishni ijro etish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus bo‘linmalari zimmasiga yuklanadi.

Yüklə 223,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin