4-mavzu ona tili punktuatsiyasining asosiy tamoyillari



Yüklə 385,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix10.11.2022
ölçüsü385,02 Kb.
#68311
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-kurs 4-ma\'ruza



4-MAVZU 
1. Ona tili punktuatsiyasining asosiy tamoyillari (mantiqiy-grammatik 
tamoyil, uslubiy tamoyil, differensiatsiya tamoyili) 
Reja: 
1. 
Punktuatsiya haqida umumiy ma‘lumot. 
2. 
O’zbek punktuatsiyasining kelib chiqishi. 
3. 
Tinish belgilarining 
amaliy ahamiyati. 
4. 
Punktuatsiyaning tilshunoslikning sohalari bilan aloqasi. 
5. 
O’zbek punktuatsiyasining asos va tamoyillari. 
6. 
Tinish belgilarining badiiy adabiyotdagi vazifasi 
1. Tayanch so‘z va iboralar: 
 
Punktuatsiya lotincha p u n k t u m so’zidan olingan bo’lib, ―nuqta‖, 
―o’rin‖, ―joy‖ tushunchalarini ifodalaydi. 
Sistema - har biri alohida mustaqil (avtonom)bo’lgan murakkab mexanizmlar 
(fonemalar tizimi, 
morfemalar tizimi, leksik 
birliklar tizimi, sintaktik 
konstruktsiyalar tizimi) o’rtasidagi aloqadorlikdan tarkib topgan makrotizim. 
Struktura - bir butun tizim (makrotizim) tarkibidagi mikrotizimlar, ular 
o’rtasidagi aloqalar mexanizmi. 
Tinish belgilari - muayyan 
tilda
 yozma 
nutqni
 to‘g‘ri, ifodali, 
mantiqli
 bayon 
qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlari (
ran bo‘laklari
)ning o‘zaro 
mantiqiygrammatik munosabatlarini ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan muhim 
grafik vositalar. Tinish belgilari markaziy, asosiy belgilar tizimiga (
harflar
 va Tinish 
belgilari) mansub bo‘lib, u qo‘shimcha, yordamchi belgilar tizimidan (
raqamlar

turli 
fanlarga 
oid 
ilmiy 
belgilar, 
bosmaxona 
belgilari) maʼlum jihatlari bilan farq 
qiladi. Tinish belgilari ning 
yozuvda 
qo‘llanishi o‘ziga xos tizimga ega. Bu tizim — 
Tinish belgilari miqdori, qo‘yilish tartibi va qo‘llanish prinsiplari yig‘indisi — 
punktuatsiyanp 
vujudga keltiradi. Bular yozuvning boshqa vositalari (harflar, 


raqamlar, 
diakritik belgilar
) xamda til birliklari (
so‘zlar

morfemalar
) bilan 
ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan turlicha fikriy munosabatlar va psixologik holatlarni 
ifodalashda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yozma nutqning tushunilishini 
osonlashtiradi. Tinish belgilari ning asosiy vazifasi nutqning mazmuniy bo‘linishini 
ko‘rsatish, shuningdek, uning 
sintaktik 
tuzilishi va 
intonatsion 
jihatini aniqlashga 
yordam berishdir. 
Hozirgi 
o‘zbek yozuvida
Tinish belgilari soni 10 ta: 
nuqta

so‘roq belgisi

undov belgisi

vergul

qavs

tire

ko‘p nuqta

nuqtali vergul
, qavs, 
qo‘shtirnoq

Ularning aksariyati 
19-asr
2yarmida ayrim gaz. va toshbosma kitoblarning nashr 
etilishi bilan paydo bo‘lgan. 
Tinish belgilari o‘z vazifasiga ko‘ra, 2 ga bo‘linadi: a) chegaralovchi Tinish 
belgilari — muayyan sintaktik tuzilmaning yoki umuman 
gapning
chegarasini 
bildirish, bironbir gap bo‘lagini intonatsionmazmuniy jihatdan ajratib ko‘rsatish, 
nutq qaratilgan 
shaxs
yoki 
predmet
 
nomi
qamrab olingan, shuningdek, yozuvchi 
(so‘zlovchi)ning subʼyektiv munosabati ifodalangan sintaktik tuzilma chegarasini 
ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchi T.6.: qavs, qo‘shtirnoq, yagona qo‘shaloq belgi 
sifatida qo‘llanuvchi vergul, ayni shu vazifadagi tire; b) ajratuvchi
Tinish belgilari — mustaqil gaplarni, ularning qismlari (bosh va 
ergash 
gaplar
, bog‘langan va
bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning predikativ
qismlari)ni, 
gapning
uyushgan bo‘laklarini
, birgalik
ergashishli
qo‘shma gagsharni, gapning 
ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini, nutqning bo‘linganligini ko‘rsatuvchi T.6.: nuqta, 
so‘roq va undov belgilari, vergul, nuqtali vergul,
 ikki nuqta
, tire, ko‘p nuqta. Baʼzi 
Tinish belgilari ham chegaralash, ham ajratish vazifalarini namoyon eta oladi. Tinish 
belgilari tuzilish jiqatdan ham 2 ga bo‘linadi: a) bir elementli Tinish belgilari — 
vergul, tire, nuqta; b) ko‘p elementli Tinish belgilari Bu guruh, o‘z navbatida, 2 
elementli (surok, va undov belgilari, ikki nuqta, nuqtali vergul, qavs), 3 elementli 
(ko‘p nuqta) va 4 elementli (qo‘shtirnoq) Tinish belgilari ga ajraladi. Qo‘llanish 
o‘rniga ko‘ra, Tinish belgilari 3 guruhga bo‘linadi: gap oxirida qo‘llanadigan Tinish 
belgilari (nuqta, so‘roq va undov belgilari), gap o‘rtasida qo‘lanadigan Tinish 


belgilari (vergul) va aralash, yaʼni gapning turli o‘rinlarida qo‘llaniladigan Tinish 
belgilari (tire, ikki nuqta, qo‘shtirnoq, qavs, kup nuqta). 
Tinish belgilari ning qo‘llanish usuli va tartibi punktuatsiyaning 
mantiqiygrammatik, 
uslubiy
va 
differensiatsiya
(farqlash) prinsiplari asosida 
belgilanadi. 

Yüklə 385,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin