Ko‘r hassada axtarar… nurni.
Darhaqiqat, ko’zi ojiz odam hassasi orqali o’ziga yo’l qidiradi, uning
ko’rligini bilmagan kishi esa hassaning harakatidan o’ziga xos xulosa chiqarishi
mumkin. Bu, avvalo, hassaning harakatida ko’rinadi. Chunki hassa, aynan ko’zi
ochiqlar uchun nur bajargan vazifani bajarmoqda. Buni tushunish uchun esa fikrlar
oqimi va tuyg’ular dinamikasida bir oz to’xtash, avvalgi voqelikni tahlil qilish
imkoni bo’lishi kerak. Ko’p nuqta bu yerda dastlab she‘rni ikkiga ajratyapti. Pauza
va ma‘nolar harakatning o’ziga xos oqimini ham ta‘minlayapti. Uning ostiga bir
necha hayotga teng mazmun singdirilgan.
Ko’p nuqtani satr o’rtasida qo’llaganda, shoir, avalo, poetik pauza va uning
badiiy-estetik funksiyasiga tayanadi. Chunki, so’zsiz ifoda, mantiqiy pauza orqali
katta poetik g’oya, poetik usul yuzaga chiqishi mumkin.
Masalan, ―Ko’maklashding… rahmat… ket endi‖ she‘rida ko’p nuqta aynan
mantiqiy pauza bo’lib, tomonlarning o’zaro munosabati va niyatining amalga
oshishida muhim o’rin tutgan. ―Ko’maklashding‖ so’zidan keyin kelgan ko’p
nuqta lirik qahramonning o’zi murojaat qilayotgan odamga nisbatan o’ta kuchli,
keskin tuyg’ulari borligini, ular bir-biriga yordam beradi-yu, ammo birga
bo’lolmasligini anglatyapti. Keyingi o’rinda esa so’zlovchining irodasi kuchli
ekanligini ko’rsatishda eng nozik nuqtani ko’rsatish, ya‘ni, oldidagi odam ketishini
xohlamasa-da, ketishi kerakligini ifodalashga xizmat qilyapti. Bunda, ikkala
tomonning kechinmasi emas, ketishi muhim ekanligiga urg’u berilgan. Demak, bu
yerda psixologik holatni tasvirlash uchun ham ko’p nuqta ishlatilgan.
Anvar Obidjon o’z she‘rlarida ko’p nuqtani uning an‘anaviy vazifasi – fikrlar
davomiyligini ifodalash uchun ham ishlatgan.
Yirtiq paypoq nafaqa kutar…
Bu yerda ko’p nuqta kinoya usuli orqali aytilgan fikrning davomini ochib
bermoqda. Matn tarkibida esa majoz ham mavjud. Undagi paypoq, konkret shaxs
obrazi bo’lishi haqiqatga yaqinroq. Uning yirtiq epiteti bilan sifatlanganida ham
uning uzoq yillar ishlab, o’zining bor imkoniyatlarini ishga solgani va oxiri chorasiz
qolgani va aynan shu davrda nafaqa, ya‘ni, yordam kutishi shart va tabiiyligi
ko’rsatilgan. Lekin bu oddiy holni anglash uchun uni majoziy obraz va kinoyaviy
usulda berilishida turli ma‘no bor.
Tinish belgilarining ishlatilishidagi olima R. Jo’rayevaning: ―ko’p nuqta so’z
san‘atining muhim xususiyati so’zning yangi, ochilmagan ma‘naviy qirralarini
topish va uni muhrlash hamda bu ijodiy topilma o’quvchini qamrab olishida
ko’rinadi‖, degan fikrida ham ko’zga tashlanadi. Olima o’z monografiyasida,
ijodkorlarning tinish belgilarini bir yoki qo’shaloq qo’llashi natijasida o’ziga xos
ma‘no ottenkalarini va turli darajadagi hissiy munosabatlarni yuzaga chiqarishini
ta‘kidlaydi. Garchi, olima o’z fikrlarini rus she‘riyati misolida isbotlasa-da, ammo,
bu hodisa barcha xalqlar, jumladan, o’zbek she‘riyatiga ham xosdir. Buni Anvar
Obidjonning ignabarga she‘rlarida tire, ko’p nuqta, so’roq, undov belgilaridan
hamda ularning oxirgi ikkitasini qo’shaloq qo’llash natijasida, she‘rning
mazmunidagi serqirralikka, yangi hissiy ta‘sirga olib chiqilganida ham ko’rishimiz
mumkin.
To’g’ri, shoir ignabarg she‘rlarida o’xshatish, istiora, jonlantirish kabi
san‘atlar, ko’chimlarning metafora, metonimiya, epitet, kinoya, majoz, perifraza,
litota, sinekdoxa, qiyoslash kabi turlaridan inson badiiy tafakkurining birinchi
darajali shakli, obraz yaratish vositasi, assotsiatsiya hosil qilish, badiiy-estetik
funksiyani bajaruvchi sifatida foydalanadi. Ayniqsa, obraz = metafora + simvol +
mif formulasining bir oz qayta ishlangan; obraz = til + metafora + metonimiya +
punktuatsiya; obraz = til + metonimiya + punktuatsiya variantlaridan unumli
foydalangan. She‘r, qayd etilgan formulasiga asosan, tinish belgilariga alohida va
o’ziga xos poetik vazifa ham yuklaydi. Tinish belgilarining xarakterli ekanligini
ham isbotlaydi. Masalan:
– Hayf senlarga sevgim va o‘zim!
Bu o’rinda, tire she‘r dialogining bir qismi va unda ikkinchi tomon borligini
bildiryapti. Ikkinchidan, so’zlovchining gapi muhim ekanligini ko’rsatish uchun
keltirilgan. ― – Ona… ona… Juda tanish nom…‖; ― – Elga bering… to’yimdan
ortsa‖ kabi she‘rlarda ham tire shu ma‘nolarda ishlatilgan.
Anvar Obidjon she‘rlarida tire, ikki nuqta kabi ishoratlarning ko’plab
qo’llanishi, shoirning‖… badiiy nutq tiplari va shakllaridan unumli
foydalangan…‖ligini ko’rsatadi. Chunki, adabiyotshunos olim Yo’ldosh Solijonov
qayd etganidek, ―…asar leksik, semantik, stilistik, fonetik va sintaktik jihatdan
nihoyatda rang-barang ko’rinishlarga ega‖ bo’lsagina, badiiy puxta va mukammallik
kasb etadi. Buni quyidagi she‘r misolida ko’rish mumkin. Unda shoir tirega
badiyatni ifodalash vazifasini yuklagan:
Och – yig‘lar, to‘q – tinglar qilpillab.
Och va yig’lar, to’q va tinglar so’zlari o’zaro zidlik, kutilmagan voqea-
hodisani ifodalash, obrazlarni konkret sharoitga olib chiqish, badiiy-estetik
munosabatga kirishish va ega vazifasidagi so’z hamda u anlatgan obrazga e‘tibor
berish uchun tire ishlatilgan. ―Qilpillab‖ so’zi esa obrazlarning majoziy
xususiyatlarini ochib bergan. Demak, tire mazmunni ochishda asosiy vazifani
bajargan.
Anvar Obidjon ignabarg she‘rlarida o’ttiz bir o’rinda undov, olti joyda so’roq
belgisidan foydalangan. Bundan tashqari undovni ikki marta takror qo’llagan, so’roq
va undovni besh marta aralash ishlatgan. Bu esa she‘rlardagi hissiy ekspressivlikni
va lirik qahramon hayratini ifodalash hamda o’quvchiga ham ta‘sir o’tkazishni
ta‘minlashda asosiy vosita hisoblanadi. Masalan, ―Ko’m-ko’k dala! Sap-sariq
odam!‖ she‘rida g’oya metonimik asosda yuzaga chiqqan. Lekin uning ostidagi
fojianing hissiy ta‘siri undov belgisi va uning ohangi yordamida paydo bo’ladi.
―Shoir, jarning yoqasida yur!‖ she‘rida esa undov badiiy murojaatni kuchaytirib
beruvchi vosita sifatida ishlatilgan. Bu orqali, mazmundagi asosiy g’oyaga, uni
qabul qiluvchiga ta‘sir ko’rsatish maqsad qilingan. Shoir ushbu she‘rda matndan
tashqaridagi elementlar borligini ham ko’rsatyapti.
Yuqoridagi kuzatuvlardan kelib chiqqan holda, shoirning ignabarg
she‘rlaridagi tinish belgilarini mazmun va asosiy g’oyani ochishdagi o’rniga qarab,
quyidagicha turlarga ajratish mumkin:
She‘rdagi ko’p nuqtalar mantiqiy pauza, psixologik holat, lirik kechinma
ifodasi bo’lib, yangi poetik g’oya yuklash, badiiy niyatni va ta‘sirchanlikni
oshirishda muhim ahamiyatga ega;
Metaforik asosda ishlatilib, ramziylik kasb etadi, o’zi ham xarakterlanadi va
obrazlarni xarakterlash, his-tuyg’uni ifodalash xususiyatiga ega;
Personaj nutqini ajratish, badiiy murojaatni ko’rsatish, matndan tashqaridagi
elementlarni ham ko’rsatish maqsadida ishlatiladi;
Tinish belgilarini ishlatish shoirning individual uslubi ironik kayfiyatining
yuzaga chiqishiga ham yordam beradi.
Anvar Obidjon ignabarg she‘rlarida tinish belgilarining badiiy matndagi
o’rnini to’g’ri belgilagan, ularni o’z ijodiy laboratoriyasidan o’tkazib qo’llagan.
―San‘at – hayotning tili, uning yordami bilan reallik o’zi haqida
gapiradi‖ tamoyiliga amal qilgan. Natijada, shoirning ignabarg she‘rlari imkon
darajada ixcham va mazmunan teran holga kelgan.
2.
Darsni mustahkamlash uchun savollar:
1.
―Puktuatsiya‖ so‘zining ma‘nosini izohlang?
2.
Punktuatsiya tarixi haqida gapiring?
3.
Punktuatsiya tilshunoslik bo‘limi sifatda?
4.
Fikrni ifodalshda tinish belgilarini o‘rni?
5.
Tinish belgilarining ma‘no farqlashi yuzasidan fikrlar?
6.
Punktuatsiyaning tamoyillari haqida?
Dostları ilə paylaş: |