stillarining talabidan kelib chiqib qo’yiladi.
Tilning taraqqiyoti, til stillarining rivojlanishi nutqning ajiralmas qismi
bo’lgan
punktuatsiyaning taraqqiyotiga, uning qo’llanish doirasining kengayishi
yoki o’zgarishiga sabab bo’ladi. Masalan, badiiy asarlarda /diologik nutqlarda/
ixchamlik uchun personajlarning nutqlari tire bilan ajiratiladi. Dramatik asarlarda
esa nutq egalarining
nomi keltirilganligidan, borligidan ularni tire bilan ajratishga
ehtiyoj bo’lmaydi, yoki qo’shtirnoq qo’llanilmaydi. Nutqning individual stil
formasida tinish belgilari, ko’pincha, yozuvning subektiv maqsadi, emotsional fikr
ifodalash, uning ta‘sirchanligini oshirish uchun qo’llaniladi. Masalan, Yoz, quyosh
hamma yoqni qizdirdi /O./ Yoz! Pishshiqchilik, to’kinchilik fasli! /U./ gaplarida
―yoz‖ so’zi orqali ikki yozuvchi ikki xil maqsadni ifodalash uchun foydalangan.
Bu maqsadlar tinish belgilari /vergul, undov belgisi/ orqali reallashtirilgan. G’ofur
bo’lib ketdi:
Xotin-qizlar zveno, brigadani udda qilolmaydimi!.. /A.Q./ gapida
ritorik so’roq bilan fikirning kuchli /emotsional/ va davomli ekanligi ifodalangan.
Bu maqsadlar undov belgisi va ko’p nuqta orqali reallashgan. Lekin bundan har bir
yozuvchi tinish belgilaridan o’z bilganicha, o’z istagicha
foydalana beradi digan
hulosa kelib chiqmaydi. Tinish belgilarining individual stil talabiga ko’ra
qo’llanilishi ham stilistik tamoyilning umumiy normasiga bo’ysunadi.
Dostları ilə paylaş: