Shunday bo’lsa ham, punktuatsiya o’z o’rganish obyekti va vazifasi jihatidan
grafikadan, yozuvning boshqa belgili formalaridan ajralib turadi. Demak,
punktogrammalar (tinish belgilar) muayyan yozuv tizimining yordamchi, ayni
paytda, zarur komponenti (qismi) bo’lgan shartli belgilar yig’indisidir.
Muayyan milliy til grafikasi (yozuvi) 2 xil vositadan: harflar (alifbo) va tinish
belgilari (punktuatsiya) tizimidan iborat. P. tarixi, punktuatsion tizimniig paydo
bo‘lishi, tinish belgilarining soni turli tillarda turlicha namoyon bo‘ladi. Mac,
punktuatsion tizim hozirgi maʼno va ko‘rinishda G‘arbiy Yevropa tillari yozuvlarida
15—16-asrlarda, rus yozuvida 18-asr da, uzbek yozuvida esa 19- asrning 2yar-mida
paydo bo‘lgan. Yoki ingliz tili punktuatsion tizimida apostrof va defis ham tinish
belgisi hisoblanib, ularning jami 12 ta bo‘lsa, hozirgi o‘zbek P.si quyidagi 10 ta
tinish belgisidan iborat: vergul, ikki nuqta, ko‘p nuqta, nuqta, nuqtali vergul, so‘roq
belgisi, tire, undov belgisi, qavs, qo‘shtirnoq. P.ning qo‘llanishida ham tillararo
tafovut bo‘lishi mumkin, mas, ispan tilida so‘roq va undov belgilari gapning boshida
va oxirida qo‘yiladi.
Punktuatsiya tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yozma
nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez
tushunilishini taʼminlashda muhim vositadir. O‘z navbatida, muayyan tiddagi P.
anʼanalarining mustahkamlanishi va takomillashuvida tanikli yozuvchilarning ijo- di
hamda tinish belgilarining qo‘llanish kridalarini belgilovchi va tartibga soluvchi
tilshunoslar faoliyati katta ahamiyatga ega. Hozirgi uzbek P.sining shakllanishi,
rivoji, uning o‘rganilishi Fitrat, S. Ibrohimov, H. G‘oziyev, O. Usmon, G‘.
Abdurahmonov, K. Nazarov va boshqa tilshunoslarning nomi bilan bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: