4-mavzu ona tili punktuatsiyasining asosiy tamoyillari


Punktuatsiya orfografiya bilan aloqador



Yüklə 385,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix10.11.2022
ölçüsü385,02 Kb.
#68311
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-kurs 4-ma\'ruza

Punktuatsiya orfografiya bilan aloqador. Orfografiya so’zlarning to’g’ri 
yozilishini o’rganib, morfologiya bilan zich joylashsa; punktuatsiya gaplarning 
to’g’ri tuzilishi undagi fikrning to’g’ri ifodalanishi uchun xizmat qilib, sintaksis 
bilan zich bog’lanadi. 
Masalan, so’roq, undov, nuqta kabi tinish belgilaridan so’ng gapning bosh 
harf bilan, ikkita nuqta, nuqtali vergullardan keyin gapning ko’pincha kichik harf 
bilan yozilish holatlari punktuatsiya bilan orfografiyaning aloqadorligini 


ko’rsatuvchi faktordir. Bundan tashqari, savodxonlikni oshirishda orfografiya 
qanchalik ahamiyatga ega bo’lsa, punktuatsiya ham shuncha ahamiyatga egadir. 
Orfografiya ham punktuatsiya ham grafik vositalar bo’lib, to’g’ri yozish to’g’ri 
tuzish, to’g’ri ifodalash haqidagi ta‘limotdir. 
Punktuatsiya stilistika bilan aloqodor, tinish belgilarining noto’g’ri 
qo’llanilishi gar mazmunida g’alislik, mavhumlik, va noaniqlikni keltirib chiqaradi. 
Masalan, Ey tabib, qo’y, boqma dardim bedavolardan biri /M./ gapida uch holat
bor: a/ qo’y so’zidan keyin vergul o’qilmasa, ―tabib‖ ―qo’yboqar‖ ga aylanadi; b/
―dardim‖ dan keyin qo’yilsa, ―dardim‖ ―boqma‖ ga bog’lanadi; 
―kesim+to’ldiruvchi‖ /boqma dardimni/ munosabati tug’uladi; v/ ―boqma‖dan 
keyin qo’yilsa, ―ega+kesim‖ /dardim bedavolardan biri‖/ tug’uladi. 
Punktuatsiya sintaksis bilan o’zviy aloqador. Punktuatsion qoidalar sintaktik 
konuniyatlar, normalar asosida talqin qilinadi. Punktuatsiya qoidalarini sintaktik 
qonuniyatlarga bog’lab bayon qilishning /tushuntirishning, belgilashning/ o’z ilmiy 
metodik tamoyillari va uslublari bor. Punktuatsiya qoidalarini aniqlashda mazkur 
tilning barcha sintaktik stilistik hususiyatlari hisobga olinadi. Tinish belgilari 
qo’llashni gap qurilishi, uning grammatik semantik shakllanishi boshqaradi. 
Masalan, Muhayyo, Surayyo, Ra‘no, Muqaddas, Ko’zimni yashnatib, kiyibsiz atlas. 
(X. Saloh) gapida vergul uch xil funksiya bor: 1) uyushgan undalmalarni 
biriktirish; 2) ularni gap bilan grammatik bog’lanmaganligi uchun gapdan ajiratish; 
3) oborotdagi qisqa pauzani qoplash uchun qo’llanilganki, buni shu gapning konkret 
sintaktik qurilishi taqazo qilgan. 
Punktuatsiya sintaktik fonetika, gap intonatsiyasi bilan uzviy bog’langan. 
Intonatsiya ovozning rang-barang tovlanishi, ko’tarilishi, kuliminatsyasi, pasayishi, 
susayishi, tinishi /uzilishi/ tempi, tez va sekinligi, osoyishtaligi, sifati: cho’ziq, 
qisqaligi, kuchli va kuchsizligi; davriy va davomiyligi, takrorlanishi kabilar. 
Intonatsiya juda murakkab bo’lib, urg’u, pauzalar, melodika kabilar uning 
komponentlari hisoblanadi. Intonatsiya gap mazmun-mundarijasining ajralmas 
qismi: intonatsiyasiz gap shakillanmaydi, gapning komunikativ funksiyasini 


intonatsiya boshqaradi. Intonatsiyaning o‘zgarishi gapning mazmun va 

Yüklə 385,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin