A sh. Sheraliyev, U. X. Rahim ov


 ‘SIMLIKLARNING KASALLIKLARGA CHIDAMLILIK



Yüklə 233,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/93
tarix19.12.2023
ölçüsü233,51 Kb.
#186949
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   93
Sheraliyev A.Sh. O`simliklar immuniteti

0 ‘SIMLIKLARNING KASALLIKLARGA CHIDAMLILIK
XUSUSIYATINING IQLIM OMILLARI TA’SIRIDA
0 ‘ZGARISHI
0 ‘simliklarning kasalliklarga chidamlilik xususiyatlarining 
nam oyon b o ‘lishida iqlim om illaridan yorug‘lik asosiy rol 
o ‘ynaydi.
Moshkov B.S. (1937) m a’lumotlariga asosan sm orodina- 
ning zang 
(Puccinia ribesii caricis)
kasalligi bilan kasallanishida 
17 soat davomida yorug1 sharoitda o ‘sganda uning kasallikka 
chidamliligi ortsa, 12, 14, va 15 soat davomidagi sharoitda 
o ‘sgan smorodina o ‘simligi kasallikka chidamsiz b o ‘lib qoladi. 
Yorug‘lik miqdori kamaytirilganda o‘simlikning kasallikka chidam­
liligi ortadi. YorugMik m iqdori yanada k am aytirilganda 
o ‘simlikning kasallikka chidam liligi 
kamayib ketib, kuchli 
darajada kasallanadi. 0 ‘simlikdagi bunday o ‘zgarishlarning yu- 
zaga kelishiga asosiy sabab, uning hujayra shirasi tarkibida 
o ‘simliklarning kasalliklarga chidam lilik xususiyatini orttiradi- 
gan va patogenning rivojlanishini to ‘sadigan maxsus m od- 
dalarning hosil b o ‘lishi yoki o ‘simlikning fiziologik xususiyat­
lari bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi.
Chaylaxyan M.X. (1974) fikricha, bir xil navdagi kanop 
o ‘simligi qisqa va uzun kunli sharoitda o ‘stirilganda o ‘simliklaming 
gullik parazitlardan shumg‘uyaga chidamlilik xususiyati turlicha
43


b o ‘lganligi aniqlangan. Qisqa k unlarda o ‘stirilgan kanop 
o ‘simligining shum g‘uyaga nisbatan chidamliligi ortgan.
Y o‘ng‘ichqaning kulrang chirish kasalligi bilan kasallani­
shida va o ‘simliklaming kasalliklarga chidamliligining pasayishi 
yorug‘lik etishmasligi natijasidir. Masalan, yo‘ng‘ichqa o ‘simligi 
maysalari uch kun qorong‘ida saqlanganda 29%, o ‘n kun d a­
vomida saqlanganda 100% ga kasallangan. 0 ‘simliklar kvadrat 
uyalab ekilgan dalalarda qator ekilganga nisbatan ko‘proq kasal- 
lanadi.
Bug‘doyni 10 kun davom ida yorug‘lik kunini 6 soatga 
kamaytirib uning zang kasalligiga chidamliligini orttirish m um ­
kin. Bunga sabab, usimlik hujayra shirasi tarkibida am m iak m iq­
dori ortib, kasalliklarga chidamlilikni namoyon qiladi. Bug‘doyni 
yorug‘lik sharoitda o ‘stirilganda 100 g h o ‘l massasining 6 mg i 
am m iakni tashkil qilib, zang bilan kasallanishi kuchli darajada 
bo‘lgan. Bug‘doy 5 kun davomida qorong‘i joyda etishtirilganda 
h o ‘l massa tarkibida 22 mg miqdorda,10 kunda 54 mg am m iak 
to ‘planib, o ‘simlik zang bilan kasallanmagan.
Kartoshka tuganaklarini quyoshda saqlanganda uning hujayra 
shirasi tarkibida solanin moddasi ko‘payib, chirishi keskin 
kamaydi.
Talieva M .N. fikricha karam ko‘chatlari quyoshli kunlarda 
saqlanganda uning 
Botrytis cinerea
zam burug'i bilan kasallani­
shi keskin kamaygan. Bunga sabab, oqsilning parchalanishini 
kamaytirishiga sabab bo‘ladigan azot almashinishini kuchaytiradi. 
Natijada o ‘simlikning kasalliklarga chidamliligi ortib ketadi.
Vlasov Yu.I pom idor o ‘simligining tam aki m ozaikasi kasal­
ligi strikga chidamliliga havo harorati va yorug‘likga bogliqligini 
o ‘rgangan. Uning o ‘tkazgan tajribalarida yorug‘lik yetishmagan 
va past h aro ratd a o ‘sim likning im m u n itet xususiyatining 
o'zgarishidan uning tam aki mozaikasi bilan kasallanish m iq­
dori ortib ketgan. Bunga o ‘simlikning fiziologik xususiyatlari- 
ning pasayishi natijasida viruslarning m iqdorini ortib ketishi 
sabab bo‘lgan.
Yuqorida bayon qilingan fikrlarni um um lashtirib, shunday 
xulosa qilish mumkin-ki, har qanday ekologik sharoitda yashay- 
digan o ‘simlik o ‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib m a’lum m iq-
44


dordagi yorug‘likka ehtiyoji paydo bo‘lgan va ular miqdorining 
o ‘zgarishi o ‘simlikning im m unitet xususiyatlarini pasayishiga 
sabab bo‘lgan.

Yüklə 233,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin