277
Boshqaruv usuli
– bu rahbar tomonidan foydalanadigan vazifalarni hal
qilishning eng xarakterli va barqaror usullarining yig‘indisi, uning qo‘li
ostidagilarga nisbatan odati. Tashkilotlarni strategik boshqarish- inson salohiyatiga
suyanuvchi, ishlab chiqarish faoliyatini iste‘molchilar so‘rovlariga qaratuvchi,
tashkilotda atrofdagilar tomonidan qarshiliklarga javob qaytaruvchi va raqobot
afzalliklariga erishishga imkon beruvchi epchillik bilan tartibga solishlar va o‘z
vaqtilagi o‘zgarishlarni amalga oshiruvchi boshqaruv bo‘lib, u tashkilotni omon
qolishi va istiqbolda maqsadlariga erishishga imkon beradi.
Boshqaruv usullari
– bu boshqaruvchi tizimcha– boshqaruv sub‘ektini
boshqariluvchi tizimcha – boshqaruv ob‘ektiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish
uchun ta‘sir ko‘rsatish usullaridir. Boshqaruv usullarini ijtimoy ishlab chiqarishga
xos bo‘lgan ob‘ektiv qonunlar asosida, birgalikdagi mehnat jarayonida vujudga
keladigan munosabatlarning o‘ziga xosligini hisobga olish bilan tasniflash eng
katta ahamiyatga egadir. Ushbu alomat bo‘yicha ma‘muriy, iqtisodiy va ijtimoiy-
psixologik usullar ajratiladi.
Boshqaruv qarori
–
bu harakatlarning ma‘lum variantini topish, faoliyat
jarayonining o‘zi, uning yakuniy natijasi.
Boshqaruvning maqsadi
– ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy tuzim
sifatidagi erishilishi kerak bo‘lgan istalgan, ehtimol bo‘lgan va zarur holati.
Boshqaruv maqsadini belgilash – boshqaruv jarayonining boshlang‘ich
bosqichidir. Boshqaruv maqsadi rahbar faoliyatini yo‘naltiruvchi omil bo‘ladi.
Boshqaruv maqsadi talablar, konunlarga mos kelishi va tizim rivojlanishining
haqiqiy imkoniyatlarini hisobga olish bilan belgila- nishi kerak. Boshqaruv
maqsadi istiqbolli va bevosita umumiy va xususiy, oralik va yakuniy sifatida
tavsiflanadi.
Dostları ilə paylaş: