283
joylardagi davlat boshqaruv idoralari. Ular mahalliy vakillik organlari (xalq
deputatlari tuman, shahar hamda viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari) va
mahalliy ijroiya organlari (tuman, shahar hamda viloyatlar va Toshkent shahar
hokimiyatlari)ga bo‗linadi.
Menejer
(inglizcha –
“boshqaruvchi”
) –
maxsus tayyorgarlikka ega,
boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali boshqaruvchi
mutaxassis.
Menejment
(inglizcha – ―
boshqarish”
,
“tashkil etish”
) – boshqarish
to‗g‗risidagi maxsus fan.
Mehnatni boshqarish
– bu ijtimoiy mehnat sohasini boshqarishdir, ya‘ni
ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va munosabatlarning mehnatga oid masalalari ustuvorlik
qiladigan soha (mehnatning ijtimoiy va ishlab chiqarish shart-sharoitlariga oid,
uning
amalga oshirilishi, tashkil etilishi, haq to‗lanishi, intizomga oid,
mehnat
etikasi, mehnat jamoalarining shakllanishi va ishlashiga oid va boshqalar).
Mehnatni boshqarish turlari
– mehnatni boshqarishning umumlashtirilgan
sifat jihatdan alohida turlari, ularning xarakteri jamiyatdagi boshqaruv xarakteriga,
ya‘ni pirovard oqibatda – ijtimoiy tuzum xarakteriga muvofiq keladi.
Mehnatni boshqarish shakllari
– jarayon subyektlari va obyektlarining
tabiati va ularning o‗zaro munosabatlari xarakterining aniq amaliy namoyon
bo‗lishidir.
Mehnatni boshqarish darajalari
– u yoki bu ijtimoiy mehnat masalalarini
hal qilishda vakolatlarni taqsimlash tizimi.
Mehnat ko„nikmasi
– bu, xodimlarning tashkilot bilan o‗zaro hamkorligi
jarayonida ularning o‗zaro moslashuvi.
Mehnat daftarchasi
– xodimlarning mehnat faoliyati to‗g‗risidagi hujjat.
Dostları ilə paylaş: