286
bilan ta‘minlash, boshqaruvning barcha vazifalarining yagonaligi va muvofiqligini
ta‘minlashdan iborat bo‘ladi.
Nazorat
– menejmentning dasturlar, rejalar, vazifalar, boshqaruv qarorlarini
bajarilishini ta‘minlash bo‘yicha vazifasi. U o‘z ichiga boshqaruv ob‘ektidagi
jarayonlarni borishi orqasidan kuzatish, nazorat qilinayotgan parametrni berilgan
dastur bilan solishtirish, dasturdan chetga chiqishlar, ularning sabablari va
xarakterini aniqlashni oladi. Boshqarilayotgan ob‘ektda sodir bo‘layotgan
jarayonlar nazoratning ob‘ekti bo‘ladilar. Nazoratni ikkita asosiy shakllari mavjud-
faol va passiv. Passivi qandaydir jarayonni yanunlanishi bo‘yicha diskretli amalga
oshiriladi, faolda butun jarayon davomida boshqarilayotgan ob‘ektga ta‘sir
ko‘rsatiladi, bu chetga chiqishlarni bartaraf etish va jahl bilan ta‘sir ko‘rsatishni
o‘rnini qoplashga imkon beradi.
Nizo
– bu ikkita yoki ko‘proq tomonlar, ya‘ni aniq shaxslar yoki guruhlar
o‘rtasidagi ziddiyat bo‘lib, bundan har bir tomon o‘zining nuqtai nazari yoki
maqsadi qabul qilinishiga harakat qiladi va boshqa tomonni shunday qilishiga
halaqit qiladi.
Noverbal axborotlar
– jo‘natuvchi tomonidan so‘zlardan foydalan- masdan
yuborilgan axborotlar.
Norasmiy jamoa
– bu odamlarning sirtqi ta‘sir natijasida emas, balki ichki
sabab natijasida vujudga kelgan guruhi, u ma‘lum maqsadlarga erishish uchun
vaqtinchalik o‘zaro hamkorlikka kirishadi.
Dostları ilə paylaş: