Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari: Chiziqli operator va ular ustida amallar.
[1], 2-bob, 9, [2], 2-bob Punkt 12, 17 bet.
Invariant qism fazolar [2], 18 bet. [1], 2-bob 10
Mavzu bo`yicha asosiy xulosalar: Bir vektorni boshqa vektorga o`tkazuvchi amaliyot operator. Operatorni matrisa ko`rinishida tasvirlash mumkin. Har qanday matrisa – bu operator. Operatorlar ko`paytmasi bu operatorlarning ketma-ket bajarilishi. Operator matrisasi maxsusmas bo`lsa, u holda teskari operatorlar mavjud.
Mavzuga oid ADABIYoTLAR: 1. Gelfand I.M. «Chiziqli algebradan leksiyalar» 1961
. G`aymnazarov G. «Chiziqli algebra elementlari», Guliston, 1999 y.
. Fadeev D. K. “Leksii po algebre” 1984 g.
2-MAVZU: OPERATORNING XOS VEKTORLARI VA XOS SONLARI. “Operatorning xos vektorlar va xos sonlari” mavzusidagi ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
Mashg’ulotga tayyorgarlik bosqichi: 1.1. Dars maqsadi: Talabalarga xos (maxsus) vektor va xos (maxsus) sonlarni aniqlashni o`rgatish.
1.2. Identiv maqsadlar: 1.2.1. Xos vektorni tushuntira oladi.
1.2.2. Xarakteristik tenglamani tuza oladi.
1.2.3. Xos vektorni topa oladi.
1.3. Asosiy tushunchalar:Xos vektorlar, xos son, xarakteristik ko`phad, xarakteristik tenglama.