Amaliyot o`tash joyi va investitsiya faoliyatini moliyalashtirish tartibi bilan tanishish


Davlat investitsiya dasturi loyihalari odatda turli moliyalashtirish manbalarining umumiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə11/11
tarix26.10.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#161720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Makhmudbek Boltoev Hisobot 2.0 (3)

Davlat investitsiya dasturi loyihalari odatda turli moliyalashtirish manbalarining umumiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
davlat byudjeti: hukumat loyihalarni moliyalashtirish uchun o'z byudjetidan mablag' ajratadi. Bu mablagʻlar soliqlar, yigʻimlar va boshqa davlat daromadlari kabi turli daromad manbalaridan olinishi mumkin.
xalqaro kreditlar va grantlar: hukumat loyihalarni moliyalashtirish uchun Jahon banki yoki Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro tashkilotlardan kreditlar yoki grantlar olishi mumkin. Bu mablag‘lar odatda qulay shartlar asosida taqdim etiladi.
davlat-xususiy sheriklik (DXH): hukumat loyihalarni moliyalashtirish uchun xususiy sektor sub'ektlari bilan hamkorlik qilishi mumkin. DXShlarda xususiy kompaniyalar loyihalarga sarmoya kiritib, xavf va foydani hukumat bilan baham ko‘radi.
taraqqiyot jamg'armalari: mahalliy va xalqaro ixtisoslashtirilgan rivojlanish jamg'armalari muayyan sektorlar yoki loyihalarni moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin. Ushbu jamg'armalar ko'pincha iqtisodiy o'sish va rivojlanishni rag'batlantirish maqsadida tashkil etiladi.
suveren jamg'armalar: ba'zi hollarda hukumatlar loyihalarni moliyalashtirish uchun o'zlarining suveren jamg'armalaridan foydalanishlari mumkin. Bu mablag‘lar odatda to‘plangan ortiqcha mablag‘lardan yaratiladi va uzoq muddatli investitsiyalar uchun ishlatilishi mumkin.
Kapital qurilish va kapital qo'yilma tushunchalari bir-biri bilan o'zaro chambarchas bog'liq tushunchalardir. Kapital qurilish - asosiy fondlarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning shakllaridan biri. Kapital qo'yilmalar kapital qurilishni amalga oshirishning moliyaviy manbasi hisoblanadi. Mohiyat jihatidan yangi qurilish, kengaytirish, ta'mirlash, texnik qayta qurollantirish va amaldagi obyektlarni modernizatsiya qilish yo'li bilan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlarini barpo etish jarayoni kapital qurilishni anglatadi. U ning yordamida jismoniy va an' naviy jihatdan eskirgan asosiy fondlar yangilanadi. Kapital qurilish asosiy fondlarni barpo etishning barcha bosqichlarini (obyektni loyihalashtirishdan boshlab to uni ishga tushirishgacha bo'lgan jarayonni) qamrab oladi. Uning asosiy hal qiluvchi bosqichi qurilish-montaj ishlarini bajarish hamda qurilayotgan obyektning ishga tushirilishini ta'minlash hisoblanadi. Ushbu bosqich moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmog'i bo'lgan «qurilish industriyasi» bilan amalga oshiriladi.
«Kapital qurilish» tushunchasi adabiyotlarda va amaliyotda ikki xiI tarzda talqin qilinadi:
- moddiy ishlab chiqarishning tarmog'i sifatida;
- ishlab chiqarish faoliyatining turi sifatida.
Tarmoq sifatida kapital qurilish quyidagi asosiy belgilari bo'yicha xarakterlanadi:
- aniq maqsadga yo'naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish;
- texnologik jarayonlarning umumiyligi;
- malakali mutaxassislarning mavjudligi.
Qurilish ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijasi, ya'ni qurilish tarmog'i mahsuloti bo'lib, mamlakat xalq xo'jaligi tarmoqlari fondlarini shakllantiruvchi korxonalar, binolar va inshootlarning ekspluatatsiyaga (foydalanishga) tayyorligi va tugallangan hisoblanadi. Asosiy fondlarni barpo etishdan kapital funksiyasiga korxonalardagi mavjud asosiy fondlarni ta'mirlash va qurollantirish ham taalluqlidir. Ishlab chiqarish faoliyatining turi sifatida kapital qurilish quyidagi ishlarni asosida bino va inshootlarini barpo etishni (yaratishni) tavsiflaydi:
- qurilishni amalga oshirish uchun montaji;
- loyiha-qidiruv ishlari; qurilish maydonini tayyorlash;
- sanitar-texnik qurilmalarni ( suv o’tkazgichlar, kanalizatsiya va h.k.) barpo etish va boshqalar.
Qurilish mahsuloti hisoblangan binolar, inshootlar va boshqa obyektlar ko'p qirrali, konstruksiyasi murakkab bo’lgan obyektlar hisoblanad. Bu urilish ishlarini ishlab chiqarishning xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Qurilish ishlab chiqarishning asosiy xususiyatlari quyidagilar bilan belgilanadi. Birinchidan, sanoat ishlab chiqarishdan farqli holda qurilish mahsuloti ko’chmasligi va qayerda yaratilgan bo'lsa, o'sha yerda ishlatilishi bilan xususiyatlanadi. Faqat quruvchilar va mehnat qurollari (qurilish mashinalari va uskunalar) ko'chishi yoki joylashtirilishi mumkin. Mehnat resurslari va mehnat qurollari qurilish tugallangandan keyin bir obyektdan boshqa obyektga olib o’tiladi. Qurilishning bu xususiyati boshqaruvning o'ziga xos tashkiliy shakllarini, qurilish texnikalari va mehnat resurslarini boshqa qurilish maydoniga ko'chirishda vaqtning yo'qotilishi va xarajatlarni minimumga keltirish uchun qurilish tashkilotlarini to'g'ri joylashtirishni talab qiladi.
Ikkinchidan, qurilish mahsulotini tayyorlash jarayoni uzoq muddatni ko'zda tutadi va shuning uchun qurilish jarayoniga ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi uzoq muddatga jalb qilinadi. Uchinchidan, qurilish ishlab chiqarishi ko'plab tarmoqlar va korxonalar (firmalar, uyushmalar) bilan bog’liq bo'ladi. Ma'lum bir tarmoq korxonalaridan qurilish mahsulotini tayyorlash uchun xomashyo, materiallar va uskunalar oladi. Boshqa tarmoq korxonalari bilan bog'liqligi shundaki, buyurtmachi-korxonalar topshirig'iga binoan buyurtma asosida tegishli ishlarni amalga oshiradi. Kapital qurilishning alohida tarmoqlari, o’z navbatida, alohida xususiyatlarga ega bo’ladi. Masalan, qishloq xo’jaligi qurilishi sanoat qurilishidan, shaharsozlik qurilishi qishloq qurilishidan farq qiladi. Qurilishning asosiy xususiyati uning industrlashganligi bilan belgilanadi. Qurilishni industrlashtirish qurilish tarmog'ida ilmiy-texnik taraqqiyotning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Qurilish industriyasi deganda sanoat ishlab chiqarish bloklari va konstruksiyalar holatidan kelib chiqib, qurilish ishlab chiqarishini bino va inshootlarni montaj qilish va yig'ish jarayonini mehanizatsiyalashtirishga aylantirish tushuniladi. Qurilishni industrlashtirish qurlish ishlarining texnologiyasi bo’yicha keng ko’lamdagi o’zgarishlarni olib kiradi. Qurilishni industrlashtirishning asosiy elementlari quyidagilar hisoblanadi:
- Yig’ma qurilishni rivojlantirish;
- Qurilish-montaj ishlarini mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish;
- Qurilish ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish.
Kapital qurilish ko’p aloqalarni xarakterlaydigan murakkab jarayondir. Uning asosiy xususiyati:
- Obyektlarni qurishning texnik va tashkiliy jihatdan murakkabligi;
- Moddiy, mehnat va pul resurslari xarajatlarining ko’pligi;
- Ishlab chiqarish siklining davomiyligi
Kapital qurilishning asosiy vazifasi ijtimoiy-madaniy ahamiatga doir obyektlar, uy-joy, bino va inshootlarni zamonaviy texnik asosda qurish, mamlakatning ishlab chiqarish salohiyatini oshirishdan iborat.
Aholi farovonligining oshishi, moddiy ishlab chiqarish barcha tarmoqlarining yanada rivojlanishi kapital qurilishning hajmi va samaradorligiga bog’liq bo’ladi. Kapital qurilish o’z vazifasini bajarib turib, investitsiya jarayonlarida muhim rol o’ynaydi. Investitsiya jarayonlarida kapital qurilishning o’rni va ahamiyatini aniqlash uchun kapital qo’yilmalarning texnologik tarkibiga murojaat qilish zarur bo’ladi.
Ma’lumki, yangi korxonalarni barpo etish, mavjud ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlarini texnik jihatdan qayta qurollantirish bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy, iqtisodiy, moddiy va mehnat xarajatlari yig’indisi kapital qo’yilmalarni anglatib, o’z navbatida, kapital qo’yilmalar iqtisodiy jihatdan kapital investitsiyalarni anglatadi, ular deyarli bir mazmunni bildiradi.
Kapital qurilishda qurilish muddatlarini qisqartirish kata iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki u kapital qo’yilmalarning tezroq qoplanishini ta’minlaydi. Masalan, qurilayotgan obyekt qandaydir mahsulot ishlab chiqarishga mo’ljallangan bo’lsa, bunda qurilish muddatini qisqartirish evaziga qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish, qurilish muddati tugagandan so’ng qo’shimcha foyda olish imkoniyati bo’ladi.
Kapital qurilish jarayoni 3 bosqichga ajratiladi:
- Tayyorgarlik bosqichi: qurilish maydonini tanlash va obyektni loyihalashtirish
- Qurilish bosqichi: qurilishni amalga oshirish
- Qurilish mahsuloti realizatsiyasi: qurilish obyektini foydalanishga topshirish
Qurilish maydonini tanlash va obyektni loyihalashtirish quyidagi yo'nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi:
- qurilayotgan obyektning maqsadga muvofiqligi yuzasidan texnik-iqtisodiy tadqiqotlar olib borish;
- obyektni loyihalashtirish va qurilish uchun texnik-muhandislik ishlariga tayyorgarlik ko'rish. Har bir yo'nalish o’zining maqsad va vazifalariga ega.
Texnik-iqtisodiy tadqiqotlar jarayonida kelgusi obyektning (qurilishi mo’ljallangan obyektning) asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari aniqlanadi va qurilishni amalga oshirishning iqtisodiy jihatdan muvofiqligi baholanadi. Loyihalashtirish bosqichida obyektning konstruktiv yechimlari, qurilishni tashkil qilish usullari va ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqiladi. Shuningdek, qurilishning smeta qiymati aniqlanadi. Undan keyin qurilish uchun texnik-muhandislik tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi.
Qurilishni amalga oshirish bosqichida qurilish maydonida qurilish jarayonining barcha texnologik elementlari qo’shiladi. Bunda qurilish ishlab chiqarishdagi jami xarajatlar, bino va inshootlarning moddiy mulkiy elementlari bo’yicha xarajatlari shakllantiriladi.

XULOSA
Amaliyot jarayonida menda ko’plab ko’nikmalar hosil boldi, o’z ishimga yanada mas’uliyatliroq yondashish, tirishqoqlik, jamoa bilan hamnafas ishlash, izlanish olib borish kabi ko’nikmalarga ega bo’ldim. Eng muhimi men amaliyot davomida investitsiya faoliyatiga oid bilimlarini yanada mustahkamlab oldim. Garchi ushbu amaliyot tanishuv amaliyoti bo’lsa ham menda ulkan ijobiy taasurot, bilim va ko’nikmalar qoldirdi. O’zim uchun notanish bo’lgan terminlarni o’rganib ularni sharxlay oladigan bo’ldim. Endilikda amaliyot jarayonida o’rgangan bilim va ko’nikmalarimni astoydil o’qish jarayonida qo’llayman va albatta kelajakda o’z sohamning yetuk mutaxassisi bo’lish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman.


Bugungi kunda O’zbekistonimizda investitsiya faoliyati avj bilan rivojlanib borayotgan faoliyatdir. Mamlakatimzda ushbu faoliyatni yuksaltirish borasida ko’plab chora-tadbirlab qo’llanilib kelinmoqda. Bularning dalili qilib faoliyat bo’yicha Jahon iqtisodiyotida yuqori o’rinlarda turgan mamlakatlar bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish borasidagi say harakatlarni keltirsak bo’ladi. Kelajakda men ham albatta yetuk kadr bo’lib baholash faoliyati borasida ko’plab yutuqlarga erishib, o’z sohamni rivojlantirish uchun ulkan hissa qo’shishni o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim.
Umumiy xulosaga kelib aytadigan bo’lsak tanishuv amaliyoti biz kabi talabalar uchun juda foydali bo’lib, talabada mutaxassislik yo’nalishi bo’yicha dastlabki ma’lumotlarni olish uchun zamin yaratib beradgan ulkan shart-sharoit desak adashmagan bo’lamiz. Faqatgina bu imkoniyattan foydalanish har kimning ham qo’lidan kelavermaydi.
Men kelajakda investitsiya faoliyati jahondagi eng nufuzli, mukammal va eng asosiysi daromadli faoliyat bo’ishiga ishonaman
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonuni O’RQ-598, 2019-yil 25-dekabr.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi “2022-2026- yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish Strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2018 yil 21 sentabrdagi PF-5544-sonli Farmoni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisgа Murojaatnomasi. 2020-yil 29-dekabr.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 5495-sonli Farmoni, 01.08.2018.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4300-sonli Qarori, 29.09.2019.
7. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.01.2023 yildagi qarori 16-son.
8. Toshov O. Investitsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirish. T.: “Akademnashr”, 2012.-165 b.
9. Karlibaeva R. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish: O’quv qo’llanma. - T.: Cho’lpon, 2011.-124 b.
10.Xashimov A.A., Madjidov Sh.A., Muminova N.M. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. - T.: Sharq matbaa nashriyot uyi, 2014.- 208 b.
11.Mamatov B., Xo’jamqulov D., Nurbekov O. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. – T.: Iqtisod-Moliya, 2014. –B.608.
12.Kayumov R.I., Xojimatov R.X. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish: Darslik. - T.: TDIU, 2010. –B.496.
13.Nosirov E.I., Asamxodjayeva Sh.Sh., Aliqulov M.S. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish. T.: “IQTISOD VA MOLIYA”, 2020. B.-320.
14.Xujamkulov D.Yu., Ismailov D.A. Investitsiya loyihalarini boshqarish. O’quv qo’llanma. – T.: TDIU, 2019.
Internet saytlar:
www.davaktiv.uz - Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
www.lex.uz - O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.
www.gov.uz - O’zbekiston Respublikasi hukumat portali.
www.stat.uz – Davlat statistika qo’mitasi.
www.prezident.uz - Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti rasmiy sayti.
www.mf.uz – O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi sayti.
www.mift.uz – O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
www.mift.uz – O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

1 https://lex.uz/search/all?searchtitle=investitsiya – lex.uz rasmiy saytidagi investitsiyaga doir O’zbekiston Respublikasidagi barcha qonun, qaror va farmoishlar ro’yxati (amaldagi va kuchini yo’qotganlar)

2 https://lex.uz/acts/-2513898?ONDATE=10.12.2014%2000#-2513939 – Investitsion faoliyat to’grisidagi qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’grisidagi qonun.

3 https://lex.uz/acts/-29905 – Investitsiya faoliyati to’grisidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni.

4 https://lex.uz/ru/docs/-4182334 - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 28.01.2019 yildagi PQ-4135-son.

5 https://miit.uz/ - Respublika investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining sayti.


Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin