Amaliyot o`tash joyi va investitsiya faoliyatini moliyalashtirish tartibi bilan tanishish


Investitsiya faoliyatida kapital qurilish va davlat Investitsiya dasturi loyihalarini moliyalashtirish manbalarini o’rganish



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə8/11
tarix26.10.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#161720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Makhmudbek Boltoev Hisobot 2.0 (3)

5.Investitsiya faoliyatida kapital qurilish va davlat Investitsiya dasturi loyihalarini moliyalashtirish manbalarini o’rganish

Qurilish — moddiy ishlab chiqarishning yirik sohalaridan biri; turli maqsadlardagi bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish; ishni yuri-tish uchun foydalaniladigan hudud bilan birga qurilayotgan bino (inshoot); keng maʼnoda yaratuvchilik jarayoni. Tugallangan va foydalanishga topshirish uchun tayyorlangan ishlab chiqarish korxonalari, turar joylar, jamoat binolari, inshootlari va boshqa obyektlar Qurilish mahsu-lotlari hisoblanadi. Qurilishda ishlab chiqarish sikli nisbatan uzun boʻlib (bir necha oydan bir necha yilgacha), ishlab chiqarish jarayoni turli obhavo sharoitida ochiq usulda olib boriladi. Pudrat va xoʻjalik usulidagi Qurilishni va montaj ishlarini, shuningdek, bino, insho-otlarni kapital taʼmirlash ishlarini qurilish tashkilotlari va maxsus tashkilotlar; loyihalash, loyiha-konstruktorlik va qidiruv tashkilotlari; foydalanishga topshirish va raz-vedkaparmalash tashkilotlari amalga oshiradi. Tiklanadigan obyekt xususiyatlariga koʻra sanoat, transport, qishloq, suv xoʻjaligi, uy-joy, kom-munal, ijtimoiy-madaniy va boshqa Qurilishlarga boʻlinadi.


Qurilish Oʻzbekiston Respublikasidagi moddiy ishlab chiqarishning eng muhim tarmoqlaridan birini tashkil etadi. Respublika iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tarkibida salmogʻiga koʻra Qurilish sanoat va qishloq xoʻjaligidan keyin 3-oʻrinda turadi. 2003-yilda yalpi ichki mahsu-lotning 4,5% (2000-yilda 6,1%), xalq xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning 4,8% (11,9 ming) Qurilish hissasiga toʻgʻri keladi.
Qurilish xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlariga xizmat koʻrsatib, asosiy fondlarni qayta takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni taʼminlaydi, xalq xoʻjaligining maqbul tarkibini barpo etish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni maqsadga muvofiq joylashtirish, respublikaning yangi tabiiy boyliklarini oʻzlashtirish, boʻsh mehnat resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarish ga jalb etishga yordam beradi. Respublikada Qurilish ishlari pudrat, sub-pudrat va qisman xoʻjalik usullarida olib boriladi.
Qurilish industriyasi negizini davlat, aksiyadorlik, shirkat, xususiy, qoʻshma va boshqa pudrat qurilishmontaj tashkilotlari, shuningdek, oʻz moddiy-texnika va ishlab chiqarish bazasiga, malakali ishchi va mutaxassis kadrlarga ega boʻlgan korxonalar, transport va boshqa yordamchi xoʻjaliklar tashkil etadi. Oʻzbekistonda qurilishmontaj kompaniyalari, korporatsiyalari, qurilish aksiyadorlik jamiyatlari va birlashmalari, quyi pudrat tashkilotlari, kichik korxonalar, qoʻshma korxonalar, loyiha va ilmiy hamda qurilish sohasiga moslashtirilgan ilmiy tadqiqot institutlari faoliyat koʻrsatadi. Qurilishmontaj ishlarining deyarli barchasini ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari amalga oshiradi.
Kapital qurilishning bosqichlari. Qurilish maydonini tanlash va ob’ektni loyihalashtirish quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi: qurilayotgan ob’ektning maqsadga muvofiqligi yuzasidan texnik-iqtisodiy tadqiqotlar olib borish; ob’ektni loyihalashtirish va qurilish uchun texnik-muhandislik ishlariga tayyorgarlik ko’rish. Har bir yo’nalish o’zining maqsad va vazifalariga ega. Texnik-iqtisodiy tadqiqotlar jarayonida kelgusi ob’ektning (qurilishi mo’ljallangan ob’ektning) asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari aniqlanadi va qurilishni amalga oshirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi baholanadi. Loyihalashtirish bosqichida ob’ektning konstruktiv echimlari, qurilishni tashkil etishning usullari va ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqiladi. Shuningdek, qurilishning smeta qiymati aniqlanadi. Unday keyin qurilish uchun texnik-muhandislik tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi.
Qurilishni amalga oshirish bosqichida qurilish maydonida qurilish jarayonining barcha texnologik elementlari qo’shiladi. Bunda qurilish ishlab chiqarishidagi jami xarajatlar, bino va inshootlarning moddiy-mulkiy elementlari bo’yicha xarajatlari shakllantiriladi.
Qurilish ob’ektini foydalanishga (ekspluatatsiyaga) topshirish bosqichida qurilib bitkazilgan ob’ektlar ishga tushiriladi va tayyor mahsulot sifatida buyurtmachiga topshiriladi.
Takror ishlab chiqarishning uch bosqichi kapital qo’yilmalar aylanishining uch bosqichiga muvofiq keladi: 1) qurilish – asosiy fondlarni barpo etish shakli sifatida; 2) qurilish mahsulotining asosiy fondlarga aylanishi shakli sifatida; 3) pul mablag’larini mahsulotga aylantirish maqsadida takror ishlab chiqarishning navbatdagi bosqichiga tayyorgarlik ko’rish.
Qurilish ishlab chiqarishining barcha elementlarining o’zaro aloqadorligini yaxshilash uchun qurilish mahsulotini barpo etish texnologiyasi (mehnat predmetlarining (beton, g’isht, temir, tosh va boshq.) sifat o’zgarishlari bilan tavsiflanuvchi qurilish jarayonlarini olib borishning usullari va vositalari) ishlab chiqiladi. Qurilish jarayoni qurilish maydonida amalga oshiriluvchi asosiy, qo’shimcha va xizmat qiluvchi texnologik operatsiyalarning jami o’zaro aloqalarini anglatadi, o’zaro aloqalar natijasida qurilish mahsuloti yaratiladi.
Ishlab chiqarish ob’ekti qurilishining davomiylik tsikli qurilish maydonini rejalashtirishdan boshlab to uni ishga tushirishgacha (ekspluatatsiya) bo’lgan oraliq vaqtni (davrni) ifodalaydi.
Kapital qurilish tizimida investitsiya jarayonlarining asosiy qatnashchilari sifatida investorlar, buyurtmachilar, quruvchilar, pudratchilar, loyihalashtiruvchilar ishtirok etadi.
2022 yilning yanvar-dekabr oylarida umumiy maydoni 14189,0 ming kv.m
turar joy ishga tushirilib, 2021 yilga nisbatan 101,0 % ni tashkil etdi, ulardan 96,1 % i yoki 13636,1 ming kv.m turar joylar yakka tartibda qurilgan bo‘lib, 233,6 ming kv.m yoki 1,6 % i namunaviy loyihalar asosida qurilgan turar joylar, 319,3 ming kv.m yoki 2,3 % boshqa xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan ishga tushirilgan turar joylarni tashkil etdi.
Investitsiya faoliyatida kapital qurilish deganda, asosiy fondlarni kengaytirilgan holatda takror ishlab chiqarish tushuniladi. Kengroq ma’noda, yangi qurilish, ta’mirlash, qayta ta’mirlash, kengaytirish va obyektni yanda rivojlantirish, ya’ni modernizatsiya qilish kabi tushunchalar kapital qurilishni anglatadi. Kapital qurilish orqali moddiy hamda ma’naviy eskirgan obyektlar qaytadan ta’mirlanib, yangilanadi. Kapital qo`yilmalar esa bunga asos bo`ladi.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin