5-rasm. Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan emissiya qilingan aksiyalarning umumiy hajmi dinamikasi (mlrd so‘m) 5-rasmdagi ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki, so‘nggi 4 yil va 2020 yilning iyul oyi davomida aksiyalarning hajmi ko‘payib kelmoqda. 2017-2021 yillar davomida o‘zidan oldingi yilga nisbatan o‘rtacha 45 foizga aksiyalarning so‘mdagi hajmi ortgan, ayniqsa 2020 yilning 6 oy hisobi bo‘yicha 2019 yilga nisbatan 57 foizga ortganligini ko‘rish mumkin. 2020 yil birinchi yanvar oyi holatiga Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida 593 ta aksiyadorlik jamiyatining 99,20 trln. so‘m nominal qiymatga ega qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi hisobi yuritilgan. Oldingi yilga nisbatan aksiyadorlik jamiyatlari soni 10 taga kamaygan bo‘lsada, qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi hajmi 39,77 trln. so‘mga ortgan. 2020 yil birinchi yanvar oyi holatiga Markaziy depozitariyda 488,06 mlrd. so‘mlik 785,6 ming dona korporativ obligatsiyalar hisobi yuritilgan. Ularning 438,06 mlrd. so‘mlik umumiy miqdorga ega 735,6 ming donasi 5 ta tijorat banklari tomonidan chiqarilgan.
Avvalambor men amaliyot o’tagan joy xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lsada men u yerda kop moliyaviy bilim oldim masalan: Korxona direktori aylanmadan qolgan sof foydani mehmonxona rivoji uchun tikishi bo’ldi va 2 oyni Ichida korxonaga yangi lift olib kelib o’rnatildi, basseyn va sauna ham tashkil etildi buning hammasi avvalam bor mehmonlar qulayliki uchun va bu qulaylik odamlar kelishi salmog’ini sezilarli darajada oshirildi.
Kichik biznesni rivojlantirish va moliyaviy qo’llab-quvvatlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim yo’nalishlaridan biri bo’lgani holda uning taraqqiyotini ta’minlash, milliy iqtisodiyotdagi salmog’ini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Ularni taraqqiy toptirishda mazkur sub’ektlarning bugungi kun talabi darajasidagi zamonaviy texnika va texnologiyalardan samarali foydalanish darajasiga tayanilishiga erishish lozim. “Buning uchun ularni rivojlantirishning yangi manbalari, ham chet el investitsiyalarini keng jalb qilish hisobiga, ham ichki manbalar, bank kreditlari hisobiga doimo kashf etib borilishi darkor”15. Bu siyosatning asosiy maqsadi, nafaqat, kichik biznes sub’ektlarining miqdor jihatdan o’sishini ta’minlash, balki ularning faoliyat samaradorligini oshirishdan iboratdir. Mazkur jarayonlarda ularni imtiyozli asoslarda kreditlash eng asosiy bo’g’in bo’lib maydonga chiqadi. Bunda kichik biznes sub’ektlarini kreditlash markazida tijorat banklarining ular bilan o’zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan munosabatlari o’rin egallaydi. Mazkur munosabatlarning uzoq muddatli jarayonlar negiziga asoslanishi kichik biznes investitsiya loyihalarini kreditlash tizimi shakllanishiga imkon beradi. Bugungi kunda davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash tizimi tarkibida kichik biznes vakillari o’z faoliyatlarini tashkil etish, rivojlantirish va kengaytirish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanishda quyidagi imkoniyatlarga egalar: 1. Imtiyozli kreditlash maxsus jamg’armasi16. Tijorat banklari o’z foydasining 25 foizga qadar miqdorini maxsus jamg’armaga ajratish yo’li bilan banklarda ishlab chiqarish mikrofirmalarini, kichik korxonalarni, dehqon va fermer xo’jaliklarini, yuqori texnologik va innovatsiya loyihalarini imtiyoli foiz stavkalari asosida moliyalashtiradi. Bunda kreditlar loyihaning o’z-o’zini qoplay olish muddatlariga bog’liq ravishda: xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, ishlab chiqarish zaxiralarini xarid qilish uchun zarur bo’lgan aylanma mablag’larni to’ldirishga beriladigan kreditlar 1 yil muddatgacha; fermer xo’jaliklari tomonidan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish hamda yuridik shaxs bo’lgan dehqon xo’jaliklariga aylanma mablag’larni to’ldirish uchun beriladigan kreditlar 2 yil muddatgacha; kichik tadbirkorlikning barcha sub’ektlariga, shu jumladan, yuridik shaxs bo’lgan fermer va dehqon xo’jaliklariga investitsiya loyihalarini moliyalash uchun beriladigan kreditlar 5 yil muddatgacha ajratiladi. Tijorat banklari investitsion maqsadlar uchun kredit berishda imtiyozli kreditlash davr (nisbatan past foiz stavkalar bilan uzoqroq muddatga)larini belgilashi mumkin. Bunda kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda belgilanadi. Shu bilan birga kichik biznes vakillari kredit shartnomalari bo’yicha majburiyatlarni ta’minlash tariqasida o’z mol-mulkidan, shu jumladan, ashyolari va mulkiy huquqlaridan, shuningdek o’zi olgan kreditni to’lay olmaslik riski sug’urtasi to’g’risidagi sug’urta polisidan foydalanishi mumkin. 2. Byudjetdan tashqari jamg’armalarning kredit liniyasi. Byudjetdan tashqari jamg’armalarning kredit liniyalari hisobidan ishlab chiqarishni kengaytirish va faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun mikrokreditlar O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan kichik biznes sub’ektlariga berilishi mumkin. Byudjetdan tashqari jamg’armalar kredit liniyalari hisobidan kreditlar kichik biznes sub’ektlariga ularning namunaviy yoki yakka tartibda ishlab chiqilgan investitsiya loyihalariga hamda tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasi bilan bog’liq bqlgan xarajatlarini moliyalashga beriladi. Aholi bandligini ta’minlashning xududiy va maqsadli dasturlariga xizmat ko’rsatuvchi banklar bilan kelishilgan holda kiritilgan yuridik shaxslarga Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan yangi ish o’rinlarini yaratishga maqsadli kreditlar 50000 AQSh dollarining so’mdagi ekvivalentigacha bo’lgan miqdorda beriladi. Byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lari hisobidan ishlab chiqarishni kengaytirish va faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun kichik biznes sub’ektlarini mikrokreditlash bank marjasi qo’shib hisoblanadigan imtiyozli foiz stavkasi asosida amalga oshiriladi. Ushbu mikrokreditlarga doir imtiyozli foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasiga nisbatan qat’iy foizlarda belgilanadi. Byudjetdan tashqari jamg’armalarning kredit liniyalari hisobidan beriladigan ushbu mikrokreditlar uchun imtiyozli foiz stavkasi kreditlanayotgan investitsiya loyihalarning yo’nalishidan kelib chiqqan holda quyidagi miqdorlarda belgilanadi: - dehqon va fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan, qishloq xo’jaligi texnikasini sotib olish, fermerlik inshootlarini qurish, chorvachilik, parrandachilikni rivojlantirish uchun mikrokreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/3 qismi miqdorida; - bevosita ishlab chiqarish sohasi, ya’ni mahsulotlar ishlab chiqarish, xom ashyo va materiallarni tubdan qayta ishlash, hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini tashkil etish, binokorlik materiallari ishlab chiqarish va qurilish maqsadlari uchun mikrokreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 40 foizi miqdorida; - aholiga tibbiy xizmat ko’rsatishni tashkil etish, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, turizm sohasini rivojlantirish maqsadlari uchun mikrokreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 45 foizi miqdorida. Aholi bandligini ta’minlashning hududiy va maqsadli dasturlariga kiritilgan yuridik shaxslarga ish bil an ta’minlashga ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari xisobidan 10 000 AQSh dollarining so’mdagi ekvivalentidan ortiq miqdordagi kreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida. Budjetdan tashqari jamg’armalar kredit liniyalari hisobidan berilayotgan ushbu mikrokreditlar bo’yicha bank marjasi imtiyozli foiz stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi. Bunda bank marjasi o’rnatilgan imtiyozli foiz stavkalari miqdorining oshishiga olib kelmaydi. Bankdlikka ko’maklashish jamg’armasi kredit liniyasi hisobidan 2011 yilda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini moliyalash uchun 14,7 mlrd. so`m miqdoridagi mablag’lar yo’naltirildi va 2010 yilga nisbatan 2,8 mlrd. so’m ko’p mablag’ ajratildi. 2015-yilda esa dehqon va fermer xo`jaliklarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasining kredit liniyasi hisobidan dehqon-fermer xo’jaliklarini moliyalash uchun tijorat banklari tomonidan 506,0 mln. So`m miqdoridagi mablag’lar yo’naltirildi17 . Shuningdek, kichik biznes vakillari ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi davlat jamg’armasi kredit liniyalari hisobidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va kengaytirish uchun mikrokredit olishlari mumkin. 3. Mikrokreditbankning dastlabki sarmoyani shakllantirishga yo’naltirilgan kredit liniyasi. Dastlabki (boshlang’ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar sobiq “Biznes-Fond”ga tegishli kredit liniyalari mablag’larini Mikrokreditbankka qaytarilishi natijasida shakllanadigan imtiyozli kredit resurslari hamda Dehqon va fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi mablag’lari hisobidan beriladi. Dastlabki (boshlang’ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar faqat yangidan ochilgan va davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan 6 oydan oshmagan davr mobaynida kredit olish uchun tegishli xizmat ko’rsatuvchi banka buyurtma bergan yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko’rsatayotgan dehqon xo’jaliklari, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklarining faoliyatini boshlash uchun aylanma mablag’larni shakllantirishga, investitsiya loyihasining texnik- iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga, asbob-uskunalar sotib olish uchun beriladi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo’shma korxonalar ustav kapitali shakllangandan keyin tashkil etilishlari munosabati bilan ularga ushbu mikrokreditlar berilmaydi. Dastlabki (boshlang’ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko’rsatayotgan dehqon xo’jaliklari va mikrofirmalarga eng kam oylik ish haqining 150 baravarigacha miqdorda hamda kichik korxonalar va fermer xo’jaliklariga eng kam oylik ish haqining 300 baravarigacha bo’lgan miqdorda beriladi. Dastlabki (boshlang’ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz miqdori Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/6 qismini tashkil etadi. Mazkur mikrokreditlar uchun hisoblangan foizlar dastlabki 12 oy davomida tijorat banklari daromad (foyda) solig’i hisoblash bazasiga kiritilmaydi. 4. Tijorat banklarida mavjud barcha moliyalash manbalari hisobidan ajratiladigan mikrokerditlar va mikrolizing xizmatlari. Kichik biznes sub’ektlarini mikrokreditlash va mikrolizing xizmatlarini ko’rsatish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 6 maydagi 78-son qaroriga muvofiq “Mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari ko’rsatish tartibi to’g’risi”dagi vaqtinchalik Nizom talablari asosida amalga oshiriladi. Tadbirkorlik sub’ektlariga mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari ko’rsatish xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy biznesni va kasanachilikni rivojlantirish yo’li bilan yangi ish o’rinlari yaratish, aholi keng qatlamlarining, shu jumladan qishloq joylarda, moliyaviy resurslardan foydalana olishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Foydalanish yo’nalishlariga ko’ra mikrokreditlar: boshlang’ich (start) sarmoyasini shakllantirish uchun; biznesni rivojlantirishga (kengaytirishga) va aylanma mablag’larni to’ldirishga beriladi.