2.Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga doir bo`lgan informatsion-kommunikatsion dasturiy ta`minotini amaliy o`rganish
Mamlakatimiz – O’zbekistonda investitsiya sohasini rivojlantirish, mamlakatimiz ichida kiritilayotgan investitsiya miqdori va sifatini oshirish, chet davlatlardan ko’proq miqdordagi, uzoq muddatli investitsiya jalb qilish maqsadida investitsiya faoliyati va investorlar huquqini muhofaza qilish va unga qonuniy asos yaratish, mavjud qonuniy-me’yoriy ta’minotni takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yilning 25-dekabrida qabul qilingan “Investitsiyalar va investitsiyalar faoliyati to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunidan tashqari investitsion faoliyatni amalga oshirishning amality mezonlari haqidagi qonun va qarorlar ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yilning 14-yanvarida qabul qilgan 16-son “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish tizimini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori investitsiya dasturlarini shakllantirish, ularni mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga keskin va ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan loyihalar bilan to‘ldirishni ta’minlash, loyihalarni amalga oshirishda hamda ular ishga tushirilgandan so‘ng investitsiyadan keyingi monitoring tizimini joriy qilish maqsadida qabul qilingan. Qaror 8 bobdan iborat va o’zida 2 ta ilovani ham mujassam etadi.
“O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish tizimini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarorining 6-bobi (24-28-bandlar) “Investitsiya dasturining axborot ta’minoti” deb nomlangan va unda quyidagolar nazarda tutiladi:
Investitsiya dasturining axborot ta’minotini shakllantirish va yuritish ishlari Investitsiya dasturiga kiritilgan kapital qurilish obyektlari, ko‘chmas mulk obyektlari, investitsiya loyihalari hamda ularga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar haqidagi ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Axborot ta’minotini shakllantirish va yuritishda davlat sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlar bilan ishlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Axborot ta’minoti resursiga kiritilgan, davlat siri hisoblanmagan ma’lumotlar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Axborot ta’minoti resursiga kiritilgan, davlat sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlarni taqdim etish ishlari mansabdor shaxslari shunday axborotdan foydalanish uchun tegishli vakolati bo‘lgan organlar va tashkilotlarning so‘rovlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qarorning Investitsiyadan keyingi monitoringni amalga oshirish tartibi bobi (7-bob)ida quyidagilar nazarda tutilgan:
Investitsiya dasturi doirasida ishga tushirilgan obyektlarni monitoring qilish ishlari “investitsiya loyihalarini amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi yordamida amalga oshiriladi.
Axborot tizimida investitsiyadan keyingi monitoringni ko‘zda tutuvchi funksional imkoniyatlar yaratilgunga qadar ishga tushirilgan obyektlar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan tegishli davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishchi guruhlar tashkil qilgan holda joylarga chiqib, o‘rganish orqali amalga oshiriladi.
Ishchi guruhlar ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar asosida o‘rganish olib boradi, o‘rganish natijasida yagona bazani hamda past quvvatda ishlayotgan korxonalar va chetlanishlar bo‘lgan mavjud korxonalar ro‘yxatini shakllantiradi.
Ishchi guruhlar ishga tushirilgan korxonalar bo‘yicha ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini (ma’lumotlarni), statistika organlari ma’lumotlari hamda boshqa turdagi ma’lumotlarni loyihalarning biznes rejalari, tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslar yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitobda ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlar bilan taqqoslab, nomuvofiqliklarni hamda obyektlardagi muammolarni aniqlaydi.
Ishchi guruhlar o‘rganish natijasida tayyorlangan ma’lumotlarni mohiyati, yo‘nalishi va tegishliligi bo‘yicha umumlashtirib, guruhlarga ajratib, mavjud holat va muammolarni aniq yoritgan holda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga kiritadi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bir hafta muddatda kelib tushgan ma’lumotlar jamlanmasini tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda, mavjud tizimli va yakka holdagi muammolar bo‘yicha, past quvvatlarda ishlayotgan korxonalarda ishlab chiqarishni to‘liq quvvatga yetkazish bo‘yicha yechimlarni ko‘zda tutuvchi tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalar bo‘yicha Hukumat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) tasdiqlash uchun kiritadi.
Tegishli davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasdiqlangan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlaydi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining ijrosi bo‘yicha tizimli monitoring olib boradi va Hukumat komissiyasiga ma’lumotlarni kiritib boradi.
“Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi Investitsiya dasturini amalga oshirish ishlarining borishi, shu jumladan loyihalar tashabbuskorlari mablag‘larini, tijorat banklari kreditlarini, to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolati ostida olinadigan chet el kreditlarini o‘zlashtirish va moliyalashtirish (jalb etish) bo‘yicha statistika ma’lumotlarining axborot bazasi hisoblanadi.
Men amaliyot o’tashim mobaynida banklarda yuridik shaxslarga kredit ajratish va kredit-monitoring bo’limida investitsiyaga bog’liq muammo-masalalarga shaxsan guvoh bo’ldim va banklar faoliyatida qo’llaniladigan asosiy dasturiy ta’minot hisoblangan IABS (integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimi)da ishlashni, bank operatsiyalarini amalga oshirishni o’rgandim.
IABS dasturiy taʼminoti bank tizimini samarali olib borish maqsadida ishlab chiqilgan eng soʻnggi sifatli ishlanma boʻlib, u informatsion texnologiyalar bazasi asosida bank faoliyatini kompleks avtomatlashtirishga moʻljallangan. IABS maʼlumotlar hajmi va filiallar sonidan qatʼi nazar resurs (maʼlumot)larning yagona bazasi sifatida loyihalashtirilgan. Bunday tizim har jihatdan ishonchli va xavfsiz
sanalib, kamxarj va mehnat resurslarini tejashi bilan eʼtiborga molikdir. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, “Asaka” ATB, “Qishloq qurilish bank” ATB, “Hamkorbank” ATB, “Turonbank” ATB, “Aloqabank” ATB kabi yetakchi banklar axborot-kommunikatsiya tizimini oʻzlashtirishda ushbu dasturiy taʼminotga ham alohida eʼtibor qaratgan.
Bank avtomatlashtirishning barcha sohasini ikkita katta sohaga bo‘lish mumkin:
Jo‘natish va to‘lovlarni amalga oshirishni ta’minlovchi elektron to‘lov tizimi;
Bank ichi va buxgalteriya operatsiyalarini amalga oshiruvchi avtomatlashtirilgan bank tizimi.
Avtomatlashtirilgan bank tizimini funksional vazifasiga muvofiq uchta tizimostga bo‘lish mumkin:
1. Front-office (yuqori daraja) — bankni tashqi dunyo bilan munosabatini ta’minlovchi tizim osti. Tizim ostida birlamchi axborotni kiritish, bankning mijozlar, boshqa banklar, birja, O‘zRMB bilan munosabati amalga oshiriladi.
2. Back-office (o‘rta daraja) — umumbank va umumxo‘jalik faoliyatni qo‘llab quvvatlovchi tizim osti. Tizimostiga kredit bilan ishlash kiradi.
3. Accounting (quyi daraja) — buxgalter hisobining mavjud protsedura doirasida bank faoliyatining o‘z vaqtida va tuzatilgan aksiga javob beruvchi tizim osti. Mustaqil Analysis guruhiga — bankning hozirgi holatini tahlil qilish, rejalashtirish va bankning ichki auditini olib borishga mo‘ljallangan operatsiyalar ajratilgan.
Bugun bozorda ham mahalliy ham xorijiy ishlab chiqaruvlarning dastur mahsulotlari taqdim etilgan. Taqdim etilgan tizimlar narxi va ish bajarishi bilan bar necha marta farq qiladi. Bank biznesini O‘zbekistonda mustahkamlash ushbu bozorga g‘arb ta’minlovchilarining keng ko‘lamli va qimmatli qarorlari bilan kirib kelishlariga yordam berdi (mySAP Banking, KAPITAL24 Temenos kompaniyasidan, OFSA Oracle kompaniyasidan va boshqalar). Shu bilan bir vaqtda, bozorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan avtomatlashgan tizim sifati ham yaxshilanmoqda.
So‘nggi vaqtlarda milliy tizimlar O‘zRMB taqdim etgan funksiyalarning yetarlicha to‘liq to‘plamini, hisob-kitob va hisobotga o‘zgarishlarni qo‘llab quvvatlashini namoyon etmoqda. So‘nggi avlod tizimlari moslashuvchanlik, o‘rnatilganlik va arxitetura qarorlari sifati qismlarida xorijiy o‘xshashliklar bilan raqobatlashishi mumkin.
Xorijiy tizimlar yaratishda bank funksiyalari sohasida xalqaro bozorda ishlash bo‘yicha ko‘proq o‘ylangan, ko‘proq ishlangan. Xorijiy tizimlardan foydalanish, shuningdek, xalqaro auditor kompaniyalari orasida bank imidjiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, bozorda xorijiy tizimlarning ishtiroki o‘zbek sharoitlariga moslashtirilmagan: ular milliy standart hisob-kitobga va hisobotlarga past darajada yo‘naltirilgan, yuqori narxga ega, yuritish bo‘yicha ancha qimmat xizmatlarga ega. Xorijiy tizimlar, odatda, Rossiya banklarida a’lo darajada tarqalgan qimmatbaho kompyuter uskunasini qo‘llashga asoslanadi. Shuning uchun, hech narsaga qaramay, xorijiy tizimlarni o‘zlashtirish – bu etarlicha xarajatli qaror bo‘lib, u bundan tashqari bankdan Rossiya sharoitlariga tizimga moslashish bo‘yicha muhim kuchaytirishlarni (vaqt va vosita sarflashda aks etgan) talab etadi.
Bugun ABT bozorida 20ga yaqin firmalar - ABT ishlab chiqaruvchilar, turli dastur mahsulotlarini yaratuvchilar ishtirok etadi. O’zbekiston bozorida ABTni dasturiy ta’minotini “FIDO-biznes” tashkiloti ta’minlab beradi. Ko’p banklar IABS (Интегрированная Автоматизированная Банковская система) va GLOBUS dasturlaridan foydalanishadi.
Milliy bozorning fenomeni katta miqdorda shaxsiy ishlab chiqarish tizimining mavjudligi hisoblanadi. Bunda tizim tavsiflariga bo‘lgan talabchanlik darajasini oshishi va ularning imkoniyatlari kengayishi doirasida ishlab chiqarishning narxi va murakkabligi ortadi va oxirda bank mutaxassislari tomonidan ABT yaratish va ekspluatatsiya qilishning iqtisodiy nomuvofiqligiga olib keladi. SHu munosabat bilan shaxsiy mahsulotlaridan foydalanadigan banklar soni doimiy ravishda kamayib boradi, ko‘pchilik banklar har bir konkret bankning o‘ziga xosligi bo‘yicha moslashadigan tayyor ABTda tanlov qilishni afzal bilishadi.
Investorlar institutsional (qimmatli qog'ozlar bilan ish yurituvchi har xil moliyaviy kredit institutlari: tijorat va investitsiya banklari, sug'urta jamiyatlari, pensiya fondlari va b.) va yakka (xususiy shaxslar, shu jumladan, venchur biznesining uncha katta bo'lmagan korxona egalari) guruhlarga bo'linadi. Investitsiya bozorining faol qatnashchisi sifatida institutsional investorlar namoyon boʻlib ular bu faoliyat bilan professional asosda, investitsion biznesga o'zlarining bo'sh mablag'larini aksiyalar bo'yicha yuqor dividendlarni, ulushli qimmatli qog'ozlar bo'yicha foizlarni yok ularni qayta sotish operatsiyalaridan daromadlarni olish maqsadida jalb etishadi. Institutsional investorlar qimmatli qog'ozlar portfelini ularning kotirovkalarining fundamental prognozlariga va emitentlari biznesining raqobatbardoshligini uzoq va o'rta muddatli rejada baholashga asoslanib, shakllantirishadi. Shundan so'ng ushbu portfelning daromadga erishish va risk darajasini pasaytirish maqsadida qimmatli qog'ozlarni sotish yoki xarid qilish bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirish orqali boshqaradi. Jahon amaliyotining ko'rsatishicha, portfel investitsiyalar bozorining asosiy ishtirokchilari bo'lib, institutsional investorlar namoyon bo'lishadi. Bunda moliya bozorining aksariyat qismini nazorat qiluvchi Amerika institutsional investorlari (75% gacha) nazorat qilishadi.
So'nggi yillarda loyihaviy moliyalashtirishning iqtisodiyot taraqqiyotidagi, uning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirishdagi roli nihoyatda dolzarbligidan kelib chiqib, mamlakatimizda loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirishning huquqiy va institutsional asoslarini takomillashtirish borasida talaygina ishlar amalga oshirilmoqda.
Amaliyot o'tash joyi va investitsiya faoliyatini moliyalashtirish tartibi – bu moliyalashtirish sohasidagi muhim jarayonlardan biri bo'lib, kompaniyalarning kapitalni o'zlashtirish va daromad olishlari uchun asosiy vosita. Bu jarayonni moliyalashtirish tizimini tuzishda amalga oshiriladi va bu faoliyatning mustahkamligini, barqarorligini, va rivojlanishini ta'minlaydi. Quyidagi uzun maqolada, investitsiya faoliyatini boshlash va moliyalashtirishni tashkil etish jarayonlari haqida batafsilroq ma'lumot berilgan:
1.Investitsiya Faoliyati Boshlanishi
Investitsiya faoliyati boshlanganda, kompaniya o'z mablag'larini daromad olish va kapitalni o'zlashtirish uchun moliyalashtirishni boshlaydi. Buning uchun quyidagi asosiy qadamlar amalga oshiriladi:
2.Moliyalashtirish maqsadi va strategiyasi tayyorlash: Kompaniya moliyalashtirish maqsadlarini va strategiyasini belgilaydi. Bu strategiya qanday turdagi investitsiyalarni qo'llash, qaysi sohalarda faoliyat olib borish, va qancha mablag' ajratishni o'z ichiga oladi.
3.Investitsiya loyihasini ishlab chiqish: Kompaniya o'zni moliyalashtirish uchun zarur bo'lgan mablag'larni aniqlaydi va investitsiya loyihasini tuzishni boshlaydi. Loyiha, kompaniyaga moliyalashtirishni tashkil etish, moliyaviy maqbuliyatni yaxshi ko'rsatish, va daromad olishning tizimli yechimlarini taqdim etadi.
Umuman olganda bank tizimida investitsiyalarni moliyalashtirishda information-kommunikatsion dasturiy ta`minot muhim ahamiyatga ega. Investitsiya faoliyatini amaliy o’rganishda ham Microsoft Office dasturlari va internet saytlaridan foydalaniladi. Bularga MS Word, MS Excell, banklar saytlari tashkilotlarnign saytlari kabilarni yorqin misol qilib keltirishimz mumkin.Axborot texnologiyalarini bank faoliyatida qo`llashga harakat qilish birinchi marta AQSH, Yaponiya va Germaniya mamlakatlarida amalga oshirila boshlandi. Avvalo bu texnologiyalar ―operatsionistlar uchun yaratilgan tizimlardan iborat bo`lib, keyinroq ―Bank operatsion kuni dasturlari va ishlanmalari vujudga keldi. Banklar moliyaviy muassasalarini asosiy xususiyatlari va funksiyalari birinchi navbatda davlat, yuridik va jismoniy sub'yektlarning mijozlar pul mablag`larini saqlashdan iborat. Bankni avtomatlashtirish qo`mitasi (BAQ) – bankni avtomatlashtirilgan bo`linmalaridan tashkil topib, qaror va dasturlarni amalga oshirish ijroiy organini ifoda qiluvchi faoliyatini va bankni axborot kommuniyeatsiya texnologiyalarini qo`llashda quvvatlash doirasiga kiruvchi axborot texnologshiyalari bo`yicha guruh hisoblanadi. Bu qo`mitani vazifasi asosan xozirgi bozor isloxotlari davrida davr talabiga mos ravishda banklarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlash jarayonini yanada takomillashitirib bozor isloxotlari sharoitiga moslab tashkillashtirishdir. Axborot texnologiyalari portfeli - kompyuterlar, dasturiy ta‘minot, tarmoq va tizim quvvatlovchilariga investitsiyalarning eng samarali yechimlarni qabul qilish instrumentlarini va shu bilan birga tashkilot-muassasa darajasidagi texnologiyalar uchun nazorat-kuzatuv va samarali ijroiy rahbarlik uchun talab qilinadigan, jamlangan tabiiy mavjud axborotlarni, xulosalarni o`z ichiga oladi. Bankni boshqa aktivlari kabi axborot texnologiyalarini boshqarishga va umumiy tavsiflariga ―Axborot texnologiyalari portfeli (ATP) deb ataladi
Dostları ilə paylaş: |