Men amaliyot uchun tanlagan tijorat tashkilot investitsion faoliyatini o’rganish uchun avvalo uning asosiy maqsadi maqsadi va faoliyati haqida umumiy ma’lumot va tushunchalarni o’rganishni to’gri deb bildim. Buni amalga oshirish uchun amaliyot obyektidagi rahbarim va korxona boshlig’i hamda boshqalardan avval og’zaki so’ng esa hujjatlarga tayangan holda informatsiyalarni jamlab ularni tahlil qilish natijasida xulosalar shakllantirdim. Men korxnaning investitsion faoliyati o’rganish maqsadida ko’rxonaning bir nechta bo’limlarida:
Buxgalteriya (bolib o’tgan moliyaviy faolyatni) bo’limida firmaning umumiy moliyaviy holati va faoliyati, ustav fondiga qoyilgan va jalb qilingan mablag’larning ya’ni asosiy qoyilgan va qoshimcha jalb qilingan investitsiyalarning harakatlari, jalb qilish usullari va ularning natijasida keltirilgan foyda haqida ma’lumot olish uchun.
Marketing bo’limida esa buxgaleriya va savdo bo’limida hali amalaga oshmagan ammo istalgan tijorat tashkilotining faoliyatida juda muhim rolni bajaradigan faoliyat ya’ni marketing faoliyati va uning mijozlarni jalb qilib investitsiya qilingan mablag’larni doiming harakatda bo’lib turishi ta’minlash yollari va boshqa foydali tomonlarini o’rganish uchun.
Mamlakatimiz miqyosidagi investitsiya sohasiga keladigan bo’lsak lex.uz1O’zbekiston Respublikasi qonunchilik bazasidagi bugungi kundagi (20.07.2023) ma’lumotlarga ko’ra investitsiya sohasiga aloqador bo’lgan jami 626 ta qonun, qaror va farmoishlar mavjud bo’lib shulardan bugungi kunda amaldagilari 397 tani bo’lsa, muddati tugab o’z kuchini yoqotganlari esa 229 tani tashkil qiladi. Shuning o’zi mamlaktimizda ushbu sohada be e’tibor bo’lmayatganidan dalolat beradi. Shulardan eng asosi 1918-yil 24-dekabrda qabul qilinib, 2014-yil 9-dekabrda qabul qilingan boshqa bir qonunga2 muvofiq tahrirlangan O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I. Karimov tomonidan imzolangan 719-I sonli 28 moddadan iborat bo’lgan Investitsion faoliyat to’grisida3gi O’zbekiston Respublikasi qonunida davlatimiz hududidagi
Investitsiyalarni amalga oshirish shakllari.
Investitsiya resurslari.
Investitsiya faoliyat obyektlari, subyektlari, subyektlar aro o’zaro munosabatlar hamda ularning huquqlarining kafolatlari.
Investorlar hamda investitsiya faoliyati ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari.
Investitsiya faoliyatida narx belgilash.
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish.
Markazlashtirilgan investitsiyalar, ularni joylashtirish hamda ularni amalga oshirish bo’yicha qarorlar chiqarish.
O’zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi.
Investitsiya loyihalari ekspertizasi.
Investitsiya fondalari.
Investitsialarni himoya qilish.
Mablag’lardan foydalanish kafolati.
Investitsiyalarning qo’shimcha kafolatlari va himoya qilish choralari.
Investitsion faoliyat to’grisidagi qonun hujjatlarin buzganlik uchun javobgarlik.
Nizolarni hal qilish to’risidagi asosiy prisplar belgilab berilgan.
Bugungi kunda davlatimiz hududidagi investitsion faoliyatni baholash, tartibga solish hamda qo’llab quvvatlash kabi vazifalar bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4135-son qarorining4 ijrosini ta’minlash maqsadida O’z. Res Vazirlar Mahkamasining 10.05.2019 sanadagi qaroriga ko’ra “O’zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo” vazirligi tuzildi. Ushbu vazirlikning faoliyati haqida to’liqroq tushunchani ularning rasmiy saytidan5 olish mumkun.
Kredit maqsadi – ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asosiy vositalarni sotib olish, kapital qurilish, kreditlar qaytarib berishligi potensialidan kelib chiqgan holda Kredit bo`yicha foyiz stavkasi – bozor prinsiplari asosidagi kelishuv bo`yicha, shu jumladan mavjud resurslarning muddatligi, loyihalarning texnik iqtisodiy asoslaridan, kreditlar qaytarib berishligi potensialidan kelib chiqgan holda. O`z ishtirokning ulushi – loyihaning umumiy qiymatidan kamida 30%. Kredit bo`yicha garov ta`minotini – kredit summasining 125%dan kam bo`lmagan likvidli ta`minot. O’rgangan malumotlarimga ko’ra bank tizimida va umuman olganda barcha investitsiya loyihalarni qabul qilish va amalga oshirish - O‘zbekiston respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida” gi qonuni bilan tartibga solinadi (25.12.2019 yildagi o‘rq-598-son). Bu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan , Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda ma’qullangan. Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: – qonuniylik; – oshkoralik va ochiqlik; – investitsiya faoliyatini amalga oshirish erkinligi; – adolatlilik va investitsiya faoliyati subyektlarining tengligi; – investorlarga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik; – investorlarning vijdonliligi prezumpsiyasi. Investitsiya faoliyatining obyektlari: Ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarining obyektlari investitsiya faoliyati obyektlaridir. Barpo etilishi va foydalanilishi qonunchilikda belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlik talablariga va boshqa talablarga javob bermaydigan, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonun bilan 7 qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan obyektlarga investitsiya qilish taqiqlanadi. Investitsiya faoliyatining subyektlari: O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, yakka tartibdagi tadbirkorlari va yuridik shaxslari — rezidentlari, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, chet davlatlar, chet davlatlarning ma’muriy yoki hududiy organlari, xalqaro tashkilotlar hamda chet ellik yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar investitsiya faoliyatining subyektlaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yilning 25-dekabrida qabul qilingan “Investitsiyalar va investitsiyalar faoliyati to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni O’zbekistonda investitsiya faoliyatini belgilab beruvchi va tartibga soluvchi eng asosiy me’yoriy hujjat hisoblanadi. Qonun 12 bobdan iborat bo’lib, 2020-yilning 27-yanvarida kuchga kirgan. Ushbu Qonunning maqsadi chet ellik hamda mahalliy investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar va investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. U markazlashtirilgan investitsiyalar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solmaydi. Konsessiya faoliyati, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar tuzish, ularni bajarish va bekor qilish, investitsiya, pay va venchur fondlari, kapital bozorini, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni tartibga solish, davlat-xususiy sheriklik, maxsus iqtisodiy zonalar sohasidagi huquqiy munosabatlar alohida qonunlar bilan tartibga solinadi.