Amaliyot o`tash joyi va investitsiya faoliyatini moliyalashtirish tartibi bilan tanishish


Tanlov savdolari quyidagilarga bo`linadi



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə10/11
tarix26.10.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#161720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Makhmudbek Boltoev Hisobot 2.0 (3)

Tanlov savdolari quyidagilarga bo`linadi:
– ochiq turdagi tanlov savdolari: oferentlar soni cheklanmaydi;
– yopiq turdagi tanlov savdolari: oferentlar soni cheklanadi.
Oferentlar – bir shaxsning boshqa bir shaxsga tovar yetkazib berish, xizmat ko`rsatish va buyurtma berish uchun shartnoma tuzish haqidagi yozma va og`zaki xabarnoma yuborgan jismoniy yoki yurudik shaxs.
Amaliyot o`talgan joy “Ipoteka bank” ATIB Sergeli filiali, bank tomonidan investitsion loyihalarni rag`batlantirish maqsadida YaTT Yakubov Mirolim Xakimovich ga aylanma mablag`larni to`ldirish maqsadida (har xil turdagi avtoehtiyot qismlarni sotib olish uchun) 200 000 000,0 (ikki yuz million) so`m miqdorida 22,99% foiz satvkasida talabgorning arizasiga binoan kredit ajratdi. Kredit muddati: 18 oy.
Bank tomonidan investitsion loyihani moliyalashtirish uchun kredit ajratilganda, talabgor tomonidan kredit ta’minoti taqdim etilishi lozim va bu ta’minot so`ralayotgan kredit miqdoriga javob berishi lozim. YaTT Yakubov Mirolimdan ham kredit ta’minoti sifatida fuqaro Yakubova Dilfuza Bazarbayevnaga tegishli bo`lgan, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Bordonkul hududi, Nurafshon MFY da joylashgan turar-joy binosi 250 000 000,0 (ikki yuz ellik million) qiymatida garovga taqdim etiladi.
Ariza taqdim etilgandan so`ng investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun zarur bo`lgan hujjatlar taqdim etilishi lozim. Kerak bo`ladigan hujjatlar ro`yxati bank tomonidan beriladi va talabgor shu ro`yxat asosida hujjatlarni bank ma’muriyatiga taqdim etadi va talabgorning shaxsiy kredit yig`ma jildi shakllantiriladi. Shuningdek, bank tomonidan, hamma ro`yxatlar tekshirilib, kredit ajratish uchun loyiq deb topilgandan so`ng, bankning “Kredit monitoring” bo`limida xizmat ko`rsatuvchi bank xodimlari har 6 oy da YaTT Yakubov Mirolim korxonasida monitoringni amalga oshirib, bu asosida kredit monitoring dalolatnomasi tuziladi. Quyida shunday hujjatlarning nusxalari bilan tanishib chiqish mumkin.
Yuqoridagi moliyaviy reja asosida, korxonaning jami kapitali: 23 000 000, hamda bir oylik xarahatlari hamda bu xarajatlar nimalar kesimida taqsimlanishini ko`rish mumkin. Bu korxonaning kredit olishdan asosiy maqsadi kerakli bo`lgan asbob-uskunalar xarid qilish dan iborat. Amaliyot davomida bu korxonaning daromadlari, pul oqimlari, xarajatlar hamda kredit to`lovini o`z vaqtida amalga oshirmoqdami yoki kechiktirib to`lamoqdami shular haqida ma’lumotga ega bo`lib, shu manbalar asosida bank xodimlari bilan birgalikda kredit monitoring dalolatnomasi tuzishga muvaffaq bo`ldim. Kredit dalolatnomasida mijozning faoliyat olib borish manziliga chiqib o`rganilganda, savdo faoliyatini, haqiqatan, ham olib borayotganligi, shuningdek, tovar zaxirasiga egali, biznesga tayorligi, kredit to`lovini o`z vaqtida amalga oshirayotganligi ma’lum bo`ldi.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin