Amaliyot o`tash joyi va investitsiya faoliyatini moliyalashtirish tartibi bilan tanishish



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə5/11
tarix26.10.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#161720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Makhmudbek Boltoev Hisobot 2.0 (3)

1-rasm. Аsosiy kapitalga investitsiyalarning hajmi dinamikasi, trln. soʼm

2022 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan 15,2 trln. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2021 yilga nisbatan 74,9 % ni tashkil etdi. Ularning jami hajmidagi ulushi esa 2,0 % punktga kamayib, 5,6 % darajasida qayd etildi.





2- rasm. Yillar kesimida markazlashgan moliyalashtirish manbalari 
hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushlari,% da

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hududiy tarkibida eng yuqori ko‘rsatkichlar Qoraqalpog‘iston Respublikasida – hududdagi jami investitsiyalarning 12,7 % ini, Surxondaryo viloyatida – 12,1 % va Jizzax viloyatida – 9,7 % miqdorida kuzatildi.


Korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan investitsiyalar bo‘yicha
eng yuqori ulush Toshkent shahrida kuzatilib, bu hududda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 52,1 % ini tashkil etdi. Shuningdek, Toshkent viloyatida 39,3 %
va Navoiy viloyatida 30,7 % ni tashkil etdi.
Jalb qilingan moliyalashtirish manbalari tarkibida xorijiy investitsiya va kreditlar alohida o‘ringa ega. Xorijiy investitsiya va kreditlarning jami investitsiyalardagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida kuzatilib, mos ravishda 77,5 va 56,8 % ni tashkil etdi.



3-rasm. Hududlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar
So‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekiston jadal iqtisodiy o‘zgarishlarni boshdan kechirdi va xalqaro hamjamiyatda biznes va investitsiyalar uchun turli xil to‘siqlarini bartaraf etishda ochiqlik, yangilanish va qatʼiyatlilik ramzlaridan biri sifatida tobora ko‘proq namoyon bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasining "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunini samarali ijro etilishi uchun investorlar bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, hokimliklar, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va tijorat banklari rahbarlari o‘rinbosarlaridan iborat bo‘lgan davlat hokimiyat organlari hamkorligining 4 bosqichli mexanizmi muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu mexanizm investorlarning barcha so‘rovlariga tezkor javob qaytarish va qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishining samaradorligini kerakli tarzda nazorat qilish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining ko‘magi bilan tuzilgan, Respublikada faoliyat yuritayotgan investorlar bilan bevosita muloqotni taʼminlaydigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining rolini taʼkidlash muhim ahamiyatga ega. Xalqaro hakamlik sudlari institutining rivojlanishi ham faol qo‘llab-quvvatlanmoqda. O‘z navbatida, bu mamlakat investitsiya muhitining muhim va tizim tashkil etuvchi tarkibiy qismi bo‘lgan qonun ustuvorligini hamda davlat va mahalliy investorlar zimmasidagi majburiyatlarning to‘g‘ri bajarilishini taʼminlaydi.
Mamlakatning kompleks rivojlanishini ta’minlash va investitsion muhit jozibadorligini oshirish boʻyicha ilmiy izlanishlarni olib borishda, eng avvvalo, mamlakat va uning hududlari salohiyatini tadqiq qilish, ularni baholash, ta’sir koʻrsatadigan omillarni tasniflash, oʻzaro bogʻliqlik kasb etgan jihatlarni iqtisodiymatematik va ekonometrik usullar orqali ochib berish, ta’kidlanganidek, mazkur tadqiqotning vazifalaridan hisoblanadi. Buning uchun esa, rivojlangan mamlakatlarda qoʻllanilgan va yuqori natijalar keltirgan tajribalarni tahlil etish, muvaffaqiyatga olib kelgan usul va uslublar, omillarni Oʻzbekiston va uning hududlari miqyosida tatbiq etish boʻyicha ilmiyuslubiy hamda nazariy-amaliy taklif, tavsiyalarni ishlab chiqish muhimdir. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik holatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich, uning investitsion jozibadorligi hisoblanadi. Iqtisodiyotga kiritilayotgan investitsiyalar miqdori, uning dinamikasi mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish sur’atlarini belgilovchi asosiy omil sifatida investitsiya resurslari manbalarini shakllantirish va uning barqarorligini hududiy rivojlanishning muhim tarkibiy qismi sifatida e’tirof etish mumkin. Investitsiyalar hudud rivojlanishidagi asosiy omil sifatida qaralishini inobatga olganda, hududlarda investitsion muhitni shakllantirish, investitsion jozibadorlikni oshirishda samarali marketing strategiyalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Yuqorida berilgan vazifalarning bajarilish holatini tahlili qilish maqsadida, 4- rasmda aksiyadorlik jamiyatlaring sonidagi o‘zgarishlardan ko‘rish mumkin.

4-rasm. Aksiyadorlik jamiyatlari sonining o‘zgarishi (sonda)
O‘zbekistondagi aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimi shaklan va mazmunan xalqaro standartlar talablariga moslashib bormoqda. Bu borada korporativ boshqaruv tizimini chuqur isloh qilishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmon va qarorlari qabul qilinib, ijrosi ta’minlanmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720 sonli “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonidan kelib chiqib aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyati takomillashtirilib kelinmoqda. Aksiyadorlik jamiyatlari soni 2017 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 2021 yilning 1 may oyiga 659 tadan 595 taga yoki 10 % ga kamaytirilgan. Shuningdek yuqorida berilgan vazifalarning bajarilish holatini tahlili qilish maqsadida, 2-rasmda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalarning umumiy hajmi bo‘yicha yildan-yilga o‘zgarishlari keltirilgan.


Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin