4. Xalqaro moliya institutlari tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda qo’yiladigan talablar va mezonlarni o’rganish
Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotida katta rol o‘ynaydi. Ular turli mamlakatlarga mablag‘ ajratish va kredit berish bilan shug‘ullanadilar, jahon savdosini rivojlantirish va moliya tizimini barqarorlashtirishga yordam beradilar.
Xalqaro moliya tashkilotlari (XMT) - xalqaro moliya sohasida davlatlararo (xalqaro) bitimlar asosida tashkil etilgan institutlardir.
Quyidagilar xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokchilari hisoblanadi: davlat, nodavlat tashkilotlar.
Jahon iqtisodiy rivoji uchun xalqaro moliya institutlari qaysi funksiyalarni bajaradi?
jahon iqtisodiyotini tartibga solish, xalqaro savdoni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida global valyuta va fond bozoridagi operatsiyalar;
investision faoliyat (xalqaro va ichki milliy loyihalarga yo‘naltirilgan kreditlar);
Xalqaro valyuta jamg‘armasi 1945 yilda tashkil topgan bo‘lib, xalqaro valyuta tizimining rivojlanishini hamda 189 ta a'zo mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi. Xalqaro valyuta fondi to‘lov balansining joriy yoki potensial qiyinchiliklariga duch kelayotgan a'zo davlatlar xalqaro zaxiralarini tiklashga, milliy valyutalarini barqarorlashtirishga, importning uchun to‘lovlarni davom ettirishga va kuchli iqtisodiy o‘sish uchun sharoitlarni tiklashga kreditlar ajratish bilan asosiy muammolarni bartaraf etadi. Jahon banki guruhi vazifalari kengayishi bilan turli vaqtda tashkil etilgan va funksional, tashkiliy va hududiy jihatdan birlashgan besh tashkilotni o‘z ichiga oladi, jumladan:
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB);
Xalqaro rivojlanish assosiasiyasi (XRA);
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK);
Investisiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tarmoqli agentlik (IKKA);
Investisiyaviy nizolarni hal qilish xalqaro markazi (INHXM).
Jahon banki guruhining asosiy maqsadi rivojlanayotgan va iqtisodiyotiga o‘tish davrida bo‘lgan davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Ushbu guruh tarkibiga kiruvchi har bir institut o‘z resurslaridan mustaqil ravishda va o‘zlari belgilangan sharoitda mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishga hissa qo‘shadigan investisiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha faoliyat olib boradi.Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) Bretton-Vud konferensiyasi qaroriga asosan 1944 yilda tashkil etilgan bank. Global rivojlanish tashkiloti bo‘lib, Jahon banki guruhining missiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan, o‘rtacha daromadli va eng past darajadagi daromadli mamlakatlarga kreditlar, kafolatlar, xatarlarni boshqarish bo‘yicha mahsulotlar va maslahat xizmatlarini taqdim etuvchi eng yirik bank hisoblanadi.
Xalqaro rivojlanish assosiasiyasi (XRA)ga 1956 yil asos solingan bo‘lib, dunyodagi eng qashshoq mamlakatlarga foizsiz kreditlar va grantlar taqdim etadi. YaIMning qiymati aholi jon boshiga 835 AQSh dollardan oshmaydigan mamlakatlargina XRA dan qarz olish huquqqa ega. XRA 30-40 yillik muddatga va dastlabki o‘n yillik imtiyozli davr (belgilangan muddatning asosiy qarzini to‘lamaslik imtiyozi) bilan foizsiz kreditlar taqdim etadi.
Investisiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tarmoqli agentlik (IKKA) o‘z faoliyatini 1988 yilda boshlagan va rivojlanayotgan mamlakatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish, siyosiy xatarlardan sug‘urtalash va xususiy investorlarga kafolatlar berish, shuningdek maslahat va axborot xizmatlarini ko‘rsatish uchun tashkil etilgan. IKKA kafolati investorlarni mablag‘lar harakatini cheklashdan, musodara qilinishidan, harbiy va fuqaroviy tartibsizliklardan va shartnoma shartlarini buzish xavflaridan himoya qiladi.
Investisiyaviy nizolarni hal qilish xalqaro markazi (INHXM)ga 1966 yilda asos solingan bo‘lib, davlatlar va xususiy investorlar o‘rtasidagi nizolarni hal qilish bo‘yicha xalqaro arbitraj tashkiloti (xalqaro investisiyaviy arbitraj) hisoblanadi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) 1991 yildan buyon faoliyat yuritib, ochiq bozorga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga o‘tishni, shuningdek, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlarida xususiy va tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlovchi institutdir. Xususiy bank sektor bilan hamkorlikka e'tibor qaratgan holda, loyihalarga sarmoyalar kiritadi, davlat siyosati masalalari bo‘yicha muloqot olib boradi va innovasiyalarni rivojlantirish, barqaror va ochiq bozor iqtisodiyotini barpo etish uchun texnik yordam ko‘rsatadi.
Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u mintaqalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlar va texnik yordamlar ko‘rsatish orqali Osiyoning iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. OTB rivojlanayotgan a'zo mamlakatlardagi xususiy korxonalarga kapital qo‘yilmalar va kreditlar ajratish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam beradi. OTB tegishli mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga samarali hissa qo‘shadigan va mamlakat strategiyasiga muvofiq qashshoqlikni kamaytirishga eng katta ta'sir ko‘rsatadigan loyihalarni moliyalashtiradi.
Osiyo infratuzilma investisiya banki (OIIB) Osiyodagi murakkab infratuzilma ehtiyojlarini qondirish maqsadida davlatlarni birlashtirish uchun tashkil etilgan ko‘p tomonli moliyaviy institutdir. U o‘z faoliyatini 2014 yil yanvar oyida boshlagan va xozirgi paytda unga 57ta mamlakat a'zo. OIIB elektr va energetika, transport va telekommunikasiya, qishloq infratuzilmasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, suv ta'minoti va kanalizasiya, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda shaharlar va logistikani rivojlantirish sohalarida ishonchli va barqaror loyihalarni moliyalashtirishni taklif etadi.
2008 yilda tashkil topgan Moliyaviy ommaboplik al'yansining (MOA) maqsadi moliyaviy ommaboplik bo‘yicha samarali siyosatni amalga oshirish orqali moliyaviy resurslardan foydalana olmaydiganlar uchun tegishli moliyaviy xizmatlar sifatini va ulardan foydalanish imkoniyatini oshirishdan iborat. Dunyoning 95 rivojlanayotgan mamlakatlarining tartibga soluvchi moliyaviy tashkilotlarini birlashtiradi. Al'yans davlat moliyaviy tizimining iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shadigan muhim siyosiy sohalarda a'zo mamlakatlarga grantlar va texnik yordam ko‘rsatadi.
Islom taraqqiyot banki (ITB) - islomiy moliyalashtirishga yo‘naltirilgan ko‘p tomonlama rivojlanish banki 1975 yilda tashkil topgan. U a'zo mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish loyihalarini moliyalashtiradi. Bank shariat qonunlari va tamoyillariga asoslanib, a'zo davlatlar va butun dunyo musulmon jamoalarida ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
Islom taraqqiyot banki guruhiga quyidagi tashkilotlar kiradi:
Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK), 1999 yilda tashkil etilgan bo‘lib, xususiy sektorga moliyaviy xizmatlarni taqdim qiladi. U global hamkorlik platformasida kredit liniyalari, maslahatlar, aktivlarni boshqarish, investisiyaviy bitimlar va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun strategik hamkorlikni ta'minlaydi.
Moliyalashtirish usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi, jumladan: kapital va foyda olishda ishtirok etish, lizing, qisman qayta sotish va boshqalar.
1999 yilda asos solingan Xalqaro Islom savdo va moliya korporatsiyasi (XISMK) Islom taraqqiyot bankining avtonom bo‘linmasi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi butun Islom dunyosidagi odamlarning iqtisodiy ahvoli va turmush tarzini yaxshilash maqsadida savdoni rivojlantirish dan iborat.
1977 yilda tashkil etilgan Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining (XQXRJ) asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat ishlab chiqarishni ko‘paytirish va kam ta'minlanganlarning ovqatlanish holatini yaxshilash uchun moliyaviy resurslarni jalb qilishdan iboratdir. Jamg‘arma kam ta'minlangan qishloq uy xo‘jaliklarining ovqatlanishini yaxshilash, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va daromadlarni ko‘paytirishga sharoit yaratish
1-jadval
O’zbekiston va OTB o’rtasida amalga oshirilgan uzoq va qisqa muddatli loyihalar: Koronavirus kasalligi (COVID-19) pandemiyasiga qarshi 9900 dona polimeraza zanxiri reaksiyasi (PZR) to’plamlari, 10000 dona CPAP2 niqoblari va COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish uchun 200 dona funksional intensiv terapiya stendlari OTBning Osiyo-Tinch oceani tabiiy ofatlarga qarshi kurash fondi tomonidan $3 mln berildi. COVID-19ga qarshi favqulodda yordam rejasi 2021 yilda mamlakatda kasalhonaga yotqizish soni ortib borishi tufayli 1000 ta tez-tibbiy yordam mashinasi harid qilindi. 2021-yilda OTB Investitsiyalar va tashqisavdo vazirligiga O'zbekistonning integratsiya va rivojlanishishtirokini boshqarish bo'yicha tashabbuslarini va salohiyatini oshirish bo’yicha yordam ko’rsatdi. Osiyo taraqqiyot banki va “Indorama Agro” xorijiy korxonasi O‘zbekiston fermerlarining daromad manbalarini yaxshilash, ularning iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirish va COVID-1 9 pandemiyasidan so‘ng davom etayotgan tiklanishni qo‘llab-quvvatlash uchun $15 mln.lik qarz kelishuvi imzoladi. Bu haqda bankning rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Qarz mablag‘i paxta va bug‘doy yetishtiruvchi fermerlarga avanslarni moliyalashtirish, 3600 dan ortiq fermer va qishloq xo‘jaligi ishchilari uchun yo‘naltiriladi Shuningdek, ularning iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirish va barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotini ilgari surish uchun bevosita agrotexnik yordam ko‘rsatiladi. Moliyalashtirish fermerlarni Better Cotton Initiative (BCI) tamoyillari bo‘yicha o‘rgatish va zararkunandalarga qarshi integratsiyalashgan boshqaruv amaliyotini takomillashtirish bilan bog‘liq asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan Barqaror rivojlanishga bog‘liq kredit (SBR) sifatida tuzilgan. BCI tamoyillari agrokimyoviy moddalarga qaramlikni kamaytirish, suv resurslarini va yer resurslarini samarali boshqarish va bioxilma-xillikni ta’minlash maqsadida zararkunandalarga qarshi kurashishning biologik vositalarini afzal ko‘rishni, shuningdek xalqaro mehnat, gender va ijtimoiy himoya standartlarini ilgari surishni o‘z ichiga oladi. “Ushbu moliyashtirish COVID-19dan keyingi tiklanishni qo‘llabquvvatlagan holda fermerlarga iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashishda yordam berish uchun qishloq xo‘jaligiga xususiy sektorning muhim investitsiyalarini jalb qilishga yordam beradi”, — dedi “OTB"ning Xususiy sektor operatsiyalari bo‘yicha Bosh direktori Syuzan Gaburi. Bizning “Orient Finance Bank” XATB da xam boshqa xalqaro moliya institutlari bilan investitsiya loyihalarni moliyalashtirishning birqancha liniyalari mavjud va u 4-ilovada to’liq keltirilib o’tilgan.