Amaliyot o`tash joyi va investitsiya faoliyatini moliyalashtirish tartibi bilan tanishish


Mamlakatimizda yaratilgan investitsiya muhiti hamda real sektorga yo’naltirilgan investitsiyalarni o’rganish



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə4/11
tarix26.10.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#161720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Makhmudbek Boltoev Hisobot 2.0 (3)

3.Mamlakatimizda yaratilgan investitsiya muhiti hamda real sektorga yo’naltirilgan investitsiyalarni o’rganish


Qulay investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish orqali strategik masalalarni yuzaga chiqarish va hal etish Strategik rivojlanish agentligining asosiy vazifasi hisoblanadi. Hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga katta hissa qoʻshishga qodir yirik strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini yaratish uchun qulay investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish orqali strategik masalalarni yuzaga chiqarish va hal etish Strategik rivojlanish agentligining (SRA) asosiy vazifasi hisoblanadi. Shu maqsadda har yili hududlarning investitsion muhiti tahlil qilib boriladi, bu ish har bir hududni sohani boshqarish boʻyicha mavjud tizim sifati hamda hududning investitsiya salohiyati darajasi (mehnat resurslari, moliyaviy resurslar, infratuzilma, yer va tabiiy resurslar va boshq.) nuqtayi nazaridan baholashga imkon beradi. Mazkur tahlil bu hududlarning kuchli va zaif tomonlarini xolisona aniqlashga va ularning investitsion jozibadorligini oshirish boʻyicha konkret takliflar ishlab chiqish uchun zamin yaratishga yordam beradi. Shuningdek, barcha takliflar biznes-hamjamiyat va davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda keng muhokamadan oʻtkaziladi. Shu maqsadda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida samarali hamkorlik qilish uchun ekspert platformalari tashkil etilgan. Agentlik tomonidan biznes-hamjamiyat va xalqaro maslahatchilar bilan birgalikda norasmiy iqtisodiyot koʻrsatkichlari eng yuqori boʻlgan sektorlar tahlili oʻtkazilgan boʻlib, ushbu tahlil Oʻzbekistonda biznes yuritishdagi toʻsiq va gʻovlarni kamaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga qaratilgan. Jahon banki ekspertlari bilan hamkorlikda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar (TTXI) strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Mazkur loyiha doirasida TTXI har tomonlama oʻrganildi, ularning tarixiy koʻrsatkichlariga baho berildi, jalb qilingan investitsiyalar turlari, asosiy 17 sherik davlatlar va TTXI jalb qilish boʻyicha iqtisodiyot sektorlari (tarmoqlari) tahlili amalga oshirildi. Ushbu sohadagi siyosat, xususan, TTXI sohasiga oid asosiy normativ instrumentlar, institutsional muhit, biznesga kirish va uni tashkil qilish tartiblari sharhlandi, shuningdek, investitsiya siyosati va normativ-huquqiy baza tahlili oʻtkazildi, investitsiyalarni jalb qilishdagi toʻsiqlar aniqlandi va ushbu mavzu boʻyicha sharh hozirlandi. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi bir qator ustuvor tarmoqlar orasidan mamlakat iqtisodiyotining “drayverlar”ini aniqlash, tanlangan tarmoqlarga investitsiyalarni jadal jalb etish boʻyicha tavsiyalar, aniq chora-tadbirlar va tashabbuslarni tayyorlash, aniq harakatlar rejasi bilan 2030- yilgacha TTXIni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqish imkonini beradi. Bundan tashqari, BAA hukumati bilan birgalikda Oʻzbekistonning istiqbolli davlat xizmatchilari orasidan “Yosh liderlar”ni tayyorlash boʻyicha qoʻshma dastur yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ular 4 oy davomida turli yoʻnalishlar boʻyicha intensiv oʻquv kurslaridan oʻtishadi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Strategik tashabbuslar agentligi bilan hamkorlikda bir qator yoʻnalishlar boʻyicha tasdiqlangan Amaliy chora-tadbirlar rejasi doirasida muayyan ishlar olib borilmoqda. – Iqtisodiyotga investitsiya jalb qilish sohasida 2021-yilning asosiy yakunlari haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtsangiz? Xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi qaysi tarmoqlarga toʻgʻri keldi? Oʻzbekistonga investitsiya kiritish hajmi boʻyicha qaysi davlatlar yetakchilik qildi? – 2021-yil yakuniga koʻra, oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 11,1 mlrd. dollarni tashkil etdi (yillik prognozga nisbatan 113% bajarildi), shu jumladan, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 9,8 mlrd. dollarga yetdi (2020- yil koʻrsatkichlariga nisbatan oʻsish surʼati 110%). Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 9 mlrd. dollarga yoki prognozga nisbatan 117%ga, shu jumladan, asosiy kapitalga 2020-yilga nisbatan 124 foizlik oʻsish bilan 8,2 mlrd. dollar oʻzlashtirildi. Xalqaro moliya institutlari va 18 xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlarining oʻzlashtirilishi 2,1 mlrd. dollar yoki yillik prognozning 100 foizini tashkil etdi.6 2021-yilda TTXI va kreditlar hisobidan tarmoq korxonalari tomonidan 3,8 mlrd. dollar yoki prognozga nisbatan 103 foizga, hududiy loyihalar boʻyicha esa 5,2 mlrd. dollar yoki prognozga nisbatan 130 foizga oʻzlashtirildi. Investitsiyalarning asosiy hajmi energetika sektori, metallurgiya, kimyo sanoati, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, IT-texnologiyalar, qurilish, farmatsevtika, yengil sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarga toʻgʻri keldi. Bugungi kunda Oʻzbekiston iqtisodiyotiga 50 dan ortiq davlat investitsiya kiritayotgan boʻlib, xususan, Xitoy (2,2 mlrd. doll.), Rossiya (2,1 mlrd. doll.), Germaniya (800,7 mln. doll.), Turkiya (1,18 mlrd. doll.) va Janubiy Koreya (137,4 mln. doll.) asosiy investor davlatlar hisoblanadi. – Mamlakat rahbariyati tomonidan taklif etilgan loyiha guruhlarining respublika hududlarida ishlash mexanizmi Agentlik ishtirokida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan puxta ishlab chiqildi. Agentlik loyiha guruhlaridan tortib, to jarayonda ishtirok etayotgan idoralargacha boʻlgan har bir loyiha aʼzosi uchun dastlabki ish metodologiyasini ishlab chiqdi. Yangi mexanizm “pastdan yuqoriga” prinsipi asosida ishlaydi. Tuman va shaharlarning loyiha guruhlari biriktirilgan hududning salohiyat va imkoniyatlarini oʻrganadi va tahlil qiladi, mahalliy tadbirkorlarga viloyat miqyosidagi loyiha ofislariga joʻnatiladigan loyiha talabnomalarini tayyorlashda koʻmaklashadi. Viloyat loyiha ofislari tumanlardan olingan barcha maʼlumotlarni toʻplaydi va tahlil qiladi, viloyat miqyosida loyiha talabnomalarining imkoniyatlarini, jumladan, bir nechta (ham mavjud, ham istiqboldagi) loyihalarni potensial kooperatsiya nuqtayi nazaridan koʻrib chiqadi, ustuvor loyihalar tanlovini amalga oshiradi. Barcha maʼlumotlar Markaziy loyiha ofisi – ITSVga topshiriladi. Respublika loyiha ofisi eng ustuvor investitsiya loyihalarini aniqlab, butun respublika kesimida loyihalar portfelini shakllantiradi. Loyiha ofisi oʻz tarkibiy 6 https://miit.uz/oz 19 boʻlinmalari va qaramogʻidagi agentliklari kuchi bilan loyiha hujjatlarini, jumladan, tizerlar va biznes-rejalarni, taqdimotlarni tayyorlash va tamomiga yetkazish ishlarini tashkil qiladi. Loyiha guruhlarining ishi shu bilan tugamaydi – investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonidan to loyiha barqarorligi yoki daromadliligi bilan bogʻliq muayyan koʻrsatkichlarga erishilgunga qadar ushbu loyihalarga hamrohlik qilinadi. Investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash qismida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasidan moliyaviy koʻmak olish imkoniyatini ham taʼkidlab oʻtish joiz.
Аsosiy kapitalga investitsiyalar – yangi asosiy fondlarni sotib olish
va takror ishlab chiqarishga yoʼnaltirilgan xarajatlar majmuini bildiradi.
Soʼnggi 6 yildagi asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi dinamikasi shuni
koʼrsatmoqdaki, u deyarli 4 martaga koʼpayib, oʼsish tendentsiyasiga ega boʼlmoqda


Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin