Aylanani teng olti bo'lakka bo'lish. Bu aylanani teng uchga bo'lishning davomi hisoblanadi. Eng oldin aylana teng uchga bo'lib olinadi (7.8-chizma,
So'ngra radiusni o'zgartirmasdan 7-nuqtadan yoy chiziladi. Shunda aylana teng olti bo'lakka bo'linadi (7.8-chizma, a).Topilgan barcha nuqtalar ketma- ket o'zaro tutashtirilsa, muntazam oltiburchak hosil bo'ladi (7.8-chizma, b). Aylanani teng o'n ikki bo'lakka bo'lish.Buning uchun aylana dastlab teng olti bo'lakka bo'lib olinadi (7.8-chizma, a).So'ngra gorizontal markaz chizig'i va uning aylana bilan kesishayotgan 4- hamda 10- nuqtalaridan sirkulda aylana radiusiga teng yoylar chizilsa, aylana o'zaro teng 12 bo'lakka bo'linadi (7.9-chizma, a).Barcha nuqtalar ketma-ket o'zaro tutashtirilsa, muntazam o'n ikki burchak yasaladi (7.9-chizma, b).
Aylanalarni teng boʻlaklarga boʻlishning nazariy asoslari
Aylanani teng bo‘laklarga bo‘lish va muntazam ko‘pburchaklar yasash Ayrim detallarning chizmalarini, bino va inshoot loyihalarini, muntazam ko‘pburchakli parketlar va boshqa naqqoshlikda yasalgan, muntazam “girix” nomli naqshlarni bajarishda teng tomonli ko‘pburchaklarni yasashga to‘g‘ri keladi. Bu holda aylanani kerakli n ta teng yoyga ajratib, qo‘shni bo‘linish nuqtalari tutashtirilsa, muntazam n burchak hosil bo‘ladi. Shunga ko‘ra quyidageometrik shakllarning yasalishini aylanalarni teng bo‘laklarga bo‘lish orqali hosil bo‘lishini ko‘rsatib o‘tamiz.
Aylananitenguchgabo‘lish(14.1-rasm). Aylananing biror nuqtasidan, hozirgi holda, K nuqtasidan aydana radiusi R bilan yoy chiziladi. Bu yoy bilan
aylananing kesishgan Ava Cnuqtalari aniqlanadi hamda bu nuqtalar o‘zaro birlashtiriladi. Hosil bo‘lgan AC kesma izlanayotgan uchburchakning bir tomoni
bo‘ladi. Bu uchburchakning qolgan tomonlarini topish uchun A yoki C nuqtadan
radiusli AC kesmaga teng bo‘lgan yoy chiziladi. Bu yoy aylana bilan kesishib, Bnuqtani hosil qiladi, so‘ngra Bnuqta Ava Cnuqtalar bilan birlashtiriladi.
Hosil bo‘lgan ABCuchburchak izlanayotgan uchburchakni ifodalaydi. 14.1-rasm 14.2-rasm Aylanani teng to‘rtga bo‘lish(14.2-rasm).
Aylanaga ichkichizilgan kvadrat yasash uchun ayanani tengto‘rt bo‘lakka bo‘luvchi o‘zaro perpendikular ABv a CDdiametrlari o‘tkaziladi. Diametrlarning uchlarini ketma-ket tutashtirilsa, kvadrat ABCD hosil bo‘ladi.
Agarda ichki chizilgan kvadratning tomonlari gorizontal va vertikal holatda bo‘lishi talab qilinsa, u holda kvadratni yasash quyidagicha bo‘ladi. Avvalo
aylanani teng to‘rt bo‘lakka bo‘luvchi AB va CD diametrlari o‘tkaziladi, keyin ularning uchidan, ya’ni B, Cva Dnuqtalardan shu aylana radiusi bilan yoylar chiziladi, bu yoylar mos holda kesishib, 1 va 2 nuqtalarni beradi. Bunuqtalar aylana markazi O bilan birlashtiriladi. Hosil bo‘lgan O1 va O2 to‘g‘ri
chiziqlar aylana bilan kesishib, M va K nuqtani beradi. So‘ngra M va K nuqtl ardan ABva diametrga parallel qilib MNva LKto‘g‘ri chiziqlar o‘tkaziladi. u to‘g‘ri chiziqlar aylana bilan kesishib, ko‘pburchakning N va L nuqtalarini beradi. Keyin topilgan MNLK to‘rtburchak izlanayotgan kvadratni ifoda qiladi.Aylanani teng beshga bo‘lish (14.3-rasm). Aylananing o‘zaro perpendikular bo‘lgan MN va DF diametrlarining yarmi, masalan ON (R) tengikkiga bo‘linadi va uning o‘rta Lnuqtasi ikkinchi diametrning biror, hozi rgi holda D uchi bilan birlashtiriladi. L nuqtadan R =DLradiusi bilan yoy chiziladi. Bu yoy MN diametrni Knuqtada kesadi va Knuqta bilan Dnuqta birlashtiriladi, natijada berilgan aylanani teng besh bo‘lakka bo‘luvchi DK kesma (radius) hosil bo‘ladi. Keyin D nuqtadan DK radius bilan yoy chiziladi, bu yoy
aylanani Eva C, Ava Bnuqtalar hosil qilinadi. So‘ngra topilgan A, B, C, D va E nuqtalar o‘zaro ketma-
ket birlashtiriladi, natijada hosil bo‘lgan ABCDEko‘pburchak izlanayotgan muntazam beshburchakni ifoda qiladi. DK masofa muntazam beshburchakning bir tomoniga
teng.Aylanani teng oltiga bo‘lish (14.4-rasm). Ichki chizilgan muntzam oltiburchakning tomonlari aylana radiusiga teng. Aylananing o‘zaro perpendi kular bo‘lgan MN va FC diametrlari o‘tkaziladi, so‘ngra ularning birortasini, masalan, FC diametrning F va C uchlaridan R=FO=CO radiusda yoylar chiziladi va bu yoylar berilgan aylanani
tegishlicha Ava Ehamda Bva Dnuqtalarda kesadi.
Topilgan bu nuqtalar ketma-ket o‘zaro birlashtirilsa, muntazamoltiburchakhosil bo‘ladi.
Aylananitengyettigabo‘lish(14.5-rasm). Aylananing o‘zaro perpendikular bo‘lgan AB va CD diamterlarini o‘tkazib, ulardan birortasi, masalan, CD diametrining yarmi OC teng ikkiga bo‘linadi.
Buning uchun C nuqtadan shu aylana R radiusida yoy chiziladi. Bu yoy berilgan aylanani 1 va E nuqtalarda kesadi. Bu nuqtalarni birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziq OС radiusni F nuqtada kesadi. F nuqta OС radiusni, shuningdek, E1kesmani teng ikkiga bo‘ladi. E1kesmaning yarmi EF(F1) ber ilgan aylanani ettiga bo‘luvchi kesma uzunligidir. Shunga ko‘ra 1
nuqtadan F1radiusbilanyoychiziladi. Bu yoy aylanani 2 va 7 nuqtalarda kesa di. Keyin 2 va 7 nuqtalardan yanashu F1 radius bilan yoylar chizib, 3 va
6 nuqtalartopiladi va hokazo. Topilgan 1, 2, 3, 4 … nuqtalar o‘zaro birlashtiri lsa, teng tomonli etti burchak hosil bo‘ladi.
Aylanani teng sakkizga bo‘lish (14.6-rasm). Aylananing o‘zaro AE va CK diametrlari o‘tkazilgandan so‘ng, ularning A, Cva Enuqtalaridan shu aylana radiusi R bilan yoylar chiziladi. Bu yoylar mos holda o‘zaro
kesishib, Mva Nnuqtalarni hosil qiladi. Aylana markazi Obilan Nva Mbirla shtiriladi va bu to‘g‘ri chiziqlar berilgan aylana markazidan o‘tib,
uni Bva Fhamda Dva Lnuqtalarda kesadi. So‘ngra topilgan nuqtalar o‘zaro birlashtiriladi. Natijada izlanayotgan teng tomonli ABCDEFKL sakkiz burchakka ega bo‘linadi. Aylanani teng o‘n ikkiga bo‘lish (14.7-rasm). Aylananing o‘zaro perpendikular bo‘lgan ABva CDdiametrlari o‘tkaziladi. Bu diametrlarning A , B, Cva Duchlaridan shu aylana radiusi bilan uni kesuvchi yoylar o‘tkazilad
i. Bu yoylar aylanani tegishlicha 2, 6, 5, 9, 3, 11, 8 va 12 nuqtalarda kesadi. A gar bu topilgan 1(A), 2,3,4(C), 5, … nuqtalar ketma-ket o‘zaro birlashtirilsa, izlanayotgan muntazam o‘n ikki burchak hosil bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan usullardan tashqari aylanani teng uchga, oltiga, sakkizga, o‘n ikkiga bo‘lishni chizg‘ich va uchburchaklik bilan bajarish mum kin.
14.7-rasm 14.8-rasm
BerilganABkesmaorqaliturlimuntazamko‘pburchaklarniyasash (14.8- rasm). AB radius bilan A va B nuqtalardan chizilgan yoylar O va O nuqtalarda
kesishadi va ular tutashtirilsa, barcha ko‘pburchaklar yasash uchun chiziladigan
aylanalarning simmetriya o‘qi o‘tkazilgan bo‘ladi. Kvadrat yasash uchun B nuqtadan AB ga perpendikulyar chizib, uni yoy bilan kesishgan C nuqtasi aniqlanadi