Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
qoldi. Shamayda ekanman, qanotim bo‘lsa, vatanga uchsam, to‘ppa-to‘g‘ri xon o‘rdasiga 
tushsam-da, o‘risning hukumat qonunlarini birma-bir arz qilsam, xon ham arzimni 
tinglasa-da, barcha elga yorlig‘ yozib o‘risning idora tartibini dasturilamal etishka 
buyursa, men ham bir oy ichida o‘z elimni o‘risniki bilan bir qatorda ko‘rsam... ammo o‘z 
elimga qaytib ko‘rdimki, Shamayda o‘ylag‘anlarim, oshiqqanlarim shirin bir xayol emish. 
Bu yerda so‘zimni eshitkuchi birov ham  bo‘lmadi, bo‘lsalar ham: “Sening orzungni shu 
xonlar eshitadimi, shu beklar ijro qiladimi?” deb meni ma’yus qildilar. Ilgariroq men 
ularning gapiga bovar qilmay yursam, so‘ngg‘idan to‘g‘ri so‘zni aytkanlarini bildim. 
Darhaqiqat, mozoristonda «hayya alalfalah» xitobini kim eshitar edi. 
Majlis Otabekning Shamay taassurotini maroq bilan eshitkan, shu kungacha hech 
kimdan eshitilmagan uning fikrlariga ajablangan edi. Istiqbol qayg‘usi  tushiga ham 
kirmagan bu Turkiston otalari Otabekning daruni dildan chiqarib aytkan gaplaridan 
hissasiz qolmadilar: 
— Amiri Umarxondek odil poshsho bo‘lsa, — dedi qutidor, — biz ham o‘risdan oshib 
ketar edik. 
Ziyo shohichi: 
— Bizning bu holga tushishimiz o‘z fe’li xo‘yimiz-dan. 
Akram hoji: 
— To‘g‘ri. 
Homid ham boshqalardan qolishmas uchun: «Xudo kofirning dunyosini bergan» deb 
qo‘ydi. 
— Manimcha, o‘risning bizdan yuqoridalig‘i uning ittifoqidan bo‘lsa kerak, — dedi 
Otabek, — ammo biz-ning kundan-kunga orqag‘a ketishimizga o‘z ora nizo’imiz sabab 
bo‘lmoqda, deb o‘ylayman, boshqa  xil aytkanda Ziyo amakining fikrlari qisman to‘g‘ri. 
Oramizda bu qo‘rqunch holatka bahaqqi tushunadirg‘an yaxshi odamlar yo‘q, bil’aks 
buzg‘uchi va nizo’chi unsurlar tomir yoyib, har zamon sodda xalqni halokat chuqurig‘a 
qarab tortadilar. Bu kungi qora chopon va qipchoq nizo’larini sizga bir timsol o‘rnida 
ko‘rsatayin: o‘ylab ko‘rilsin, bu nizo’lardan bizga qanchalik foyda va qipchoq 
og‘aynilarg‘a nima manfaat hosil bo‘lmoq-da?— Faqat bundan foydalang‘uchilar ikki xalq 
orasig‘a adovat urug‘ini sochib yurg‘uchi bir necha e’vogar boshluqlarg‘inadir. Masalan, 
Musulmonqulni kim xolis odam, deb o‘ylaydir? — Uning yurt uchun qon to‘kishdan 
boshqa nimaga foydasi tegdi? Musulmonqul o‘z g‘arazi yo‘lida orada yo‘q nizolarni 
qo‘zg‘ab, kuyavi Sheralixonni o‘ldirdi, gunohsiz Murodxonni shahid etdi, qo‘y kabi 
yovvosh Toshkand hokimi Salimsoqbekni o‘ldirib, o‘rniga Azizbekdek zolimni belguladi va 
o‘zini mingboshi deb e’lon qilib, aqlsiz bir go‘dakni (Xudoyorni) xon ko‘tarib el yelkasiga 
mindi. Tuzuk, agar Musulmonqul bu ishlarni bir yaxshi maqsadni kuzatib qilg‘anda, 
zolimlarni o‘rtadan ko‘tarib, yurtka osoyish berganda, unga kim nima deya olur edi? 
Holbuki, Toshkand tarixida misli ko‘rilmagan Azizbek kabi vah-shiyni faqat shu 
Musulmonqul qo‘lidan oldi. Basharti, Musulmonqul chin inson bo‘lsa, insondan vahshiy 
tug‘ilganini hech kim eshitkan chiqmas. Modomiki, o‘z g‘arazi yo‘lida istibdod orqali el 
ustiga hukmron bo‘lg‘unchilar yo‘qotilmas ekanlar, bizga najot yo‘qdir, magar shunday 
g‘arazchilarni ular kim bo‘lsalar ham ish boshidan quvlash va ular o‘rniga yaxshi xolis 
odamlarni o‘tquzish najotimizning yagona yo‘lidir. 
Otabek majliska tamoman yangi va eshitilmagan fikrlarni so‘zlab ketdi, ular bekning 
og‘zig‘a anqayishib qolgan edilar. Darhaqiqat, o‘z ora bitmas nizo’larning asli mansha’ini 
ul yaxshi onglab tahlil qilar va durust qiymat berar edi. Uning shu yo‘sun mulohaza va 
fikrlari majliska chuvalg‘an ipning uchini topib bergandek bo‘lib, lafzan bo‘lmasa ham 
ma’nan ularning tahsin va olqishlarini oldi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin