Bilim sohasi: Ta`lim yo’nalishi


Mustaqil ta’lim topshiriqlari bo‘yicha tavsiyalar



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə19/64
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#95760
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64
13691 мактабгача олиго

Mustaqil ta’lim topshiriqlari bo‘yicha tavsiyalar

Mustaqil ta'lim oliy o’quv yurtida talabalarni o’quv mashg’ulotlarining asosiy metodlaridan biri bo’lib, u o’quv-tarbiya ishlarining barcha jabhalarini qamrab oladi. Mustaqillik – faoliyatning barcha turlari va insonning aqliy, irodaviy va hissiy faolligi bilan chambarchas bog’liq bo’lgan eng fundamental psixologik–pedagogik kategoriyalardan biridir.
Mustaqillikning asosiy belgilariga ishning maqsadga yo’naltirilgan metodi va usullarini bilish, jadallik va faoliyatga ijodiy yondashish, o’zini nazorat qila olish qobiliyati, faoliyatni rejalashtirish va tashkil etish kiradi.
Ana shularga bog’liq ravishda “Maktabgacha oligofrenopedagogika” fani boyicha talabalar Mustaqil ta’limlarni bajarish jarayonida mavzu yuzasidan yanada kengroq ma'lumotlarga ega bo’lishlari uchun qo’shimcha adabiyotlarni o’rganadilar, taxlil qiladilar, mashg’ulotlarning ishlanmalarini, referatlar tayyorlaydilar.
“Maktabgacha oligofrenopedagogika” kursi boyicha Mustaqil ta’limlar talabalarning kelajakdagi amaliy faoliyatini samarali bo’lishiga imkon yaratadi.



    1. Fanni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish boyicha tavsiyalar

Ushbu fanni o’rganishda talabalar o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir.
Mazkur fani o’qitish jarayonida ta`limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-texnologiyalari qo’llanilishi nazarda tutilgan.
-maxsus pedagogika yo’nalishlari boyicha ma`ruzalar darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektoron texnologiyalar;
- rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, shakllari, usullari, tamoyillari boyicha mavzularda o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlarda «Aqliy hujum», «BBB» kabi pedagogik texnologiyalardan;
- rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar maxsus korrektsion mashg’ulotlar tashkil etish usullarini aniqlash, tahlil etish boyicha amaliy mashg’ulotlarda kichik guruh munosabatlari, «PMK», «FSMU», «Elkan», «3 bosqichli intervyu», «Gamburger» texnologiyalarini qo’llash nazarda tutiladi.



    1. Taqvim-mavzuiy reja




Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin