Biologik kimyo


Oqsillarning to‘rtlamchi strukturasi



Yüklə 13,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/42
tarix01.11.2019
ölçüsü13,42 Mb.
#29484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Biologik kimyo (Sobirova R.A.) - 2006 у.


Oqsillarning to‘rtlamchi strukturasi

Ba’zi oqsil molekulalari bir necha polipeptid zanjirdan iborat bo‘lib, 

ular  subbirliklar  yoki  protomerlar  deb  nomlanadi.  Har  bir  protomer 

o ‘ziga xos birlamchi, ikkilamchi  va uchlamchi strukturalariga ega.



Protomerlar  va  ular  qism larining  bir-biriga  nisbatan fazoda 

¡oylashuvi oqsil molekulasining to ‘rtlamchi strukturasi deb nomlanadi.

Ayrim  oqsillar  to ‘rtlamchi  strukturasida  protomerlar  globulyar 

ko'rinishda bo'ladi.

8-rasm .  Gemoglobin modeli (Perutts bo‘ycha) a-zanjinlar; 

ß-zanjinlar qora

Masalan:  gem oglobin  oqsili  molekulasida  polipeptid  spirallari 

vintsimon simmetrik holda birlashgan bo'ladi (8-rasm).

To'rtlamchi  strukturaga  gemoglobin,  tamaki  virusi  oqsili,  RNK- 

polimeraza,  laktatdegidrogenaza,  katalaza  va  boshqalar  ega  bo'ladi. 

Demak,  birgina  polipeptid zanjiridan iborat bo'lgan  oqsil  molekulasi 

to'rtlamchi strukturaga ega b o ia  olmaydi.

To'rtlamchi  strukturaga  ega  bo'lgan  oqsil  molekulasiga  oligomer 

oqsil  deyiladi.  M asalan:  gemoglobin  m olekulasi  (M=64500)  4ta 

su bbirlik dan  y o k i  p o lip ep tid   zan jirlarid an   tashkil  topgan.  Bu 

p o lip ep tid la rn in g   h a r  biri  birlam chi,  ik kilam chi  va  uchlam chi 

strukturaga egadir.

To’rtta polipeptid zanjirining har ikkitasi bir xil birlamchi strukturaga 

ega,  shuning  uchun  ikkita  a   va  ikkita  ß  -polipeptidlar  gemoglobin 

m olekulasini  to ’rtlam chi  strukturasini  hosil  qiladi.  a   -polipeptid 

zanjirida  141, ß-polipeptid zanjirida esa 146 taaminokislotalarqoldig’i 

joylashgan.  Gemoglobin oqsili globulyar konfiguratsiyada bo’ladi.



Oqsillarning to'rtlamchi strukturasining hosil bo'lishi

Turli  su b b irlik larn i  o 'z a ro   tutashib  turishini  am inokislotalar 

qoldiqlarini qutbli guruhlari ta’minlaydi. Qutbli guruhlar orasida ionli, 

vodorodli,  ayrim vaqtlarda disulfidli  bog'lar hosil  bo'lib, subbirliklar



o'zaro  mustahkam  bogianadi.  Vodorod  bog‘ini  uzuvchi  moddalar 

t a ’sirida,  disulfid  b o g i a r in i   qay taru v ch i  m o d d a la r  t a ’sirid a 

protom crlar  dezagregatsiyaga  uchraydi  va  oqsilning  to 'rtlam chi 

strukturasi  buziladi.  Oqsil multimerlari (oligomerlari)  k o ‘pincha juft 

sonli  protomerlardan  tuziladi.  (2  dan  4  gacha  oz m iqdorda,  6  dan  8 

gacha,  10,  12.  gacha  va  hk.).  N atijada  m assasi  h a r  xil  b o ig a n  

molekulalar  hosil  b o ‘lib  bir  necha  ming,  hattoki  100000  Dga  teng 

boiadi.


To‘rtlamchi  strukturaga  ega  b o ig an   gemoglobin  4  subbirlikdan, 

piruvatdegidrogenaza  kompleksi  72  subbirlikdan,  RNK-polimeraza 

5  subbirlikdan,  LDG -  4  subbirlikdan iborat b o iad i.

Ikkilam chi,  uchlam chi  va  to'rtlam chi  stru k tu rala r  birlash ib 

makrostruktura yoki oqsillarning konfonnatsiyasi, oqsillaming fazoviy 

strukturasini tashkil  etadi.

O qsillarning denaturatsiyasi.  Q a y ta r va  qaytm as  d e n a tu ra tsiy a

Oqsillarni  tabiiy  xossalarini  (eruvchanlik,  elektroforez  harakati, 

fermentativ, gormonal, immunofaollik) turli fizik va kim yoviy ta’sirlar 

natijasida buzilishiga (yo'qolishiga) denaturatsiya  deyiladi.

D e n atu ratsiy a  n a tija s id a   oqsil  m o le k u la s in in g   fa zo v iy  

ko nform atsiyasi,  y a ’ni  ik k ilam ch i,  uchlam chi  va  t o ‘rtlam ch i 

strukturasi  buziladi,  ammo  birlamchi  strukturasi  saqlanib  qoladi. 

Denaturatsiya  natijasida  oqsilning  peptid  zanjiri  uzilm aydi,  asosan 

disulfid va vodorod  b o g ia ri uziladi.

Denaturatsiya o ‘z y o ‘nalishiga binoan ikki xilga b o iin a d i: qaytar 

va  qaytmas.

Qaytmas  denaturatsiya  ta’sir  etuvchi  omil  ta’siridan  so ‘ng  oqsil 

o ‘z  nativ  strukturasini  tiklay  olm aydi.  M asalan:  tuxum   o qsili 

qaynatilgandan so‘ng, kuchli kislota yoki ishqor ta’sir etilganda sodir 

boiadi.


Qaytar  denaturatsiya  deb  ta ’sir etuvchi  omil  ta’sirini  to'xtatgan 

holatimizda oqsil o ‘z tabiiy xususiyatlarini tiklaydi. M asalan: neytral 

tuzlar ta’sirida oqsil eruvchanligi y o ‘qolib cho'kmaga tushadi. S o ‘ng 

dializ  usulidan  foydalanib  tuzni  y o ‘qotsak,  oqsil  qayta  xossalarini 

tiklab,  eruchanligi  tiklanadi.

Oqsillarni  denaturatsiyalovchi omillar ikkiga b o iin ad i:

1. 

Fizik  om illar:  q izdirish  (t°-50-60°  C  dan  y u q o ri)  bosim , 



muzlatish,  ultratovush va  boshqalar.

2. 

K im eviy omillar: a) H+,OH' ionlari ta ’siri odatda moddalaming 

pH 4 dan past,  10 dan yuqori boiganda oqsil denaturatsiyasi kuzatiladi:

a) organik erituvchilar (spirt, atseton, xloroform);

b) siydikchil va og‘ir metallar tuzlari ta’sirida;

c)  x o n a   haroratida  oqsillar  quritilganda  ular  denaturatsiyaga 

uchraydi.

D enaturatsiya  natijasida  oqsil  molekulasi  dumaloq,  koptoksimon 

shakldan ch o ‘zilib ipsimon shaklga aylanadi va agregatsiyaga uchraydi. 

Agregatlar o ‘zaro birikib, katta agregatga aylanib cho'kmaga tushadi. 

Denaturatsiyalovchi  omilning  ta’siri  to‘xtatilsa  ba’zi  oqsillar  qisman 

yoki um um an o ‘z tabiiy holatiga (nativ holatiga) qaytadi. Bunday holat 

oqsilning  renaturatsiyasi deyiladi.

B u n i  rib o n u k le a z a   o q sili  m is o lid a   k u zatish   m um kin. 

Denaturatsiyadan keyin m a’lum vaqt o'tishi bilan ribonukleaza fermenti 

kislorod ta ’sirida o ‘zining boshlang‘ich faolligiga ega bo'ladi va bunda 

disulfid  b o g ‘lari  o ‘z  holiga  qaytadi.  Oqsil  denaturatsiyasining  oldini 

olish  uchun  fermentlami  ajratib  olish  va  saqlash  past  temperaturada 

olib boriladi  (0°-4°C).

O qsillam i denaturatsiyaga uchrashdan saqlash uchun turli kimyoviy 

m oddalar q o ‘llaniladi (oddiy shakar, glitserin, organik moddalar).

Oqsillarni ajratib olish va  tozalash

O qsillam i  hayvonlar to'qimasidan,  makroorganizmlardan  maxsus 

usullar yordam ida ajratib olinadi.

1.  O qsillam i ajratib olishda gomogenizatsiya usuli.

O qsillam i  hayvonlar  to‘qimasidan,  makroorganizmlardan  ajratib 

olish  u c h u n   avvalo  to ‘qim alar  yaxshilab  m aydalaniladi,  y a ’ni 

gom ogenizatsiyalanadi.  Bunda  hujayra  strukturasi  buziladi  oqsillar 

eritm aga  o ‘tadi.  Gomogenizatsiya  qilish  uchun  quyidagi  usullardan 

foydalaniladi:

1.  C hinni hovonchada to‘qimani qum bilan ezish (maydalash).

2.  Potter-Elvegay gomogenizatorida maydalash.

3.  Sharsimon tegirmonchalarda maydalash.

4.  K uchli ravishda muzlatib, keyin eritish yo‘li.

5.  Ultratovush ta’sirida maydalash.

6.  Bosim   ta’sirida  (muzlatilgan  to ‘qimani  mayda  teshikli  po‘lat 

to ‘rdan o ‘tkazish).



7. 

Azot gazi  yordamida  (azot  gazini  bosim  ostida  to ‘yin tirilad i 

keyin  keskin  bosim  p asaytiriladi.  N atijada  azot  h u jay ran i  o so n  

parchalab oqsilni eritmaga o ‘tkazadi).

Yuqoiidagi  usullar  bilan  hosil  qilingan  gomogenatdan  oqsillarni 

ajratib  olish  uchun  ekstraksiya  usulidan  foydalaniladi.  O lin g a n  

g o m o g e n a tn i  8-10%   Ii  tu z  e r itm a s id a   e ritila d i.  O q s i l l a r n i  

ekstratsiyalash  uchun  ko'pincha  m a iu m   pHga  ega  b o ig a n   b u fe r 

eritm alardan,  organik  erituvchilardan  va  ionsiz  d e te rg e n tla rd a n  

foydalaniladi. Bu maqsadda organik moddalardan ko‘pdan beri ishlatib 

kelinadigan  eritmalar  -   glitserinning  suvdagi  eritm asi,  sa x a ro z a  

eritm asi,  limon  kislota  va  b o ra t  b ufer  aralashm alar,  tr is - b u f e r  

eritmalardan  foydalaniladi.

^  Qon zardobi  oqsilini ajratish uchun etil spirti, atseton, butil  spirti 

ta’sirida cho‘ktiriladi. Gomogenatdan toza holda oqsillarni olish uchun 

har xil  detergentlar ishlatiladi.  U lar oqsil-yog‘  kompleksini va oq sil- 

oqsil  bog  larini  yaxshi  p a rc h a la y d i.  O qsillarni  (fe rm e n tla rn i) 

to z a la sh d a   m itoxon driya  b io m e m b ra n a s i  bilan  y o k i  h u ja y r a  

organoidlari bilan mustahkam birikadigan modda triton X -100, n a triy  

dodetsilsulfat va natriy dezoksixolat ishlatiladi. Bu detergentlar o q sil- 

oqsil  k om plekslarini  p a rc h a la y d i  v a  o q sillarning  t o ‘r tla m c h i 

strukturasini  buzadi.



Oqsillarni fraksiyalash  yo ‘li bilan ajratish

Oqsillar  ekstratsiya  qilingandan  so ‘ng  ekstraktni  sentrifugalash 

yordamida  to  qima  elementlaridan  tozalaniladi  va  eritmaga  o ‘tgan  

oqsillarni  fraksiyalash yo‘li bilan  ajratiladi.  Hozirgi paytda quyidagi 

usu llar  bilan  o q sillar  fra k s iy a la rg a   ajratiladi:  tu z la r  t a ’s ir id a  

c h o ‘ktirish ,  issiqlik  ta ’sirida  d en a tu ratsiy alash   usuli,  o rg a n ik  

erituvchilar  yordamida  cho‘ktirish,  xromatografiya,  gelflltratsiy a, 

elektroforez,  ultratsentri-fugalash  usullari.



Oqsillarni  tuzlar ta‘sirida  cho‘ktirib ajratish

Oqsillarni ishqoriy va ishqoriy y er metall tuzlari ta’sirida ch o 'k tirib  

fraksiyalanganda ular o‘z xossalarini saqlab qoladi, chunki dializ y o k i 

gelfïltratsiya usuli bilan oqsil cho‘km asidan tuzlar ajratib olinsa, oqsil 

eritmaga  o'tadi.  Bu usul  biologik  faollikka ega bo ig an  ferm entlarni 

ajratib olishda katta ahamiyatga  egadir.



K linik  laboratoriyalarda  qon  zardobidan  globulin  oqsiüarini 

am m oniy  sulfatning  yarim   to ‘yingan  eritmasi,  albumin  oqsiüarini 

to ‘yingan  eritmasi  yordam ida  ajratib  olinadi.  Tuzlar  bilan  oqsilni 

ch o ‘ktirishda  oqsilning  tabiati  tuzlarning  konsentratsiyasi  hamda 

eritmani pH va temperatura ahamiyatga ega boiadi.

Dializ usuli

Yuqori molekulali m oddalami past molekulali moddalardan yarim 

o ‘tkazgich membranalar yordamida ajratish usuliga dializ deyiladi.

Dializ usuli kolloid zarrachalami yarim o'tkazgich membranalardan 

o ‘tmasligiga  asoslangan.  Yarim  o ‘tkazgich  tnembranaiarga  kollodiy, 

sellofan, pergament qog‘ozlari misol bo'ladi.

Inson va hayvon organizmida buyrakdagi Boumen -  Shumlyanskiy 

kapsulasining  pardalari  ham   yarim  o ‘tkazuvchandir.  Dializ  uchun 

ishlatiladigan  asbobni  dializator  deyiladi.  Oddiy  dializator  sifatida 

kollodiy  va  sellofan  qopchasi  ishtatiladi.  Cho'ktirib  ajratilgan  oqsil 

cho'kmasini kollodiy yoki sellofan xaltachasiga joylab, distillangan suv 

solingan idishga tushiriladi. Bunda vaqt o'tishi bilan kichik molekulali 

moddalar  (tuzlar)  xaltacha  tashqarisidagi  distillangan  suvga  chiqadi. 

Oqsil  esa  yarim  o ‘tkazuvchi  parda  teshikchalaridan  o ‘tolmaydi  va 

xaltacha ichida qoladi.

O q silla r  a ralash m asin i  ion  alm ashuvchi,  adsorb siyalo vchi 

xromatografiya,  gelfiltratsiyalash  va  afin  xromatografiya  yordamida 

faam firaksiyalarga ajratiladi.



a) Ion almashuv xromatografiyasi.

Bu  usulda ikki xil ion almashtiruvchi adsorbentlar sifatida ishlatiladi.

1.  Kuchli  va  kuchsiz  asosli  anion  almashtiruvchilar.  Bularga 

polistrol va sellyuloza hosilalari kiradi.

2.  Kation  alm ashtiruvchi  polistirollarga  sulfat  birikmalari  va 

karboksilmetilsellyuza kiradi.

Ion almashtiruvchi moddalami kolonkaga (uzun shisha naycha) solib 

kuchsiz  kislota  yoki  asos  bilan  yuviladi.  So‘ngra  oqsil  eritmasi 

o'tkaziladi.  Bunda  oqsil  molekulasi  anion  yoki  kation  gruppalarga 

b o iin ish i natijasida oqsillami tuzlarning turli pHli eritmasi yordamida 

ajratib olinadi.


b) Adsorbsion xromotografiya.

Bu  usulda  adsorbent  sifatida  faollashtirilgan  ko‘mir  va  alyumin 

oksidi  ishlatiladi.  Adsorbent kolonkaga  solinib,  erituvchi  quyiladi  va 

oqsil eritmasi qo‘shiladi, bunda oqsil adsorbent bilan birikadi. So‘ngra 

oqsil fraksiyalari turli pH li bufer eritmalari yordamida ajratib olinadi.

Oqsillami  fraksiyalarga ajratishda  taqsimlanuvchi  xromatografiya 

usulidan  foydalaniladi.  Taqsimlanish  xrom atografiyasi  adsorbsion 

xromatografiyani turi bo‘lib, adsorbent sifatida xromatografiya qog'ozi, 

kraxmal,  silikagel va boshqalar ishlatiladi.

d) Gel xromatografiyasi.

Bu  usu lda  har  xil  gellar  is h la tila d i,  m asalan:  d ek stran d an  

tayyorlangan, turli markadagi sefadekslar, dekstran -  yuqori molekulali 

glyukoza  qoldiqlaridan tarkib  topgan  polimer moddadir, uni  ishqoriy 

muhitda  epixloridgidrin  bilan  reaksiyaga  kiritilsa,  gel  hosil  bo'ladi. 

Poliakrilamid gelini hosil qilish uchun suvda yaxshi eriydigan monomer 

akrilamid olib bu funksional reagentlar ishtirokida polimerlashtiriladi.

O qsillarn i  m olekulalari  k a tta   y o k i  k ich ik lig ig a  q a ra b  

gelxromatografiya kolonkasiga gel to‘ldirilib undan oqsillar aralashmasi 

o'tkazilsa avvalo, kichik molekulali  oqsillar gel g‘ovaklari orqali,  gel 

zarrachasining ichiga kirib diffuziyalanadi.

Yirik  m olekulali  oqsillar  bu  g ‘ov akchadan  o ‘tolm aydi,  u la r 

zarrachaning  tashqarisida  qoladi  va  eritm a  bilan  kolonkadan  oqib 

chiqadi.


e) Afin xromatografiya.

Bu xromatografiya usulli quyidagi prinsiplarga asoslangan bo‘ladi: 

ajratib  olinishi  lozim  bo'lgan  oqsilga  spetsifik  bo‘lgan  modda  Z- 

ligandda  erimaydigan  M  moddasiga  mustahkam  qilib  biriktiriladi. 

Shunday qilib, tayyorlangan MZ-adsorbenti xromatografiya kolonkasiga 

solinadi va u orqali oqsil aralashmasi o‘tkaziladi. Bunda P oqsili spetsifik 

adsorbent  bilan  birikadi.  MZ+P=MZP.  S o‘ngra  kolonka  yaxshilab 

yuviladi  va  birikkan  P-oqsilining  birikmasini  dissotsiatsiya  qiluvchi 

eritma  bilan ajratib kolonkadan chiqariladi.

FJektroforez usuli

Bu  usul  bo'yicha  oqsillar  elektr  maydonida  har  xil  harakatlanish 

tezligiga asoslanib fraksiyalarga bo‘linadi. Filtr qog‘ozida o‘tkaziladigan 

elektroforez  usuli  yordamida  inson  qon  zardobidagi  oqsillarni  6



fraksiyaga ajratish mumkin.  Qog‘ozda o ‘tkaziladigan elektroforezdan 

tashqari  hozirgi  vaqtda  kraxmal  geli,  poliakrilamid  va  sellyulozada 

oqsillarni  elektroforez  yordamida  fraksiyalarga  b o iis h   va  ajratish 

mumkin.


Filtr qog‘ozi o'rniga yuqorida ko‘rsatilgan moddalar elektroforezda 

ishlatilganda  qon  zardobi  oqsillarini  k o ‘proq  fraksiyalarga  ajratish 

mumkin. Masalan: kraxmal gelida 10 ta, poliakrilamid gelida 18 ta oqsil 

fraksiyalarini olish mumkin. Elektroforez yordamida ajratilgan oqsilni 

aniqlash uchun qog'oz va gellar bromfenol yoki 10 V am idqorabo‘yog‘i 

bilan va boshqa oqsil bilan rang beruvchi reaktivlar bilan ishlanadi.



O qsil strukturasini o‘rganish usullari

O qsillarni  g om ogen  holda  ajratib  olish  ularning  birlam chi, 

ikkilam chi,  uchlam chi  va  to ‘rtlam chi  strukturasini  o ‘rganishga 

imkoniyat tug'diradi. Oqsilning aminokislota tarkibini aniqlash uchun 

oqsil  t o i a   am inokislotalargacha  gidroliz  qilinadi  va  analizatorlar 

yordamida aminokislotalar tekshiriladi.

Oqsilning  ikkilamchi  strukturasini  esa  izotop  almashinish  usuli, 

ultrabinafsha va infraqizil spektrosko'p usullari yordamida aniqlanadi. 

Bu  usullar  polipeptid  zanjirni  spirallanish  darajasini  aniqlashga 

imkoniyat  beradi.  Oqsilning  uchlamchi  va  to'rtlam chi  strukturasi  -  

elektron mikrosko‘p va rengenostruktur tahlil yordamida aniqlanadi.

Oqsillarning tasnifi va  nomenklaturasi

Oqsillaming tarkibi va strukturasi yetarli o ‘rganilmaganligi sababli 

ularning  ayrim  belgilariga  qarab,  ajratib  olingan  manbaiga  qarab 

nomlangan. Fizik-kimyoviy xossalariga, struktura va funksiyasiga qarab 

oqsillar sinflanadi.

Oqsillar kimyoviy tarkibiga qarab ikki katta guruhga boiinadi:

Oddiy oqsillar.

Murakkab oqsillar.

Oddiy oqsillar faqat aminokislotalardan tuzilgan boiadi. Murakkab 

oqsillar  oqsil  va  oqsil  boim agan  qismlardan  tashkil  topgandir.  Oqsil 

boim agan qismini  tuzilishiga qarab murakkab oqsillar nukleoproteinlar, 

glikoproteinlar,  lipoproteinlar,  xromoproteinlar,  metallproteinlarga 

b o iin a d i.  Oddiy  oqsillarga  gistonlar,  p ro ta’minlar,  glyutelinlar, 

albuminlar misol  b o iad i.



Hozirgi  vaqtda  oqsillar  biologik  funksiyasiga  qarab  quyidagi 

guruhlarga boiinadi:

1. K atalitik funksiya.  Barcha biologik katalizatorlar -  fermentlar

-  oqsil  tabiatiga  egadirlar.  Hozirgi  vaqtda  2100  dan  ortiq  fermentlar 

m a ’lumdir.  O qsillarning  bu  fu n k siy asi  n o yob  b o ‘lib,  biolo gik  

sistemalardagi kimyoviy reaksiyalar tezligini aniqlab beradi.

2. O zuqa (rezerv) funksiya. Bu funksiyani rezerv oqsillar amalga 

oshiradi, ular homilaning rivojlanishi uchun ozuqa manbai  boiadilar, 

masalan tuxum oqsili (ovalbumin) bunga misol b o iad i. Sutning asosiy 

oqsili kazein ham ozuqa vazifasini bajaradi. Boshqa qator oqsillardan, 

shubhasiz, organizm aminokislota manbai sifatida foydalanadi, ular o ‘z 

navbatida  modda  almashinish jarayonini  boshqaruvchi  biologik  faol 

moddalaming o'tmishdoshi hisoblanadilar.

3.  T ra n sp o rt  funksiyasi.  Qonning  nafas  funksiyasi,  xususan 

kislorodning  tashilishi  eritrotsitlar  oqsili  gem oglobin  m olekulasi 

yordamida amalga oshiriladi. Lipidlaming tashilishida qon zardobining 

albumin oqsillari ishtirok etadilar. Boshqa qon zardobi oqsillari yogiar, 

mis, temir, tiroksin, vitamin A bilan kompleks hosil qiladilar va ularni 

nishon-a’zolarga yetkazib berilishlarini ta’minlaydilar.

4.  Himoya  funksiyasi.  Organizmda  asosan  himoya  funksiyasini 

immun sistemasi bajaradi. U organizmga tushgan bakteriya, toksin yoki 

viruslarga  qarshi  him oya  oqsil  -   qarshi  tanachalarning  sintezini 

ta’minlab beradi.

5.  Q isqarish  funksiyasi.  Mushakning  qisqarish  va  bo‘shashish 

jarayonida juda ko‘p oqsillar ishtirok etadilar. Lekin bu muhim jarayonda 

asosiy rolni aktin va miozin -  mushak to‘qimasining spetsifik oqsillari 

o ‘ynaydilar.

6.  S tru k tu r  funksiya.  Struktur vazifani  bajaruvchi  oqsillar  odam 

organizmidagi boshqa oqsillarga nisbatan o ‘z miqdori jihatidan birinchi 

o'rinni egallaydilar. Ularga biriktiruvchi to'qim a kollageni, soch, timoq 

va  teridagi  keratin,  qon  tomir  devoridagi  elastin  va  boshqalar kiradi. 

Uglevod  va  lipidiar  bilan  oqsillarning  hosil  qilgan  kompleksi  katta 

ahamiyatga ega.

7.  G orm onal  funksiya.  Organizmdagi  modda  almashinuvi  turli 

mexanizmlar yordamida boshqariladi. Bu boshqaruvda ichki sekretsiya 

bezlarida  ishlab  chiqariladigan  gormonlar  asosiy  o ‘rinni  egallaydi. 

K o‘pchilik gormonlar oqsil yoki polipeptid tabiatiga egadirlar (gipofiz, 

oshqozon osti  bezi gormonlari).



Lekin bu sanab o ‘tilgan funksiyalar oqsillar bajaradigan barcha 

funksiyalar  emas,  haqiqatda  oqsillar  bajaradigan  funksiyalar juda 

k o ‘pdir.  H ayvonlar  to'qim a  va  a’zolari  oqsilga  boydir.  Ko‘pchilik 

bu oqsillar suvda yaxshi eriydilar. Lekin to g ‘ay,  soch, timoq, suyak 

to'qim asidan ajratilgan  suvda erimaydigan b a’zi  organik moddalar 

ham  oqsillar  guruhiga  kiritilgan,  chunki  ular  о  zining  kimyoviy 

tarkibi  bo 'y ich a m ushak  to ‘qimasi,  qon  zardobi,  tuxum oqsillariga 

yaqin.


Oqsillar  m ushak,  o ‘pka,  qora  taloq,  buyrak  quruq  massasining 

70-80%ini, odam tanasi quruq vaznining 45%ni tashkil etadi. Hayvon 

to ‘qim alaridan farqli ravishda o'sim liklarda oqsillar kam saqlanadi.

O q sillarn in g   kim yoviy  tarkibi,  tu zilish i  va  xususiyatlarini 

o'rganish  uchun  odatda  ularni  suyuq  to'qim alar  yoki  oqsilga  boy 

bo'lgan hayvon a ’zolaridan, masalan: qon zardobi, sut, mushak, jigar, 

teri,  soch,  tim oqdan ajratiladi.

O qsillar m olekula shakliga k o ‘ra quyidagi guruhlarga bo'linadi:

1.  G lobulyar oqsillar -  suvda yaxshi  eruvchan.

2.  Fibrillyar -  suvda erimaydigan oqsillar.

O q silla rn in g  biologik xossasini b irlam ch i  stru k tu ra g a  

bog‘liqligi

Oqsillarning  spetsifiklik va biologik  xossasi  ularning  birlamchi 

strukturasiga  b o g 'liq   bo‘ladi.  Agar birlamchi  strukturadagi  birorta 

a m in o k islo ta   q o ld ig ‘i  o 'r n ig a   boshqa  am in o k islo ta  qoldig  i 

almashtirilsa, oqsillarning spetsifiklik va biologik faolligi yo‘qoladi, 

funksiyasi  va xossasi  o'zgaradi.

M asalan:  gem oglobin  tarkibi  574  am inokislota  q oldig 'idan  

tashkil  topgan  b o ‘lib,  shundan  bitta  aminokislota  qoldig'i  o ‘rniga 

boshqa am inokislota almashtirilganda gemoglobin kislorod  tashish 

xossasini  y o'qotadi.  Bu  esa  anemiya  (kamqonlik)  kasalligiga  olib 

keladi.  E ritro tsitla r  sferik  shakldan  o ‘roqsim on  shaklga  o ‘tadi. 

M olekulasi  5250000  aminokislota qoldig'idan  iborat bo‘lgan virus 

oqsilining  uchta  aminokislotasi  almashtirilsa  zararsiz  virus  о  lim 

chaqiruvchi virusga aylanadi.

Oqsillarning biologik faolligini  ularning birlamchi strukturasiga 

bog‘liq  b o ‘ladi.


Oqsillarning  birlamchi strukturasining turga oid  spetsifikligi

Turli hayvonlar insulini uglevod almashuvida b ir xil funksiyani 

bajaradi. Ammo bu insulin oqsillari o'zaro bitta yoki ikkita aminokislota 

qoldig'i  boshqa aminokislotaga almashganligi  bilan  farq  qiladi.  Turli 

hayvonlar insulinining A-polipeptid  zanjirida 8-,  9-  va  10-o‘rinlarida 

aminokislota qoldig‘ini boshqa aminokislotalarga almashganligi bilan 

bir-biridan  farq  qiladi.  Shu  bilan  birga  har  xil  hayvonlardan  olingan 

insulin  oqsillarining  B-polipeptid  zanjirini  C-oxiridagi  aminokislota 

qoldig'i  boshqa bo iadi.  Insulin molekulasi A va B  polipeptid zanjiri 

quyidagi sxema bo'yicha tuzilgan:



S------S

H -G li -------- 1— |— I------

1



A s n -O H  



A-zanjiri  (21)


Yüklə 13,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin