MAY 2023 ISSN: 2181-3558 37
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH haqida bilimlar tizimini shakllantirish uchun joriy etiladigan metodik tizimning
samaradorligining asosi sifatida xizmat qiladi.
OTMlardagi “Umumiy va noorganik kimyo” fani o‘tgan asr o‘rtalaridagi
dalillarni taqdim etish ko‘rinishidan, mazmun-mohiyati yuksak darajada
abstraktlashtirilgan nazariy fanga aylandi. Bu esa talabalarning bilimlarida
formalizm namoyon bo‘lishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi.
O‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, masalalar to‘plamlari,
laboratoriya ishlari bo‘yicha qo‘llanmalar, uslubiy materiallar tuzish va ishlab
chiqish uchun elementlar kimyosi mazmunsini tanlashada asos sifatida aksar
mualliflar kimyoviy moddalar va kimyoviy jarayonlarning ta’rifiga qaratilgan
invariantli yondashuvlarni oladilar, ba’zilari hatto invariantli majmualarni ham
noaniq shaklda ajratib ko‘rsatadilar. Biroq “invariantlik”ni turli mualliflar turlicha
tushunishlari tufayli, invariantli majmualarning mufassal tarkibiy tuzilmasi
ko‘rsatilmagan.
Zamonoviy darsliklarda elementlarning noorganik kimyosi, bir jihatdan
qaralganda, juda umumlashtirilgan ko‘rinishda, boshqa tomondan esa, muayyan
noorganik modda va u bilan bog‘liq jarayonlarning xususiyatlarini tavsiflashda
faqat ilmiy hamda texnologik ahamiyatga ega bo‘lgan moddalar va reaksiyalarga
e’tibor qaratilgan. Ko‘p o‘rinlarda invariantli majmualarni qoldirib ketish,
invariantlilik tamoyillaridan chekinish hollari kuzatiladi. YA’ni moddalar va
reaksiyalarning ilmiy hamda texnologik ahamiyatga ega bo‘lgan xossalariga urg‘u
beriladi, boshqacha aytganda, moddalar va ularning invariantli xossalari orasidan
pragmatik muhim jihatlari “ajratib olinadi”. Elementlar va ular hosil qiluvchi
moddalar ta’riflarining “ajratib olinishi”, modda tuzilishi darajalarining ajratib
ko‘rsatilmasligi, kimyoviy va fizikaviy xossalarning tizimsiz ravishda, moddaning
miqdoriy xossalarini keltirmasdan va reaksiyaviy tenglamalaridan foydalanmasdan
yuzaki bayon etilishi, shuningdek, darsliklarning matematik hisoblar bilan
to‘yinganligi, grafik tayanmalarning yetishmasligi kabi holatlar talabalarda
noorganik moddalar va ularning xossalarini tizimli ravishda tavsiflab berishdan
iborat umumlashgan malakalarni shakllantirishga imkon bermaydi.