D. Djanabayev, Sh. Murodov, A. Xolmurzayev chizma geometriya


–§. Ko’pyoqliklar yoyilmalari



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə101/141
tarix07.01.2024
ölçüsü1,65 Mb.
#202401
növüУчебник
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   141
Chizma geometriya SH.M.

10.2–§. Ko’pyoqliklar yoyilmalari


Ko’pyoqliklar to’la yoyilmasini yasash uchun uning yon yoqlari va asoslarining yoyilmalari yasaladi. Bunday yoqlar (uchburchak yoki ko’pburchak) ni yoyilmada yasash ularga teng bo’lgan yoqlarni yasash demakdir. Bunday yoqlarni yoyilmada yasash uchun tomonlari ya’ni qirralarining xaqiqiy uzunliklari bo’lishi kerak. Agar ularning xaqiqiy uzunliklari chizmada bo’lmasa, ularni turli usullar orqali yasash mumkin.
1-masala. Asosi H tekislikda yotgan uchburchakli to’g’ri prizmaning yoyilmasini yasash talab qilinsin (10.2,a,b-rasm).
Yechish. Prizmaning yon qirralari frontal proeksiyada, asosidagi qirralari esa gorizontal proeksiyada xaqiqiy uzunlikda tasvirlangan. Prizmaning yoyilmasini yasash uchun dastlab uning biror masalan, AA1 qirrasi bo’ylab xayolan kesish kerak. So’ngra uchta to’g’ri to’rtburchaklar (yon yoqlar)yonma-yon qo’yib yasaladi. Bu to’rburchaklarning balandligi prizmaning balandligi (h) ga, asoslari esa mos ravishda AB′, BA′va CA′ kesmalarga teng bo’ladi. Hosil bo’lgan yon sirtning yoyilmasiga asoslari qo’shiladi va prizmaning to’la yoyilmasi hosil bo’ladi.

10.2-rasm

10.3,a,b-rasmlarda berilgan uch yoqli og’ma prizmaning yon qirralari frontal vaziyatda bo’lgani uchun ularning haqiqiy uzunliklari AA­1″, BB1″ va CC1″ kesmalarga teng bo’ladi. Asoslari gorizontal vaziyatda bo’lganligi uchun asos qirralarining haqiqiy qiymati AB′, BA′ va CA′ kesmalarga teng bo’ladi. Bunday og’ma prizmaning yoyilmasini normal kesim usulida yasash qulay hisoblanadi. Buning uchun og’ma prizmaning yon qirralariga perpendikulyar qilib ixtiyoriy N(NV) tekislik o’tkaziladi. Normal kesim 123 uchburchakning proeksiyalari (1′2′3′, 1″2″3″) ni hosil qilinadi. So’ngra normal kesimning haqiqiy kattaligi Δ102030 aylantirish usulida yasaladi


Yoyilmani yasash uchun ixtiyoriy (bo’sh) joyda a0 – yordamchi chiziqni ingichka qilib o’tkaziladi. Bu chiziqqa normal kesim tomonlarning haqiqiy uzunliklari biror (masalan, 30) nuqtadan boshlab o’lchab qo’yiladi (10.3,b-rasm). Hosil bo’lgan 30, 10, 20 va 30 nuqtalardan a0 chiziqqa perpendikulyar vaziyatda chiziq o’tkaziladi. Bu chiziqlarga qirralarning haqiqiy uzunliklari o’lchab qo’yiladi. Yoyilmada C″3″=C030 va 3″C″=30C0 qirraning o’lchab qo’yilishi ko’rsatilgan. Hosil bo’lgan qirralarning uchlari o’zaro tutashtiriladi. Prizma yon sirti va asosining haqiqiy kattaligi yoyilmasi qo’shilib to’la yoyilma hosil bo’ladi.
2-masala. Berilgan yon qirralari umumiy vaziyatda bo’lgan uch yoqli prizmaning yoyilmasini yasash talab etilsin (10.4,a-rasm).

10.3-rasm



Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin