Ta’rif. Kuzatuvchiga nisbatan sirtning aniq shaklini belgilovchi tashqi konturiga sirtning ocherki deyiladi.
O’qi frontal vaziyatda bo’lgan S(S′,S″) uchli og’ma doiraviy konusning, frontal proeksiyasiga asosan uning gorizontal va profil ocherklarini yasash talab qilinadi (11.16-rasm). Doiraviy konusning S uchi orqali o’tuvchi uning o’qi SO(S′O′, S″O″) frontal proeksiyalar tekisligiga parallel bo’lgani uchun konusning frontal tekislikdagi ocherki teng yonli uchburchak bo’ladi.
Qolgan ocherk proeksiyalarini yasash quyidagicha bajariladi: Konusning o’qida ixtiyoriy O′ (O′,O″,O‴) nuqtani markaz qilib olib, konus sirtiga urinma yordamchi Φ(Φ′, Φ″) sfera chiziladi. Ushbu sferaning h(h′,h″) ekvatori, va f(f′,f″,f‴) bosh meridini va k(k′, k″, k‴) profil meridiani bo’lgan aylanalar chiziladi. Φ sfera frontal proeksiyasida konus sirtiga 1″2″ aylana bo’yicha urinadi. Bu 1″2″ aylana sferaning h(h′,h″) ekvatori bilan kesishib - A(A′,A″), K″ profil meridiani bilan kesishib B″nuqtalarni hosil qiladi. A nuqtaning gorizontal A′ proeksiyasi h′ ekvatorida yotadi. B nuqtaning B‴ profil proeksiyasi K‴ da aniqlanadi. Natijada, gorizontal proeksiyada A′nuqta orqali o’tuvchi S′g′ va profil proeksiyada B‴ nuqta orqali o’tuvchi S‴n‴ chiziqlar konusning chetki yasovchilari proeksiyalari bo’lib, uning ocherklarini hosil qiladi.
11.16-rasm.
Nazorat savollari
Urinma tekislik deb nimaga aytiladi?
Qanday chiziq sirtning normali deyiladi?
Berilgan sirtga urinma tekislik qanday shartlar asosida o’tkaziladi?