13.2-§ Aksonometrik o’qlar va ular bo’yicha o’zgarish koeffitsientlari
Dekart koordinatalar sistemasidagi uchala koordinata o’qlari uchun umumiy bo’lgan e uzunlikni masshtab birligi sifatida qabul qilamiz (13.1-rasm). Buni natural masshtab birligideb ataymiz. Natural masshtab birligi e kesmani Ox, Oy va Oz koordinata o’qlariga qo’yib, ularni R tekislikka proeksiyalasak, ex, ey, ez, kesmalar hosil bo’ladi. Bu kesmalar aksonometrik masshtab birliklari deb yuritiladi. Ularning e ga nisbatlari aksonometrik o’qlar bo’yicha o’zgarish koeffitsientlari deb yuritiladi va quyidagicha belgilanadi:
(1)
13.1-rasmdan
(2)
tengliklarni yozish mumkin.
Demak, A nuqtaning dekart va aksonometrik koordinatalari orasidagi bog’lanishni quyidagicha yozishimiz mumkin:
yoki xp=kxx, yoki yp=kyy, yoki zp=kzz. (3)
Aksonometrik o’qlarning vaziyatlari va shu o’qlar bo’yicha o’zgarish koeffitsientlari berilgan bo’lsa, fazodagi xar qanday nuqtaning aksonometriyasini yasash mumkin. Buning uchun nuqtaning x, y va z koordinatalarini mos o’zgarish koeffitsientlariga ko’paytirib, aksonometrik o’qlar bo’yicha (yoki ularga parallel) o’lchab qo’yiladi va uch zvenoli koordinatalar siniq chizig’ining aksonometriyasi yasaladi. Masalan, fazodagi koordinatalari 3,5; 4 va 4,5 sonlarga teng bo’lgan A nuqtaning aksonometriyasini yasash kerak bo’lsin (13.2,a-rasm). Buning uchun Orxr o’qiga Or nuqtalardan boshlab OrAxr=3,5ex kesmani o’lchab qo’yiladi va Axr nuqtani belgilab olinadi (13.2,b-rasm). Bu nuqtadan Oryro’qiga parallel qilib AxrA′p=4ey kesmani o’lchab qo’yiladi va hosil bo’lgan A′r nuqtadan Or2z o’qiga parallel qilib A′pAp=4,5ez; kesmani o’lchab qo’yiladi. Hosil bo’lgan Ap nuqta A nuqtaning aksonometrik proeksiyasi, Ar′ esa A nuqtaning ikkilamchi proeksiyasi bo’ladi.
a) b)
13.2-rasm.
Aksonometrik proeksiyalar uch turga bo’linadi.
Agar uchala o’qlar bo’yicha o’zgarish koeffitsientlari o’zaro teng bo’lsa, ya’ni kx=ky=kz bo’lganda hosil bo’lgan aksonometriya izometrik proeksiyalar deyiladi.
Agar o’zgarish koeffitsientlaridan ikkitasi o’zaro teng bo’lib, uchinchisi ulardan farkli bo’lsa, ya’ni kx=kykz, kxky=kz, yoki kx=kzky bo’lganda, hosil bo’lgan aksonometriya dimetrik proeksiyalar deyiladi
Uchala o’qlar bo’yicha o’zgarish koeffitsienti turlicha bo’lgan aksonometriyalar (kxkykz bo’lsa), trimetrik proeksiyalar deyiladi.