147
Hayvonlar
seleksiyasi ongsiz ravishda, bundan 10 ming yillar
avvalroq, hayvonlarni xonakilashtirish jarayonidan boshlangan.
Xonakilashtirish jarayonida hayvonlarga stabillashtiruvchi tan
lashning ta ’siri tobora kamayib borgan va aksincha o ‘zgaruvchanlik
ortib borgan. Inson o‘zi tushunmagan holda xonakilashtirilayotgan
hayvonlarning foydali belgilari ko‘proq saqlanib qolishiga sabab
bo ‘lgan.
32-§. Hayvonlar seleksiyasining asosiy yo‘nalishlari
1. Hayvonlar yuqori mahsuldor va konkret yashash muxitiga
yaxshi moslashgan b o ‘lishi lozim.
2. Hayvonlar mahsuldorligining sifat k o ‘rsatkichlarining ortishi-
ga (sutning yog‘liligi, g o ‘shtdor hayvonlarda g o ‘sht, yog‘, suyak
mutanosibligi, m o ‘yna va junning sifati va boshqalar) erishish.
3. Kam xarajat talab qiluvchi, tez k o ‘payuvchi zotlarni keltirib
chiqarish.
4. Kasalliklarga chidamliligini orttirish.
Duragaylash va individual tanlash
hayvonlar seleksiyasining
asosiy metodlaridan hisoblanadi. Hayvonlarda nasl kam bo‘lgani
uchun yalpi tanlash qo‘llanilmaydi.
Hayvonlar seleksiyasida
inbriding
(qarindoshlar orasida) va
autbriding
(begonalar orasida) duragaylash qo‘llaniladi.
Inbriding
duragaylash natijasida
gomozigotalik
ortib ketadi,
chidamlilik va moslanuvchanlik kamayadi, bepushtlik ko‘payadi.
Shunday bo‘lishiga qaramasdan inbriding hayvonlar selek
siyasida qo‘llaniladi.
Zot doirasida birnecha liniyalar ajratib olinadi va inbriding
duragaylanadi.
Keyin har xil liniyalar, hatto zotlar o ‘zaro duragay-
lanadi.
Inbriding va autbridingni ketma-ket qo‘llash natijasida mash-
xur seleksioner M. F. Ivanov cho‘chqalar va qo‘ylarning
qimmatli
zotlarini keltirib chiqardi. Hayvonlar seleksiyasida
Dostları ilə paylaş: