Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/90
tarix24.09.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#147827
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90
Genetika

(51-rasm).
Bu tajriba somatik hujayra yadrosida informatsiya to ‘liq 
saqlanadi degan Gerdon qoidasini yana bir marta tasdiqladi. 
Ammo Dollining tez qarishi kuzatildi va olimlarda hayvonlarni 
klonlashtirishning maqsadga muvofiqligi to ‘g‘risida shubhalarni 
keltirib chiqardi.
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
1. Hayvonlar seleksiyasining o‘ziga xosligi to‘g‘risida nimalarni 
bilasiz?
2. Nima uchun hayvonlar seleksiyasida yalpi tanlash usuli deyarli 
qo‘llanilmaydi?
3. Nima uchun inbriding va autbriding duragaylashdan birga foy- 
dalaniladi?


149
51-r a s m.
Qo‘yni irsiy klonlashtirish sxemasi.
4. Geterozis hodisasi hayvonlar seleksiyasida qanday hollarda 
qo‘llaniladi?
5. Uzoq formalarni duragaylash hayvonlar seleksiyasida qo‘llani- 
ladimi? (Misol keltiring).
6. Poliembrioniya nima? Uning foydali ahamiyatini bilasizmi?
7. Genetik klonlashtirishning amaliy va nazariy ahamiyatlari 
to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
33-§. M ikroorganizmlar seleksiyasi
Mikroorganizmlarga bakteriyalar, tuban mikroskopik zambu- 
rug‘lar va o‘tlar kiradi. Mikroorganizmlardan tibbiyotda dori 
preparatlari tayyorlashda, biologik faol moddalar, ozuqa qo‘shim- 
chalar, bakterial o‘g‘itlar olishda, non yopishda, vino tayyorlashda
ko‘plab sut mahsulotlarni olishda foydalaniladi.
Shuning uchun mikroorganizmlarning yuqori mahsulli 
shtammlarini yaratish seleksiyasiga katta ahamiyat beriladi.
Mikroorganizmlar seleksiyasi o‘simliklar seleksiyasiga nisbatan 
birmuncha o ‘ziga xosliklarga ega:
1. Juda kichik xajmdagi ozuqa moddalar solingan apparatu- 
ralarda qisqa vaqt ichida milliardlab mikroorganizmlarni 
ko‘paytirish mumkin.
2. Mikroorganizmlar ko‘pchiligi gaploid holda bo‘lganligi 
uchun ulardagi mutatsiyalar birinchi avloddayoq yuzaga chiqadi.

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin