1. Kerakli genni olish. 2. Olingan genni vektor molekula bilan bog‘lash. 3. Genni vektor yordamida xojayin hujayraga kiritish. 4. Gen kiritilgan hujayralarni tanlash va ulardan amaliyotda foydalanish. Genni asosan uch xil usulda olish mumkin.
1. Genni tabiiy manbalardan ajratib olish. 2. Genni kimyoviy sintez yordamida olish 3. Genni fermentativ sintez orqali olish. Gen olishning birinchi bosqichi gen injeneriyasi rivojla-
nishining dastlabki bosqichlarida qo‘llaniladi.
Buning uchun har xil to ‘qima hujayralaridan D N K ajratib oli-
nadi va restriktaza fermentlari yordamida ayrim qismlarga ajratila-
di. Restriktazalar D N K molekulasini m a’lum joylaridan kesuvchi
fermentlardir. Keyin bu ajratilgan qismlarni vektor molekulalariga
qo‘shib, retsipiyent hujayralarga kiritiladi va ular orasidan kerakli
gen bo‘lganlarni tanlab olib klonlashtiriladi.
Genni sun’iy sintezlash uchun uning strukturasi o ‘rganilgan
(sekvenirlangan) bo‘lishi kerak. Birinchi marta sun’iy gen 1969-
yilda G. Korana tomonidan olindi. 1976-yilda G. Korana o ‘z
shogirdlari bilan ichak bakteriyasining genini sintezladi va bu genni
retsipiyent bakteriyaga kiritib funksiya bajarishini ta ’minladi.
Sobiq Ittifoqning har xil institutlari laboratoriyalarida soma
totropin, bradikinin, angiotenzin va neyropeptidlar sintezlay oladi-
gan ichak bakteriyasi shtammlari olindi.
Kimyoviy sintez yo‘li bilan kichik molekulali genlarni sintez-
lash mumkin.
Murakkab genlarni fermentativ sintez yo‘li bilan olish
mumkin.
152
Genetika
Murakkab genlarni olishda
teskari transkripsiya usulidan foy
dalaniladi. Bu usulni amalga oshirishda avval kerakli genning
informatsion RNKsi ajratib olinib,