Guruh talabasi ning biorganik kimyo fanidan amaliy mashg’uloti namangan 2023


Plastinkalar va ularning xarakteristikalari



Yüklə 371,38 Kb.
səhifə29/33
tarix28.09.2023
ölçüsü371,38 Kb.
#150370
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
BIORGANIKA

Plastinkalar va ularning xarakteristikalari


70-Yillar oxirida rastalarda yangi YUSYUQX plastinkalar paydo bo‘la boshladi. Bu plastinkalar tor, o‘rta o‘lchamli (5 m) sorbentli va keng 2-10 m o‘lchamdagi sorbentli bo‘lishi bilan xarakterlangan. YUSYUQX plastinkalarning qalinligi bir xil taqsimlangan bo‘lib, ularning yuzasi oddiy plastinkalarga nisbatan silliq va samaradorligi yuqori. 1-Jadvalda ularning xarakteristikalari taqqoslab keltirilgan.
1-Jadval. Plastinkalarning xarakteristikalarini taqqoslash

Shuni ta’kidlash kerakki, farmatsevtika sohasining qayerida YUQX plastinkalari ishlatilsa, o‘sha yerda YUSYUQX plastinkalarini ishlatish mumkin. Haqiqatan ham olingan natijalar aniq va moddalar yaxshi ajratilgan bo‘ladi. Shvetsariyaning Fotokimyo bo‘yicha ekspert kometeti farmatsevtika sohasida bir nechta shunga talluqli bo‘lgan analizlar ekspertizasini o‘tkazdi. 1-Rasmda shirin va achchiq apelsin yog‘ining ikki xil plastinkalarda ajratilishi taqqoslangan. YUSYUQX plastinkada YUQX plastinkaga nisbatan ajralish yaxshi bo‘lganligi va kamsarfligi ko‘rinadi.


YUQX plastinkani 15 sm gacha elyuirlash uchun 45 minut, YUSYUQX plastinkani 5 sm gacha elyuirlash uchun esa 7 minut sarflangan. Elyuint sifatida etilatsetat:toluol–15:85 nisbatda ishlatilgan, anis aldegidi bilan modifikatsiya qilingandan keyin 366 nm da skanerda o‘qitilgan.
Bir xil sharoitlar qo‘llanilishiga qaramasdan har xil firmaga tegishli bo‘lgan plastinkalarda analiz natijalari sezilarli darajada bir-biridan farqlanadi.

Ma’lum bir test bilan plastinkalarni basholash mumkin emas, shuning uchun metodikaning yozilishida plastinka tayyorlangan firma kursatilishi kerak. Bu esa keyingi tekshirishlarda o‘z samarasini beradi.


Namunani plastinkaga tomizish


YUQX dagi hamma tekshirishlar odatda boshlang‘ich nuqtadan dog‘lar orasidagi masofani aniqlash (Rf-qiymati)ga asoslangan. O‘z navbatida analizning sifatli, to‘g‘ri o‘tishi namunani plastinkaga tomizilishi bilan bog‘liq. Miqdoriy analiz uchun belgilangan miqdor (doza)ni mikrohajmlarda yuqori darajadagi aniqlikda tomizish kerak. Moddalarning ajralish darajasi namunaning tomizilish shakli, o‘lchami va soha bo‘yicha bir xil taqsimlanishiga bog‘liq. Namunani tomizishning ikki usuli kontakt (kapilyar va shprits yordamida) va purkash usullari qo‘llaniladi. Kontakt usuli bilan tomizishda xalqasimon yoyilish sodir bo‘lib, namunani erituvchi yoyilgan soha bo‘yicha bir xil taqsimlanishi sodir bo‘lmaydi. Kontakt usuli bilan tomizishda erituvchini diffuziyalanishi natijasida start sohasi qalin bo‘ladi va bu o‘z navbatida komponentlarni ajralishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu asosan namuna oson yoyiluvchan erituvchilarda eritilganda muhim ahamiyat kasb etadi.
Purkash orqali tomizishda xromatografik ajralish sezilarli darajada yaxshilanadi va xatoliklar sezilarli darajada kamayadi. Purkash vaqtida hech qanday qo‘shimcha jarayonlar (elyuirlanish va diffuziya) sodir bo‘lmaydi. Belgilangan soha bo‘yicha namunani bir xil taqsimlash imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bu esa xromotografik ajralishni yaxshilanishiga olib keladi. Purkash vaqtida namuna hamma nuqtalar bo‘ylab teng taqsimlangan bo‘ladi, bu esa mikdoriy analiz uchun muhimdir. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, kontakt usulida tomizishda, masalan; mikrokapilyarda tomizilganda xattoki, plastinkalarda «konsentrlangan zona» hosil bo‘ladi va mantiqiy ajralish bo‘lmaydi. Rf-qiymatlari farqi kichik bo‘lishi bilan birga har xil anomal holatlar yuzaga keladi.
a) elyuirlanishdan oldingi tomizish sohasi. Chapdan o‘ngga: kontaktli nuqtasimon, purkash nuqtasimon, kontaktli chiziqsimon, purkash chiziqsimon
d) kontaktli chiziqsimon (5-trek, yashil chiziq) va chizish purkash (7-trek, ko‘k punktir chiziq) natijalarini taqqoslash

Yüklə 371,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin