Guruh talabasi ning biorganik kimyo fanidan amaliy mashg’uloti namangan 2023



Yüklə 371,38 Kb.
səhifə30/33
tarix28.09.2023
ölçüsü371,38 Kb.
#150370
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
BIORGANIKA

Elyuirlanish


Xromatografiyaning oxirgi natijasi (holati, shakli va komponentlarning ajralishi) kameralarning tipiga va ularning «to‘yinishiga» bog‘liq. Tajribalar asosan aniq belgilangan sharoitlarda qo‘shimcha chetlanishlarsiz olib boriladi. Xromatografiyaning nazariyasi ko‘pgina adabiyotlarda yoritilgan bo‘lib, odatda to‘yingan kamera (vertikal va gorizontal) oddiy holatdagiga qaraganda yaxshi natija beradi.
Bunda elyuirlanish jarayonida elyuintning tezligi kamayadi (5-rasm). YUSYUQX plastinkalar uchun zarrachalar ulchami kamayishi va qatlam qarshiligi kamaygan sari xromatografiya uchun ishchi masofasi kamayadi.
Muayyan bir sharoitda va bir kamerada, tashqi sharoitlar o‘zgarmagan holda komponentlarning Rf-qiymatlari elyuirlanish (front) holati bilan ham bog‘liq bo‘ladi. 6-Rasmda ikki komponent uchun ajralish va front balandligi orasidagi bog‘liqlik grafigi berilgan. Ajralish quyidagi formula yordamida hisoblangan:
Rs= 1/4(α-1)(RfN)1/2(1-Rf).
YUSYUQX plastinkalar uchun eng yaxshi ajralish front masofasi 5-7 sm hisoblanadi. Muqobil front masofasi 6 sm atrofida bo‘ladi. Ko‘pgina elyuintlar uchun silikagelda ushbu elyuirlanish jarayoni 7-20 minut davom etadi. Ko‘rsatilgan sharoit uchun optimal diapozon Rf=0.3-0.4 ga teng bo‘ladi. Elyuint (xarakatlanuvchi faza)ning elyuirlanish tezligini shunday boshqarish kerakki, aniqlanadigan komponentlar ana shu diapozonda taqsimlanishi lozim.
Bu nazariy manbani tajribada oson isbotlash mumkin. Rf qiymati 0,4-0,5 bo‘lgan bir juft komponent (strelka bilan ko‘rsatilgan) tanlab kuzatilganda elyuirlanish masofasi oshishi bilan ajralish oralig‘i kattalashgandek bo‘ladi. Lekin xromotogrammalarni bitta shkalaga keltirganimizda ajralish oralig‘ini deyarli o‘zgarmasligini ko‘rishimiz mumkin. Ajralish maksimumi elyuirlanish masofasi 6 sm bo‘lganda sodir bo‘ladi. Elyuirlanish masofasi oshishi bilan Rf-qiymati kamayadi. Bu effektni elyuintdagi uchuvchan erituvchining uchishi hisobiga komponent ulushining oshishi bilan tushuntirish mumkin .
Ochiltirish (Modifikatsiya qilish)
Xromotogrammalarni ximiyaviy ochiltirish odatda qiyinchiliklarsiz amalga oshiriladi. Buning uchun reagent eritmalari plastinkaga purkaladi yoki eritmaga bo‘ktiriladi. Bo‘ktirishni va purkashni muqobil sharoitini tanlash qiyin bo‘lishiga qaramasdan ochiltirish ko‘p qo‘llaniladi. Purkash bajaruvchidan yuqori malakani talab etadi. Bundan tashqari plastinkaga purkaladigan reagent miqdori va uni bir xilda taqsimlanishini nazorat qilish qiyin, bular ham natijalarga ta’sir ko‘rsatadi. Purkash xavfli aerozollarni keltirib chiqarishi ham mumkin.
Immersiya usulida ochiltirish ancha oson boshqarish mumkin. Reagent konsentratsiyasi, plastinkaga qo‘yish tezligi va immersiya vaqti boshqariladi. Reagentning eritmada taqsimlanishi va plastinkada taqsimlanishini boshqarish bir muncha qulayroqdir. Immersiya vaqtida hech qanday aerozollar bo‘lmaydi.
Ba’zan kimyoviy ochiltirishda aniq berilgan parametrlar asosida qizdirish talab etiladi, masalan: berilgan temperaturada x vaqt mobaynida yoki rang hosil bo‘lguncha qizdirish.
Ochiltirishning umumiy uslubi yo‘q, har bir ochiltirishning xususiy parametrlari (reagent va uning konsentratsiyasi, vaqti va sharoiti)ni, shu bilan birga quritish parametrlari (qizdirishdan oldingi va keyingi vaqt va temperatura)ni ko‘rsatish kerak.

Yüklə 371,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin