I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə46/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Rossiyalik mualliflar asarlari. 1725 yil Xivaga kelgan Rossiya elchisi Florio Benevini esdaliklarida ilmiy jihatdan muhim ma`lumotlar yozib qoldirilgan. 1793-1794 yyil Orenburgdan Xivaga taklif etilgan oftolmolog vrach Blankennagel yozib qoldirgan esdalik ma`lumotlar ham juda muhim, u xonning ko`zi ojiz bo`lib qolgan amakisini davolagan. 1819 yil Xivaga kelgan Rossiyaning elchisi Muravyovning "Esdaliklar"i Xiva to`g`risida qimmatli manbalar qatorida turadi, unda qadimiy obidalar, davlat boshqaruvi tizimi, savdo va hunarmandchilik to`g`risida batafsil ma`lumotlar bor. "Esdaliklar" fransuz va nemis tillariga tarjima qilingan, muallif o`zbek xalqiga "aql-idroki, suhbati yoqimli va o`tkir, matonatli, urf-odati oddiy, yolg`ondan nafratlanuvchi, harbiy ishda tolmaydigan jasur kishilar" deb ta`rif bergan.
Xiva va Rossiya o`rtasida 1842 yil "Majburiyatlar akti"ni imzolagan G.Danilevskiy o`zi bilan Xivaga kelgan R.Baziner bilan birgalikda "Xiva va xonlikning boshqa shaharlari, hishloqlari, savdo va sanoati" nomli asar yozgan. 1858 yil Xiva va Buxoroga yuborilgan diplomatik missiya rahbari N.Ignatevning esdaliklari ham Xiva tarixi bo`yicha muhim manba hisoblanadi. Sharqshunos N.Vasilevskiyning "O`zbeklar Xorazmda", "Inoqlar hukmdorligi", "Qo`ng`irotlar sulolasi" kabi asarlari Xiva xonligining XVI asr va undan keyingi asrlar tarixiga bag`ishlangan. Xiva va Rossiyaning XVIII-XIX asrlardagi o`zaro aloqalari sharqshunos S.Jukovskiyning "Rossiyaning keyingi 300 yilda Buxoro va Xiva bilan aloqasi" asarida o`z ifodasini topgan.
Evropa sayyohlari va olimlari asarlari ichida ingliz savdo va diplomatiya vakili A.Jenkinsonning "Jenkinsonning Rossiyadagi Moskva shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahrigacha 1558-yilgi sayohati" nomli esdaliklari Xiva xonligining XVI asr tarixi haqida muhim ma`lumot beradi. Venger sharqshunos olimi, sayyoh A.Vamberining "O`rta Osiyo bo`ylab sayohat" asari Xiva tarixi bo`yicha qimmatli manba hisoblanib, o`zbek tilida ham chop etilgan.
O`zbek olimlari Xiva xonligi tarixini o`rganish bo`yicha katta hissa qo`shdilar. Akademik I.Mo`minov boshchiligida 1976 yil "Xorazmning qadimgi davridan hozirgi kungacha bo`lgan tarixi" yaratildi. Xorazmning eng qadimgi davrdan hozirgi kungacha, jumladan XVI-XIX asr 1-yarmi tarixi haqida Xiva shahrining 2500 yillik yubileyi munosabati bilan 1997 yil chop etilgan "Xiva - ming gumbaz shahri" kitobi tarixiy dalillarga boy asardir. Xiva xonligi arxivi 1962 yil Toshkentga olib kelingan, hozir O`zbekiston markaziy davlat arxivida saqlanmoqda.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin