Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquqiy ta’lim kafedrasi
“JUMAYEV BEKZOD RAJABOVICHNING”
“5111600-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquqiy ta’lim” yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini olish uchun
“O’zbekiston Respublikasida qonunchilikni tizimlashtirishda milliy va umuminsoniy tajribaga tayanish ”
mavzusida yozgan
Ilmiy rahbar: dots. X.Maхmanova
“Himoyaga tavsiya etildi”
Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti dekani:
____________ prof. B.Eshov
“_____”___________ 2016 y.
Qarshi -2016 MILLIY QONUNCHILIKNING YANGILANISHI BILAN BOG`LIQ NORMALARNI HUQUQIY MUSHOHADA QILISH MUNDARIJA Kirish....................................................................................................................3
I-BOB. QONUNCHILIKNI TIZIMLASHTIRISHNING UMUMIY TAVSIFI 1.1.Qonunchilikni tizimlashtirish tushunchasi va mohiyati………..……………6
1.2.Qonunchilikni tizimlashtirishning vazifalari………..………..…………….14
1.3.Qonunchilikni tizimlashtirishning prinsiplari………………………………20
II-BOB QONUNCHILIKNI TIZMLASHTIRISHNING SHAKLLARI 2.1.Qonunchilikni kodekslashtirishda milliy va umumiysoniy tajribalarga
taynish………………………………………………………………...…...........27
2.2.Qonunchilik inkorparatsiyasi uning mazmuni va mohiyati…………….….34
2.3.Qonunchilik konsolidatsiyasi tizimlashtirish usuli sifatida……………...…41
Xulosa………………………………………………………………...………...49
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………………..52
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash uchun yetarli qonunchilik ba’zasi yaratildi va takomillashib bormoqda. 2015 yilning iyul oyidagi ma’lumotlarga ko’ra, Respublikamizda ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni tartibga solishda huquqiy baza vazifasini bajaruvchi o’n oltita kodeks, 600 ta qonun ( shulardan 170 tasi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish xaqidagi, 102 tasi o’z kuchini yuqotgan ). 4009 ta O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni, 902 ta qarori 8462 ta Vazirlar Maxkamasining qarori, shuningdek 1818 ta idoraviy normativ huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
O’zbekiston Respublikasida davom etayotgan demokratik huquqiy davlatning va milliy huquqiy tizimning shakllanish jarayoni amaldagi qonunchilikni tizimlashtirish bo’yicha ham keng ko’lamli vazifalarni belgilaydi.
Amaldagi qonunchilikni hayotga tadbiq etish mexanizmini isloh qilish zarur bo’lib, bu maqsadga qonunchilikni mukammal tizimlashtirishsiz erishish mumkin emas birinchi Prizidentimiz I.A.Karimovning ta’biri bilan aytganda, «…mavjud qonun va huquqiy hujjatlarni bir tizimga keltirish» jamiyatni yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishning huquqiy bazasini tashkil etishda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Shunday qilib qonunchilikni tizimga solishning mazmuni va mohiyatini xususiyati , shakllari va yo’nalishlarini o‘rganish muhim nazariy qiziqish uyg’otadi.