XULOSA Ushbu Bitiruv malakaviy ishni yozish davomida qonunchilikni tizimlashtirish masalalari buyicha quyidagi xulosalarga kelindi .
Birinchidan qonunchilikni tizimlashtirish amaldagi huquqiytizimni rivojlantirish va tartibga solish shakli va ularni organlar tomonidan kullash hamda fuqarolar tomonidan qo’llash hamda fuqarolartomonidan foydalanishni kulaylashtirish vositasidir .
Ikkinchidan, huquq subektlarini zarur normativ –huquqiy axborot bilan ta’minlash , jamiyat huquqiyongini shakllantirish usuli , normativ-huquqiy hujjatlar mazmunidagi takroriy , o’xshash normalarni birlashtirish , eskirgan normalarni bartaraf etish vositasidir .
Uchinchidan ,ijtimoiy hayot talablaridan kelib chiqqan xolda mavjud qonunchilik xujjatlarini yigib, bir tizimga keltirish faoliyatidir.
O’zbekistonda qonunchilikni tizimlashtirishni kuyidagi jihatlarini kursatish muxim jihatlarini ko’rsatish mumkin.
Birinchidan, qonunchilikni tizimlashtirish siyosiy-huquqiy va ijtimoiy hodisadir. Uni amalga oshirish mobaynida davlat va jamiyat hayotining farovonligini, taraqqiyotini belgilaydigan, inson manfaatlariga xizmat qiladigan qonunchilik yaxlit tizimga solib boriladi. Zero, inson turmushining qonunchilik bilan tartibga solinadigan qismini mo‘tadillashtirish, inson va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda inson huquqlari ustuvor ekanligini, qolaversa, insonning hokimiyatga intilishini mukammal konstruksiyaga ega qonunchilik tizimigina barqaror ta’minlay oladi.
Ikkinchidan, qonunchilikni tizimlashtirish normativ-huquqiy hujjatlarni mujassamlashtirishga xizmat qiladi. Bu mujassamlashuv huquq normalarini, huquq sohalarini, huquq institutlarini va umumiy huquqni birlashtirish orqali amalga oshiriladi va mazkur ish qonunchilikni tizimlashtirish shakllarining xususiyatlaridan kelib chiqib turli darajalarda belgilanadi.
Uchinchidan, qonunchilikni tizimlashtirish jarayonida belgilab qo‘yilgan qoidalar, shakllangan milliy va xalqaro tajribadan kelib chiqib, normativ-huquqiy hujjatlar muayyan tizimga solinadi. To‘g‘ri, joriy qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjat ham tayyorlanishi jarayonida ichki tizimga solinadi, lekin qonunchilikni tizimlashtirishda, undan farqli o‘laroq, ikki yoki undan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarni jamlash barobarida tizimlashtirish amalga oshiriladi.
To‘rtinchidan, qonunchilikni tizimlashtirish normativ-huquqiy hujjatlar tizimidagi takroriyliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi, shakl va mazmuni bir-biriga o‘xshash bo‘lgan normalarni yagona normaga uyg‘unlashtiradi va shu yo‘l bilan qonunchilik tizimi mazmunidagi huquqiy normalarni, uning asnosida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni son jihatdan qisqartiradi.
Beshinchidan, huquq normalari o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatlarni, qarama-qarshiliklarni, nomuvofiqliklarni bartaraf etadi. Buning natijasida qonunchilik tizimi mazmunida normalar o‘rtasidagi ichki muvofiqlik ta’minlanadi.
Oltinchidan, qonunchilikni tizimlashtirish mohiyatiga ko‘ra protsessual harakat bo‘lib, tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari (mansabdor shaxslar), mutaxassislar, olimlarning faoliyatida namoyon bo‘ladi.
Shunisi e’tiborga molikki, qonunchilikni tizimlashtirish ishlari ham huquq ijodkorligi, ham huquqni qo‘llash jarayonlarida amalga oshiriladi.
Yettinchidan, qonunchilikni tizimlashtirish o‘zining ayrim shakllari orqali normativ-huquqiy hujjatlarning joylargacha yetib borishini hamda markazdagidek, mahalliy hududlarda ham huquqiy axborot bazalarining o‘z vaqtida yangilanishini, takomillashuvini ta’minlaydi.
Sakkizinchidan, huquqni tatbiq etuvchi, huquqni qo‘llovchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining (mansabdor shaxslarining) qonunchilik hujjatlaridan foydalanishida qulayliklar yaratadi.